Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
 
1. Arxeologiya fanining maqsad va vazifasi nimalardan iborat? 
2. Moddiy manba nima? 
3. O‘tmish tarixini o‘rganishda moddiy manbalar qanday 
ahamiyatga ega? 
4. Arxeologiya tadqiqot usullari to‘g‘risida nimalar bilasiz? 
5. Arxeologiya davrlashtirishning ahamiyati nimalardan iborat? 
6. Arxeologiya tabiiy fanlar bilan qanday aloqadorlikka ega? 
7. O‘zbekistonda arxeologiya faning rivojlanish bosqichlarini 
ko‘rsatib bering? 
8. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida Vatanimizning 
qadimgi tarixini o‘rganishda qanday yutuqlarga erishildi?


15 
BIRINCHI BO‘LIM 
 
Tosh asri 
 
Tayanch so‘zlar: antropogen, villafrank, glyatsiali, intergyatsiali, 
klekton, kliver, levallua, neogen, nukleus, pleystotsen, nopleystotsen. 
Yer shari taxminan 4,55 milliard yillar avval paydo bo‘lgan. Yer tarixi 
geologik davrlardan tashkil topib, uning so‘nggi bosqichi kaynazoy erasi 
ham o‘z navbatida paleogen va neogen davrlariga bo‘linadi. Kaynazoy 
erasida sut emizuvchilar vujudga kelgan. Uning so‘nggi – to’rtinchi 
(antropogen) bosqichida insoniyat ajdodining ilk vakillari shakllangan. 
Paleontologiya fani sohasi mutaxassislari G‘arbiy Yevropaning 
villafrank faunasi yotqizig‘iga qiyosan antropogen davri mil. avv. 
3,53,0 mln yilliklarda boshlangan, deb hisoblaydilar. Arxeologiya 
sohasi mutaxassislari Afrikadan topib o‘rganilgan yodgorliklarning 
mutlaq sanasiga asoslanib, mil. avv. 32,6 mln yillik bilan sanalaydi. 
Antropogen davrining ilk bosqichidan boshlab eng qadimgi 
odamlar toshlarning chetini sindirib, mehnat quroli yasash 
ko‘nikmasini egallaydi. Tosh quroli yasay olgan eng qadimgi odam 
vujudga kelgan davrdan boshlab kishilik jamiyati tarixining ilk 
bosqichi – tosh asri boshlanadi. 
Tosh davri kishilik jamiyatining eng qadimgi va uzoq davom etgan 
bosqichi bo‘lib, toshdan yasalgan dastlabki qurol paydo bo‘lgandan 
ilk metall eneolit davrigacha davom etgan. Tosh asri xronologik 
jihatdan taxminan mil. avv. 32,6 mln yillikdan mil. avv. VIV ming 
yilliklargacha davom etgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling