Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Ashel davri. Bu davrda yer yuzida ikkita muzlik oralig‘i va ikkita 
muzlik (gyuns-mindel – muzlik oralig‘i, mindel-muzligi, mindel-riss – 
muzlik oralig‘i va riss-muzligi) davrlari faoliyat yuritgan. 
Ashel davrining ilk bosqichida yer yuzining iqlimi olduvay 
davridagi kabi issiq, o‘simlik va hayvonot dunyosi boy bo‘lgan. 
Bunday qulay iqlim sharoitda eng qadimgi odamlarning soni ko‘payib, 
yashash hududi kengayib borgan. 
Ashel davriga oid makonlar Afrikadan tashqari Yevrosiyoning 
ko‘p joyidan topib o‘rganilgan. Yevropaning sharqiy hududida 
joylashgan 
Vallone 
(Fransiya), 
Geydelberg 
(Germaniya), 
Verteshsellesh (Vengriya) Korolevo (Ukraina) va boshqa shu kabi 
bir necha o‘nlab yodgorliklardan ashel davriga oid tosh qurollar va 
arxantrop suyaklari topilgan. Kavkaz hududida ashel davrining ilk 
bosqichiga oid Aynikab I, II, Muxkay kabi yodgorliklar mavjud. O‘rta 


22 
Osiyoning Selengur va Kuldara makonlari ham ashel davrining ilk 
bosqichiga oid. 
Ashel davrining keyingi bosqichida ob-havo sovib, yer sharida 
navbatdagi mindel muzligi boshlangan. Iqlimning keskin sovushi 
yer yuzining shimoliy qismidagi o‘simlik va hayvonot dunyosi 
manzarasining o‘zgartirib yuboradi. Issiq iqlim sharoitida 
yashagan hayvonlarning o‘rnini sovuqqa chidamli yirik jussali, 
jundor hayvonlar egallaydi. Ularni o‘ljaga tushirish uchun ibtidoiy 
odamlardan uyushqoqlik va epchillik talab etilgan. Jamoa bo‘lib ov 
qilish zarurati va sovuq iqlim sharoitida olovdan umumiy foydalanish 
ibtidoiy odamlarning birlashishiga sabab bo‘lgan. 
1. Ashel davri nukleuslari 2. Nukleusning yon tomondan ko‘rinishi 
Ashel davrida eng qadimgi odamlar yashagan kulbalarning 
izi Terra Amata makoni (Ispaniya), Lazare g‘ori (Fransiya), 
Bilsingslebene makonlaridan topib o‘rganilgan. Ibtidoiy odamlar 


23 
g‘orning old tomonida, yog‘in va shamol tegmaydigan joyida barpo 
qilingan chaylalarda yashagan. Lazare g‘orida 3,5 o‘lchamli chayla 
uyning o‘rni aniqlanib, ichkarisida o‘choq izlari saqlanib qolgan. 
Toshdan terilgan o‘choqlar Terra Amata, Rigab g‘ori, Peshdel Aze 
(Fransiya), Torre in Petra (Italiya) kabi makonlarda saqlangan. G‘or- 
makonlar eng qadimgi odamlarning yashashi uchun boshpana bo‘lish 
bilan birga, yirtqich hayvonlardan himoyalanuvchi panoh vazifasini 
ham bajargan. 
Ashel davrida eng qadimgi odamlar moddiy madaniyat sohasida 
katta yutuqlarga erishadi. Tosh qurollarining turi ko‘payib, ularga 
ishlov berish usuli muntazam takomillashib borgan. Yirik tosh 
qurollarini foydalanish saqlanib qoladi va kichik hamda ixcham 
qurollarning soni ko‘payadi. 
Ashel davrining o‘rtalaridan boshlab tosh quroliga ishlov 
berishning levallua usuli vujudga keladi. Tosh quroliga retushlash 
yordamida ikkilamchi ishlov berish usuli paydo bo‘ladi. Levallua 
usuliga ko‘ra gardishsimon yoki toshbaqa zirhi shaklli nukleusdan 
tosh bo‘lagi sindirib olingandan keyin retushlash orqali unga qayta 
ishlov berilgan. Retushlash, deganda nukleusdan sindirib olingan 
tosh parchasining tig‘ini urib sindirib, tekislash va o‘tkirlash 
tushuniladi. Bunday usuldan foydalanish boshlangandan keyin tosh 
quroli takomillashib, turi ko‘payadi. 
Yevropaning g‘arbiy va markaziy hududida klekton usulida 
yasalgan tosh qurollari tarqalgan. Klekton usuliga ega tosh qurolini 
yasash uchun konussimon nukleusdan foydalanilgan. Shuningdek, 
mazkur hududlarda mehnat quroli yasash uchun qayroqtosh ham 
ishlatilgan. 
Eng qadimgi odamlar yog‘och va suyaklardan ham qurollar 
yasagan. Daraxt novdasidan yasalgan qurollarning kam sonli 
namunalari bizgacha yetib kelgan. Daraxt novdasidan ov quroli 
nayza, o‘simlikning ildizini kovlab olish uchun so‘yil sifatida 
foydalanilgan. Ov quroli namunalari Torralba (Ispaniya), Klekton 
(Angliya), Laringen (Germaniya), Kalomba (Afrika) makonlaridan 
topilgan. Xususan, Klekton makonidan tissa novdasidan yasalgan 


24 
nayza aniqlangan. Laringen makonidan o‘ljaga tushirilgan fil 
qovurg‘asidan uzunligi 215 sm tissa navdasi topilgan. U nayza 
vazifasini bajarib, filning tanasiga kuch bilan sanchib, o‘ljaga olingan. 
Son‘ggi ashel davri tosh qurollari: 2, 3-sanchqi, 4-kesgich, 
5-tishli qurol, 6-to‘g‘nog‘ich, 7, 8-pichoqsimon qurol. 
Yevropaning ilk ashel davri odamlari o‘rmon fili, jundor karkidon, 
qisman yovvoyi ot va bug‘ularni ov qilib, kun kechirgan. Topilgan 
suyaklar qaraganda bu yerda yashagan odamlar oziqasining beshdan 
to’rt qismini aynan fil go‘shti tashkil etgan. Ko‘proq yosh fil yoki 
bolalari ov qilingan. Torralba va Ambrone (Ispaniya) makonlaridan 
topilgan hayvon suyagining barcha qismi saqlangan. Ovchilar o‘ljani 
ov qilgan joyda iste’mol qilganlar. Ovda ibtidoiy to‘daning layoqatli 
barcha a’zolari ishtirok etgan. 
Korolevo (Ukraina), Kavkaz hududidagi Azix (Tog‘li Qorabog‘), 
Kudaro 1-3, Sona (Markaziy Kavkaz) makonlari topib o‘rganilgan tosh 


25 
qurollari ashel davrining ikkinchi yarmiga oid. Korolevo (Ukraina) 
yodgorligining quyi qatlamlaridan (VIII-V) topilgan tosh qurollari 
gardishsimon va levallua nukleuslari, chopperlar va bir dona qo‘l 
cho‘qmori, qirg‘ich, kesuvchi va pichoqsimon qurollardan iborat. 
Hozirgi paytda O‘rta Osiyoda ashel davrining barcha bosqichiga 
oid yigirmaga yaqin yodgorliklar ma’lum. Selungur va Kuldara 
makonlari ashel davrining ilk bosqichiga oid. Ashel davrining o‘rta 
bosqichiga oid yodgorliklar kamchilikni tashkil etadi. Bu davrga oid 
Janubiy Qozog‘istonning Qoratov etagidagi Tanirqazgan, Bo‘riqazigan 
joy makonlari joylashgan. Qiziltov, Oqko‘l 1 va Kazangap, Toshkent 
vohasidagi Ko‘lbuloq, Janubiy Tojikistondagi Qoratov I, Lohutiy I 
makonlari ashel davrining so‘nggi bosqichiga oid. 
O‘rta Osiyoning eng qadimgi yodgorlik hisoblangan Selengur 
makoni Oloy tog‘ tizmasining So‘x daryo vohasi Haydarkon 
botig‘idagi Chashma qishlog‘i yaqinida, dengiz sathidan 2000
balandlikda joylashgan. Selengur makoni umumiy qalinligi 8,5 dan 
iborat beshta madaniy qatlamga ega. Makondan besh mingga yaqin 
tosh qurollari va ularni yasash jarayonida hosil bo‘lgan tosh siniqlari, 
eng qadimgi odam suyaklari hamda o‘ttizga yaqin turdagi yovvoyi 
hayvonga tegishli suyaklar topilgan. 
Selengur makoni tosh qurollari qayroqtoshdan yasalgan chopper, 
bifas – qo‘l cho‘qmori, kliver – qo‘lbolta, sanchqi, chopqilardan iborat. 
Hayvon suyaklari ayiq, bo‘ri, cho‘chqa, buqa, tur, ot, arxar, bug‘uga 
tegishli. 
Eng qadimgi odam suyaklari makonning uchinchi madaniy 
qatlamidan topilgan. Suyak topilmalari bosh chanoq, yelka 
suyagining bo‘lagi va bir nechta tishlardan iborat bo‘lib, ular ikki yoki 
uch nafar arxantroplarga tegishli bo‘lgan. Suyak topilmalarini O‘. 
Islomov dastlab ashel davrning o‘rta bosqichi, keyinchalik olduvay 
davri bilan sanalagan. Boshqa bir mutaxassis olimlar (V.A.Ranov, A.Y. 
Dodonov, A.P.Derevyanko) ashel davring so‘nggi bosqichiga oid, deb 
hisoblaydilar. 


27 
Selungur makoni 
Janubiy Tojikistondagi Obimozor vohasida joylashgan Ko‘ldara 
makoni ashel davrining ilk bosqichiga oid muhim yodgorlik hisoblanadi. 
Makondan qayroqtoshdan yasalgan kichik o‘lchamli tosh qurollari 
topilgan. Ular nukleus, qirg‘ich va sanchqi va tosh quroli yasash jarayonida 
hosil bo‘lgan uchrindilardan iborat. Yodgorlik paleomagnit usulida 
tekshirish natijasiga ko‘ra mil. avv. 800 ming yillik bilan sanalangan. 
O‘rta Osiyoda o‘rta pleystotsen davriga oid makonlarning soni 
juda kam. Mazkur davrga oid madaniy qatlamli aniq bir yodgorliklar 
ko‘rsatilmagan. Janubiy Qozog‘istondagi madaniy qatlamsiz 
Bo‘riqazigan, Tanirqazigan, Shabakti I yodgorliklarning sirtidan terib 
olingan tosh qurollarining yasalish usuliga ko‘ra ashel davrining o‘rta 
bosqichi bilan davlashtirilgan. 
Kichik Qoratov hududidagi Bo‘riqazigan va Tanirqazigan 
yodgorliklarining yuzasidan X.A.Altpisbayev chaqmoqtoshdan 
yasalgan chopper, chopping, qo‘l cho‘qmori va har xil uchrindilarni 


27 
terib olgan. Barcha tosh qurollari ashel davri usulida yasalgan. 
A.G.Madoyev Sari Arka makonining yuza qismidan qo‘l cho‘qmori 
va kliverni topib o‘rgangan. Shuningdek, Kichik Qoratovning shimoli- 
sharqidagi Takali va Qizilrisbek makonlarining sirtidan ashel davriga 
oid chaqmoqtoshdan levallua usulida yasalgan tosh qurollari topilgan. 
O‘rta Osiyoda aniqlangan makonlarning ko‘pchilik qismi o‘r- 
ta ashel davrining oxiri bosqichi va so‘nggi ashel davriga oid 
bo‘lib, o‘rganilgan yodgorliklar asosan O‘zbekiston va Tojikiston 
Respublikalari hududida joylashgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling