Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

MUQADDIMA 
 
“Arxeologiya” o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
ta’lim muassasalari Tarix yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan “Davlat ta’lim standarti”ning “Ixtisoslik 
fanlar blokiga kirgan” “Arxeologiya” fanining o‘quv dasturiga 
muvofiq “Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha) yo‘nalishi talabalari 
uchun yozilgan. Shuningdek, ushbu o‘quv qo‘llanma “Antropologiya 
va etnologiya” ta’lim yo‘nalish o‘quv rejasiga kiritilgan 
“Arxeologiya” fani dasturiga han mos keladi. O‘quv qo‘llanmani 
yozishda respublikamiz va chet elda nashr qilingan o‘quv 
adabiyotlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarining o‘quv-uslubiy 
tajribasidan foydalanib, ular asos qilib olindi. O‘quv qo‘llanma 
Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv adabiyotlarini yaratishning 
an’anaviy usullari negizida, “Arxeologiya” fanining zamonaviy 
o‘quv-uslubiy va ilmiy yutuqlaridan keng foydalangan holda yozildi. 
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar talablariga amal qilinib, yangi 
innovatsiya g‘oyalari bilan boyitishga harakat qilindi. Keyingi o‘ttiz 
yillikda arxeologiya fani sohasida qo‘lga kiritilgan ilmiy yutuqlar 
o‘quv qo‘llanmada aks ettirildi. O‘quv qo‘llanma mavzulari 
Vatanimizning qadimgi tarixi va madaniyatini talabalar ongiga 
chuqur singdirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga 
qaratilgan. 
O‘quv qo‘llanmada xato va kamchiliklardan holi emas. Ushbu 
nuqsonlar yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirgan o‘quvchilarga 
muallif oldindan o‘z minnatdorchiligini bildiradi. 
 



KIRISH 
 
Tayanch so‘zlar: manba, shurf, yodgorlik, stratigrafiya, planigra- 
fiya, davrlashtirish, tadqiqot usullari. 
Kishilik jamiyati tarixi uzoq davom etgan murakkab madaniy- 
tarixiy jarayonlardan iborat bo‘lib, ularni o‘rganish va qayta tiklash 
arxeologiya fanining muhim vazifasidir. Ma’lumki, insoniyatning 
o‘tmish tarixi manbalar asosida o‘rganiladi. Ajdodlarimiz tomonidan 
qoldirilgan jamiki narsalar manba hisoblanadi. Manbalarning moddiy 
va yozma turi ajralib turadi. Insoniyat tarixining 99,8 foizdan ko‘proq 
qismi yozuvsiz davriga to‘g‘ri kelib, dastlabki yozuv namunalari 
taxminan besh ming yil avvalgi davrga oid. Lekin qadimgi yozma 
hujjatlar kishilik jamiyati tarixini to‘liq yoritib bera olmaydi. Shuning 
uchun insoniyatning yozuvgacha, qisman yozuv paydo bo‘lgandan 
keyingi davr tarixini o‘rganishda moddiy manbalarga ehtiyoj tug‘iladi. 
Natijada insonyatning yozma manbalar yoritib bera olmagan davri va 
sohalarini o‘rganishga asoslangan arxeologiya fani vujudga kelgan.
Arxeologiya atamasi antik davridayoq ma’lum bo‘lib, tarixchi 
Fukidid o‘zining “Peloponness urushi” (mil. avv. V asrda) asarida 
keltirgan. Qadimgi yunon faylasufi Platon (mil. avv. 427347 yillar) 
arxeologiya (arxayos qadimgi, logos fan) so‘zidan qadimgi davr 
tarixini bayon qilish maqsadida foydalangan. Uning fikriga ko‘ra 
o‘tmish to‘g‘risida hikoya qiluvchi arxeologiyaning vazifasi qadimgi 
inshootlar va san’at yodgorliklarini o‘rganish va ularni sharhlashdan 
iborat bo‘lgan. Antik davrida arxeologiya atamasi paydo bo‘lib 
qolmasdan, insoniyatning o‘tmish tarixini o‘rganish yo‘lida ham 
daslabki qadamlar qo‘yiladi. Bu davrda yashagan rimlik mutafakkiri 
Tit Lukretsiy Kar “Narsalarning tabiati to‘g‘risida” nomli asarida (mil. 
avv. I asr) insoniyat tarixini tosh, mis, bronza va temir davrlariga 
bo‘lib, arxeologiya bilimiga tamal toshini qo‘ygan edi. 
Arxeologiya fanining predmeti jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, etno- 
madaniy, diniy-g‘oyaviy munosabatlarni o‘zida mujassam etgan 
moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklari hisoblanadi. Bir so‘z 
bilan aytganda jamiyat tarixidan darak beradigan jamiki moddiy 
ashyolar arxeologiya fanining predmetidir. Umuman, arxeologiya 



kishilik jamiyatining qadimgi va qisman o‘rta asrlar davr tarixini 
moddiy manbalar asosida o‘rganadigan fan bo‘lib, tarix fanining 
tarkibiy qismini tashkil etadi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling