32
iborat. Nukleuslarining ko‘pchilik qismi gardishsimon bir va ko‘p
zarb maydonchali. Mustye davrining dastlabki
bosqichida levallua
usulida yasalgan tosh qurollarining soni ko‘pchilikni tashkil etgan.
So‘nggi bosqichda to‘g‘nag‘ichlar, sanchqilar va o‘yiq-tishli qurollari
soni ortib boradi. Tosh qurollari ikkilamchi ishlov berish natijasida
tishli yoki o‘yiq shakl hosil qilgan. Ko‘lbuloqda yashagan ibtidoiy
odamlar ovchilik va termachilik kabi xo‘jalik
shakllari orqali kun
kechirgan.
Obirahmat g‘or-makoni. Toshkent shahridan 100
km sharqda
Tyanshan tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan. G‘or-
makon 10
m dan iborat 21 ta madaniy qatlamga ega. Tosh qurollari
ohaktoshli chaqmoqtoshdan prizmasimon usulda yasalgan. Qisman
levallua usulida yasalgan tosh qurollari ham uchraydi.
Obirahmat g‘or-makondan ham mustye va so‘nggi paleolit
davrining ilk bosqichida yashagan ibtidoiy odamning bosh chanog‘i
va tishlari topilgan. Antropolog olimlar
suyaklar neandertal va
zamonaviy odam oralig‘idagi bo‘g‘inni tashkil qiladi, deb hisoblaydi.
Obirahmatlik ibtidoiy odamlar yovvoyi echki, tog‘ echkisi (kiyik),
bug‘u, arxar va cho‘chqa kabi hayvonlarni ov qilgan.
G‘or-makonning yoshi cheksiz davrlashtirish
usullari natijasiga
ko‘ra mil. avv. 125
–42 ming yilliklar bilan sanalanadi. Ibtidoiy
odamlar g‘orda mustye davri va so‘nggi paleolitning ilk bosqichida
yashagan.
Do'stlaringiz bilan baham: