Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Sharqiy Pomir mezoliti. Bu mezolit davri yodgorliklari 
Markansuv madaniyati (Alichur va Oshxona makoni) va Issiq 
madaniyati yoki issiq (Issiq g‘or-makoni) majmuasidan iborat. 
Pomir tog‘ining dengiz sathidan 40005000 balandlik hududida 
joylashgan ushbu yodgorliklar mil. avv. VII ming yillikga oid. 
Oshxona makonidan mezolit davrga oid uchta madaniy qatlam 
aniqlangan. Ulardan har xil o‘lchamli tosh qurollari topilgan. Ularning 
dag‘al va nozik yasalgan turlari ajralib turadi. Makonda silliq toshlardan 
qurilgan ikkita o‘choqning izi va ularning atrofida odamlar yashashi 
uchun mo‘ljallangan tekis joyning o‘rni ochilgan. Bu joy chayla shaklidagi 
yengil boshpananing o‘rni bo‘lsa kerak. Makon markansuvlik ibtidoiy 
ovchilarning ov mavsumida ma’lum muddat yashashgan manzili bo‘lgan. 
Sayyor ovchilar yovvoyi hayvonlarni ovlash bilan birga tog‘da o‘sadigan 
daraxt mevalarini ham tergan bo‘lishlari mumkin. 
Markansuv madaniyatining kelib chiqish ildizi aniqlanmagan, 
tadqiqotchilarning taxminiga ko‘ra, Pomir tog‘idan tashqarida 
shakllangan. Makonlardan topib o‘rganilgan tosh qurollarining 
ishlanish usuliga ko‘ra mahalliy hudud bilan bog‘laydi. 
Mezolit davri tasviriy san’ati. Mezolit davri tasviriy san’at 
namunalari Yevrosiyoning barcha hududi, xususan, Priney yarim oroli, 
Shimoliy Afrika (Sahroyi Kabir), Rossiya, O‘rta Osiyo, Hindiston va 
boshqa joylardan topib o‘rganilgan. Tasvirlar asosan qoyalarning shifti 
va yon devorlariga mineral bo‘yoqlarda chizilgan. Mezolit davri qoya 
tosh tasvirlari so‘nggi paleolit davri namunasidan mazmun-mohiyati 
jihatdan farq qiladi. Bu davrning tasvirlarida qurollangan ovchilarning 
yovvoyi hayvonlariga uyutirayotgan ov manzarasi aks etgan. Paleolit 
davri tasvirlarida odamlarning shakli juda kam uchragan bo‘lsa, 
mezolit davrida ularning soni ancha ko‘payadi. Odamlar tasviri nayza 
va kamon bilan qurollangan holatda aks ettirilgan. 
O‘zbekisiton, Qozog‘iston va Tojikiston hududida ham mezolit 
davriga oid kam sonli qoya tosh tasvirlari saqlangan. Zarautkamar 
(Surxondaryo), Siypantosh (Qashqadaryo) va Shaxta (Sharqiy Pomir) 
yodgorliklarida mezolit davri tasviriy san’atining ajoyib namunalari 
saqlanib qolgan. 


56 
Zarautkamar yodgorligi Surxondaryo viloyati Sherobod 
shahridan 30 km shimoli-sharqda Ko‘hitang tog‘ining janubi-sharqiy 
yonbag‘rida Zarautsoy bo‘yida joylashgan. Kamarda madaniy qatlam 
uchramaydi. Tasviriy san’at namunalari qoyaning shifti va yon 
devorlariga qizil bo‘yoqda chizilgan. 
Tasvirlar ov manzarasi aks ettirilgan uchta lavhadan iborat. 
Birinchi lavhada ovchilarning yovvoyi buqalarga halqa bo‘lib 
uyushtirayotgan hujumi va hayvondan ikkitasining qochishga 
urinayotgan holati tasvirlangan. Ikkinchi lavhada jarohatlangan 
jayronning ovchilardan qochishga harakat qilayotgan tasviri aks 
ettirilgan. Uchinchi lavhada yovvoyi echkilarni ov qilish manzarasi 
chizilgan. Ovchilarning ayrimlari boshiga niqob kiyib olgan
boshqalari esa sxematik shaklida chizilgan. 
Zarautkamar tasvirlarda mezolit davri jamoasining xo‘jalik 
faoliyati aks ettirilgan bo‘lib, ular orqali musavvir ibtidoiy jamoa 
a’zolarining ov oldidan amalga oshirgan rasm-rusmlarini, ya’ni ov 
kultini aks ettirishga harakat qilgan. Tasvirlar orqali mezolit davri 
jamoasining xo‘jalik faoliyatini kuzatish bilan birgalikda, ularning 
e’tiqod tushunchalari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish mumkin. 
O

rta Osiyoning mezolit davri qoyatosh tasvirlari. 1. Zarautkamar 2. Shaxta 


57 
Qashqadaryo vohasidagi Siypontosh tasvirlari koinot va astronomik 
belgilardan iborat. Kamarning shiftida qizil rang bo‘yoqda chizilgan 
belgilar oy kunlarining hisobi va yulduzlar belgisi bo‘lishi mumkin. 
Tojikiston Respublikasi Pomir tog‘i hududi joylashgan Shaxta 
g‘orida baland tog‘ tizmasida yashaydigan yirtqich hayvonlar, 
xususan, ayiq tasviri chizilgan. Makonning madaniy qatlamidan 
topilgan moddiy ashyolar mezolit davriga oid. 
Umuman mezolit davri qoyatosh tasvirlarida hayvonot dunyosi va 
xo‘jalik xususiyati aks etib, ularda o‘z davrining sodda dunyoqarash 
tushunchalari va diniy-dunyoviy mafkurasi aks etgan. 
Mezolit davrida sodir bo‘lgan iqlim o‘zgarishlari kishilik jamiyati 
xo‘jalik va moddiy madaniyatiga jiddiy ta’sir qilib, muhim ijobiy 
yutuqlarga erishishiga sabab bo‘ladi. Natijada kishilik jamiyati ijtimoiy- 
iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida burilish davrini boshlab beradi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling