Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
So‘nggi paleolit. So‘nggi paleolit (mil. avv. 40–12 ming yilliklar)
davrining muhim xususiyati homo sapiens, ya’ni zamonaviy qiyofaga ega bo‘lgan ongli odamning shakllanishidir. Ular Fransiyadagi Kromanon g‘oridan (1868-yilda E.Larte tomonidan) dastlabki suyak topilmalariga nisbatan kromanon odami nomi bilan ham yuritiladi. Hozirgi paytda zamonaviy qiyofadagi odamning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi monosentrik nazariyasi namoyondalari zamonaviy qiyofaga ega bo‘lgan ongli odam dastlab 200–150 ming yillar avval Sharqiy Afrikada shakllanib, 80–60 ming yil avval Yevrosiyo va Avstraliya hududlariga tarqalgan, deb hisoblaydilar. Omo, Xerto (Efiopiya), Letoli (Tanzaniya) va boshqa makonlardan topilgan homo sapiens sapiens odamining eng qadimgi vakillariga tegishli suyak namunalari mutlaq davrlashtirish usullariga ko‘ra mil. avv. 37 200-150 ming yillik bilan sanalangan. Paleoantropologiya fani mutaxassislarining fikrlariga ko‘ra, Afrika hududida yashagan qadimgi odamlarning soni keskin ko‘payib, oziqa zaxirasi kamayib ketishi natijasida bu yerda yashagan aholi ozuqa manbaini izlab boshqa joylarga ko‘chishga majbur bo‘lganlar. Afrikadan chiqqan qadimgi odamlar mil. avv. 40 ming yillikda Yevrosiyoning barcha yerlarini egallab ulgurgan. Ma’lumki, o‘rta pleystotsenning oxirgi bosqichi va yuqori pleystotsen davrida G‘arbiy Yevropada mintaqaning sovuq iqlimli sharoitiga moslashgan homo sapiens neandertalensis odami yashagan. Bir guruh antropolog mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Yevrosiyo hududida zamonaviy odamning shakllanish jarayonida neandertallar ham ishtirok etgan. Ayrim genetik tadqiqot natijalari Afrikadan boshqa joylarda yashaydigan odamlarning 4 % genomasi neandertallardan o‘zlashtirilganligini ko‘rsatadi. Umuman antropogonez jarayoni o‘ta murakkab, o‘z navbatida muaommoli va munozaralarga boy masala hisoblanadi. Yevrosiyo hududidan so‘nggi paleolit davriga oid yuzga yaqin homo sapiens sapiens odamiga tegishli qabrlar o‘rganilgan. Ulardan Fransiya, Germaniya, Angliya va Sharqiy Yevropadan topib o‘rganilgan odam suyaklari muhim ahamiyatga ega. Obirahmat, Angillak va Samarqand makonlaridan topilgan odam suyaklari esa vatanimiz hududida antropogonez jarayonining borishi to‘g‘risida qimmatli ashyoviy dalildir. Bu davrda yer yuzining barcha hududi, ya’ni Amerika va Avstraliya qit’alarida ham odamlar yashab boshlagan. So‘nggi paleolit davri vyurm muzligi Yevrosiyoni Shimoliy Amerika bilan bog‘laydigan o‘ziga xos ko‘prik hosil qilgan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Alyaska, Chukotka hududini o‘zaro birlashtirib turgan ulkan muzlik ustida paydo bo‘lgan tuproq qatlami quriqlikni hosil qilib, o‘simliklar o‘sgan. Bu hudud to‘rtlamchi davr geologiyasi fanida Berengiya, nomi bilan ataladi. So‘nggi muzlik davrida vujudga kelgan muz usti Beringiya quruqligi orqali qadimgi odamlar Osiyo qit’asidan Amerika 38 yerlariga taxminan mil. avv. 30–26 ming yilliklarda o‘tib borgan. Ular so‘nggi paleolit davrining oxirgacha Janubiy Amerikaning chekka janubidagi yerlarga tarqaladi. Chili hududidan topib o‘rganilgan makonlar so‘nggi paleolit davrining oxiriga oid. Tosh quroli yasash jarayoni Muzlik davrining sovuq iqlim sharoiti odamlardan moddiy madaniyat va mehnat faoliyatini takomillashtirishni talab etar edi. Ular qo‘proq tosh qurollarining yasalish usuli, uy-joy qurilishi va ibtidoy xo‘jalikni tashkil etish faoliyatlarida namoyon bo‘ladi. Tosh quroliga ishlov berish usuli takomillashib, ularning turi ko‘payib boradi. Qadimgi odamlarning tosh qurol yasash sohasidagi uzoq tarixiy tajribasi prizmasimon shaklli nukleusdan foydalanish malakasini egallashga olib kelgan. Prizmasimon nukleusdan sindirib olingan yupqa va o‘tkir tig‘li uzun tosh bo‘lagidan yasalgan mehnat quroli ish bajarish uchun har tomonlama qulay va ixcham bo‘lgan. Bu davrdagi qurollar orasida pichoq sifatida ishlatilgan tosh qurolining ahamiyati yuqori bo‘lgan. Bu qurol yordamida suyak, yog‘och va boshqa qattiq narsalarni kesish vazifalari bajarilgan. 39 Yog‘och yoki suyakka qotirilgan uchrindi yoki paraqa yordamida charm va teriga ishlov berish ishlari bajarilgan. Bu davrda shuningdek, arralash, parmalash va silliqlash maqsadida ishlatilgan tosh qurollari ham paydo bo‘ladi. So‘nggi paleolit davrida tosh qurolining tig‘ini retushlash usuli mukamallashadi. Tig‘i retushlangan tosh qurolning ish unumdorligi yanada oshgan. Retushlash tosh quroliga ikkilamchi ishlov berish bilan birga, ustaning yasalayotgan quroliga bo‘lgan qarashini ham o‘zgartirgan. Usta qurolni ishlash uchun qulay qilib yasash bilan birgalikda, tashqi ko‘rinishining nafisligi va ko‘rkamligiga e’tibor bera boshlagan. Retushlash o‘ta murakkab vazifa bo‘lib, uni bajarishda ustadan diqqatini jamlash va siqish kuchini chamalay olish talab etilgan, aks holda tosh qurolini sindirib qo‘yish mumkin edi. G‘arbiy Yevropada so‘nggi paleolit davrining ilk bosqichi Orniyak (mil. avv. 35–22 ming yilliklar) davridir. Orniyak bilan bir davrda prigordena (shatelperron) bosqichi yoki madaniyati faoliyat yuritgan. Perigordena yoki shatelperron tosh quroli mustye davriga oid usulda yasalgan. Bu madaniyat uchun plastinkasimon tosh bo‘lagi va qalin uchrindining tig‘ini mayda zarbalar yordamida o‘tkirlab, yasalgan tosh qurollar xos. Salyutra (mil. avv. 21–18 ming yilliklar). Bu bosqichda tosh qurolini yasash usilida mustye davri an’analar yo‘qolib boradi. Tosh qurollari bargsimon shaklda yasalib, sirti obdon retushlanadi. Madlen davri (mil. avv. 17–11,5 ming yillik) tosh qurollariga ishlov berish usullar keskin o‘zgargan. Bu davr qurollar prizmasimon nukleusdan sirtqi tomoni tekis qilib sindirib olingan tosh bo‘lagidan yasala boshlaydi. Bunday tosh qurollari ancha mukamal bo‘lib, ularning ish samaradorligi ilgargiga nisbatan ancha mukammal bo‘lgan edi. Hayvonlarning suyagidan ham turli xil qurol, anjom va buyumlar yasalgan. So‘nggi paleolit davri makonlaridan suyakdan yasalgan nayzan- ing uchi, garpun, bigiz, igna, sanchqi, pardozlagich kabi buyumlar topilgan. O‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakli mustye davriga nisbatan tako- millashadi. Ovchilik va termachilik asosiy tirikchilik manbayi bo‘lib qoladi. Bu davrda baliqchilik paydo bo‘ladi. Ovchilik xo‘jalikning yetakchi sohasi hisoblanib, ov o‘ljasi mahalliy hududda yashaydigan 40 hayvonlarning turiga bog‘liq bo‘lgan. Ovchilikning ahamiyati sovuq iqlimli shimoliy o‘lkalarda nisbatan yuqori hisoblangan. Shimoldagi nina bargli o‘rmon hududida qadimgi odamlar mamont, qo‘ybuqa, jundor kakidon, bug‘u va boshqa hayvonlarni ov qilgan. Ovchilikda qamal usulida amalga oshirilgan. Yirik hayvonlarni jarga yiqitib va sun’iy qazilgan tuzoqqa tushirib o‘ljaga olingan. Yer yuzining janubiy qismidagi keng yaproqli o‘rmonli tog‘ hududlarda tog‘ echkisi, arxar, yovvoyi ot, tekistliklarda qulon, jayron va boshqa hayvonlar ov qilingan. Ovchilikda jamoaning katta yoshli erkak jinsiga mansub barcha a’zolari ishtirok etgan. Termachilik xo‘jaligi qo‘shimcha oziqa manbayi hisoblanib, mavsumiy xususiyatga ega edi. Xo‘jalikning termachilik shakli mahalliy hududning florasiga bog‘liq bo‘lgan. Qadimgi odamlar erta bahordan kech kuzgacha oziqabop o‘simliklar va turli xil mevali daraxtlarning hosilini terib yeyishgan. Issiq iqlimli, o‘simlik dunyosiga boy bo‘lgan janubiy hududlarda termachilikning mavqeyi shimolga nisbatan ancha yuqori hisoblangan. Suv havzasiga yaqin joylarda baliqchilikning ahamiyati oshgan. Dengiz bo‘yi hududida yashovchi aholi suvda yashaydigan jonivorlarni ov qilgan. So‘nggi paleolit davrida zamonaviy qiyofali ongli odamning shakllanishi natijasida insoniyat tafakkuri o‘sib boradi. Ularning tabiat sirlarini anglash yo‘lidagi intilishi amaliy bilimlarning to‘planishiga olib kelgan. Odamlar ongida tabiat kuchlari to‘g‘risida tasavvurning shakllanishi dastlabki diniy tushunchaning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida ibtidoiy madaniyatning, xususan, ibtidoiy san’at paydo bo‘lishining asosiy omillardan biri edi. O‘rta Osiyoning so‘nggi paleolit davri yodgorliklari mustye davriga nisbatan yaxshi o‘rganilmagan. Hozirga qadar aniqlangan yodgorliklarning soni kamchilikni tashkil etadi. Ma’lumki, bu davrda ibtidoiy odamlar yer yuzining tekislik qismida sun’iy qurilgan kulbalarda yashay boshlaydi. U yerdagi makonlarning madaniy qatlami keyinchalik tabiiy hodisalar ta’siri va zamonaviy yer o‘zlashtirish oqibatida buzilib, bizgacha yetib kelmagan yoki saqlanib qolganlari hozircha topilmagan bo‘lishi mumkin. 41 O‘rta Osiy hududidan so‘nggi paleolit davriga oid Obirahmat, Ko‘lbuloq, Samarqand, Siyobcha, Shugnov, Xo‘jag‘or, Yangaja 2 va boshqa yodgorliklar yaxshi o‘rganilgan. Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq va Obirahmat so‘nggi paleolit davrining muhim makonlari hisoblanib, ularning yuqorgi madaniy qatlamlari so‘nggi paleolit davriga oid. Ko‘lbuloq makonining so‘nggi paleolit davriga oid yuqorgi uchta madaniy qatlamidan tosh qurollari, hayvon suyaklari, uchoqlarning izi va kul qoldiqlari topilgan. Tosh qurollari mustye davrining oxiriga oid o‘yiq-tishli shaklda yasalgan. Qurollar majmuasi nukleus, to‘g‘nag‘ich, sanchqi va o‘yiq- tishli qurollardan iborat. Topib o‘rganilgan suyaklar tog‘ echkisi, ot, yovvoyi qo‘y va sirtlon kabi hayvonlarga tegishli. Makonning mazkur davrga oid madaniy qatlamlari radiokarbon tekshirish usuliga asosan mil. avv. 24 ming yillik bilan sanalangan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling