Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Olduvay davri. Bu davr Sharqiy Afrikaning Serengeti vodiysidagi 
dastlabki o‘rganilgan makon nomi bilan yuritiladi. Undan oldingi 
davr alohida bosqich sifatida ishlab chiqilmagan. Olduvay davri ilk 
va rivojlangan bosqichlarga bo‘linadi. Olduvay makoni ilk paleolit 
davrining yaxshi o‘rganilgan muhim yodgorligidir. Makon paleolit 
davrining barcha bosqichiga oid 100 dan iborat to‘rtta madaniy 
qatlamga ega. Dastlabki ikkitasi olduvay davriga, qolganlari ashel va 
so‘nggi paleolit davriga oid. 
Makonning ilk bosqichiga oid madaniy qatlamidan chopper, 
sferoid (uzunchoq) tosh qurollari topilgan. Bir tomoni urib sindirib 
yasalgan bunday tosh qurollarda kesish va chopish ishlari bajarilgan. 
Makonning keyingi rivojlangan bosqichda toshning ikkinchi tomoni 
urib sindirib yasalgan chopping quroli paydo bo‘ladi. Bu davrda 
tosh quroli yasash jarayonida hosil bo‘lgan uchrindidan ham 
mehnat quroli yasala boshlaydi. Shuningdek, yasalish usuli nisbatan 
takomillashgan kliver – qo‘lbolta va bifas – qo‘l cho‘qmori kabi tosh 
qurollari paydo bo‘ladi va ulardan foydalanish ashel davrida ham 
davom etadi. 
Afrikadagi makonlardan muntazam topilayotgan ashyoviy 
manbalar olduvay davriga oid ma’lumotlar doirasini kengaytirib 
yubordi. KeniyadagiBaringoko‘li yaqinidagiChasovanya(Chasovanja) 
va Koobi Fora va Olorgesaylie (Keniya) makonlaridan eng qadimgi 
odamlar foydalanilgan olov izlari aniqlangan. Yodgorliklarda olovda 
kuyib, qizarib ketgan tuproq qatlami aniqlangan. Ushbu qatlamning 
sanasi kalibrli tekshirish natijalariga ko‘ra mil. avv. 1,5 mln yillikka 
oid. Demak eng qadimgi odamlar olov bilan ilgari taxmin qilinganidan 
ancha ilgari tanish bo‘lgan ekan. 
Olduvay davrida odamlar ilk vatani Afrika hududida yashab 
qolmasdan, boshqa joylarga ham tarqaladi. Yaqin Sharq hududidagi 
Ubeydiya (Isroil) yodgorligidan topilgan chopping va har xil 
uchrindilarni tadqiqotchilar olduvay davrining o‘rta bosqichi bilan 
sanalaydi. 


21 
Yevropada joylashgan yodgorliklardan topilgan tosh qurollarini 
tadqiqotchilar olduvay davrining so‘nggi bosqichiga oid, deb 
hisoblaydi. Shiyyak I (Fransiya) makonidan topilgan tosh qurollari 
taxminan 1 mln yillik bilan sanalangan. Yevropa qit’asining eng 
qadimgi odamlar tomonidan o‘zlashtirilishi to‘g‘risidagi nisbatan 
ishonchli ma’lumotlar Vallone (Fransiya) g‘oridan topib o‘rganilgan. 
Ushbu makonning quyi qatlamidagi villafrank faunasi qoldiqlari 
saqlangan madaniy qatlamdan topilgan kam sonli chopper va 
uchrindilar mil. avv. 0,9 mln yillik bilan sanalangan. Chopper 
ishlanmasiga ega tosh quroli topilgan Soleyyak (Fransiya), Izernya 
(Italiya), Shandaliya I (Xorvatiya) makonlari ham yuqorida keltirilgan 
yodgorliklar bilan tengdoshligi yoki biroz yoshroq bo‘lishi taxmin 
qilinadi. 
Olduvay davrining so‘nggi bosqichida Sharqiy O‘rta yer dengizi 
hududiga kelib joylashgan eng qadimgi odamlar, Kichik Osiyodan 
Dardanell va Bosfor bug‘ozlari orqali Bolqon yarim oroliga o‘tib, 
Yevropaga tarqalgan. Ularning ikkinchi guruhi Yevropaga Gibraltar 
bug‘ozidan Priney yarim oroli tarqalgan. G‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha 
eng qadimgi odamlarning ko‘chishi ashel davrining ilk bosqichida 
sodir bo‘lgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling