Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Ko‘lbuloq makoni. Ko‘lbuloq makoni Toshkent viloyati Angren 
shahridan 12 km g‘arbda Ohangaron daryosining irmog‘i Jarsoyning 
o‘ng tomonidagi soy bo‘ylab uzunasiga joylashgan tepalikning 
qiyalangan joyda, shu nomdagi buloq yaqinida joylashgan. Makonda 
qalinligi 19 m dan iborat 49 ta madaniy qatlam aniqlangan. Quyi 
qismidagi 22 ta madaniy qatlami (49-28 qatlamlar) ashel davriga 
oid bo‘lib, termolyumenessent usulida tekshirish natijasiga ko‘ra mil. 
avv. 200 ming yillik bilan sanalanadi. 
Ashel davriga oid madaniy qatlamidan kam sonli tosh qurollari 
va hayvon suyaklari topilgan. Tosh qurollarining ko‘pchilik qismi 
chaqmoqtoshdan va kamchilik qismi chaqmoqlashgan slanesdan 
yasalgan. Ular qo‘pol qilib yasalgan tosh qurollari, nukleuslar va 
uchrindilardan iborat. Tabiiy ta’sir natijasida tosh qurollariga zarar 
yetgan. Ularning sirtiga tuz yig‘ilib, qotib qolishi natijasida asl holati 
buzilgan. Mazkur qatlamda obsidiandan yasalgan yagona tosh quroli 
topilgan. O‘rta Osiyoning boshqa yodgorliklarida bunday tosh quroli 
uchramaydi. Obsidian vulqon harakati faol bo‘lgan Kichik Osiyo va 
O‘rta Sharq hududida tarqalgan. Makondan arxar, ot va boshqa 
hayvonlarning suyagi topilgan. Ko‘lbuloqliklar hayotida ovchilik 
xo‘jaligi ham muhim o‘rin tutgan. 
Ko‘lbuloq makonining yaqinida paleolit davriga oid Qizilolma 
2 yodgorligi joylashgan. Qizilolma 2 tabiiy chaqmoqtosh qatlamli 
shaxta koni bo‘lib, undan ishlov berilgan tosh qurollar, ularni 
yasash jarayonida hosil bo‘lgan uchrindilar topilgan. Tosh qurollari 


28 
majmuasida ashel davri usulida yasalgan nusxalari ham uchraydi. 
Toshga ishlov berish ishlari bevosita shaxtada amalga oshirilgan. 
Janubiy Tojikistonda ashel davrining so‘nggi bosqichiga oid 
madaniy qatlamga ega Qaratov I va Lohutiy I makonlari joylashgan. 
Qaratov I makonidan qayroqtosh va qisman chaqmoqtoshdan 
yasalgan chopper, qirg‘ich, to‘g‘nag‘ich va boshqa qurollar topilgan. 
Yodgorlik termolyuminessent usulida tekshirish natijasiga ko‘ra mil. 
avv. 200 ming yillik oid. 
Lohutiy I makonidan topilgan tosh qurollari Qoratov I qurollariga 
nisbatan ancha takomillashgan va yasalish usuliga ko‘ra levallua 
alomatini saqlanib qolgan. Qayroqtoshdan yasalgan chopper
gardishsimon, bir zarb maydonchali va bir tomonli nukleuslar hamda 
tishli, o‘yiq shaklida yasalgan tosh qurollari mavjud. Makonning soz 
tuproqli qadimgi qatlami termolyuminessent usulida tekshirish 
natijasiga ko‘ra mil. avv. 130120 ming yilliklar bilan sanalangan. 
Turkmanistonning g‘arbiy qismida ham ashel davriga oid bir 
nechta makonlar aniqlangan. Bu yerda ashel davrining so‘nggi bosqichi 
oid Yangaja I, Qasqirbuloq va Junurpa makonlari joylashgan. Ulardan 
ashel davri alomatiga ega bo‘lgan kam sonli tosh qurollar topilgan. 
O‘rta Osiyoning cho‘l qismining ilk paleolit davridagi o‘simlik va 
hayvanot olamiga boy tabiati eng qadimgi odamlarning yashashi uchun 
juda qulay sharoit yaratgan. Hozirgi Qizilqum va Qoraqum cho‘llarining 
ashel davri iliq iqlimli, sharoitida yashagan eng qadimgi odamlarning 
kam sonli makonlari saqlangan. Mazkur hududda aniqlangan Qizilnura 
I, Qizilbo‘ron, Olamko‘l, Begarslandag, Qoraquduq, Shaxpaxti, Yesen 
3 va boshqa makonlar eng qadimgi ajdodlarimizning ibtidoiy davr 
tarixidan darak beradigan muhim yodgorliklardir. 
Osiyoning boshqa joylaridan ham ashel davri makonlari yaxshi 
o‘rganilgan. Xitoy hududida ashel davrigaoid juda ko‘plab yodgorliklar 
mavjud. Ulardan eng mashhuri Chjoukoudyan makoni bo‘lib, undan 
o‘rta pleystotsen davriga oid arxantrop suyaklari, yuz mingdan ortiq 
tosh qurollari va 118 turdagi hayvon suyaklari topilgan. 
Hindixitoy yarim orolida ashel davrining oxirgi bosqichiga oid 
Anin madaniyatga oid makonlar tarqalgan. Hindiston va Pokiston 
hududida saon madaniyati faoliyat yuritgan. Bu madaniyat uchun 


29 
qayroqtoshdan yasalgan tosh qurollari xos xususiyat hisoblanadi. 
Shuningdek, Hindistonda yasalish usuli jihatdan Sharqiy Afrika va 
Yevropaning ilk ashel davri qo‘l cho‘qmori va qo‘lboltasidan unchalik 
farq qilmaydigan tosh qurollariga ega bo‘lgan madrass madaniyati 
faoliyat yuritgan. 
Ashel davrining eng qadimgi odamlari faqat tabiiy sharoiti qulay 
bo‘lgan issiq iqlimli o‘lkalarda yashab qolmasdan, yer sharining 
shimoliy qismidagi sovuq iqlimli yerlarini ham o‘zlashtirgan. Sibir, 
Uzoq Sharq va Mo‘g‘iliston hududlarda ashel davriga oid ko‘pgina 
yodgorlik mavjud. Ulardan Ulalinka, Ust Qorako‘l, Ust Bom, Denisova 
g‘ori (Oltoy o‘lkasi), Malta, Buret (Irkutsk viloyati) va Lena daryosi 
bo‘yidagi Diring (Yakutiya) makonlar madaniy qatlamga ega bo‘lgan, 
arxeologik jihatdan yaxshi o‘rganilgan yodgorliklardir. 
Ashel davrining oxirida ko‘hna dunyonining barcha yerlarini 
egallagan eng qadimgi odamlar turli iqlim sharoitiga moslashib
ajdodlaridan har tomonlama ilgarilab ketgan edi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling