Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Tosh asri
Paleolit – mil. avv. 3/2,6 mln. – 12 ming yilliklar Mezolit – mil. avv. 12–8/7 ming yilliklar Neolit – mil. avv. 8/7–4 ming yilliklar 17 Tosh asri qadimgi paleolit, o‘rta mezolit, yangi neolit davrlariga bo‘linadi. Tosh asri davomida insoniyat yangi yerlarni o‘zlashtirib, ularning yashaydigan hududi doimiy kengaytirib borgan. Agar paleolit davrining ilk bosqichida odamlar faqat Afrikaning sharqiy va janubiy qismida yashagan bo‘lsa, uning oxiriga kelib quruqlikning asosiy yerlarini egallaydi. Bu davrda insoniyat uzoq va murakkab tarixiy yo‘lni bosib, muhim kashfiyotlarga erishgan. Odamzod sun’iy olovni hosil qilish, kiyim tikish, boshpana qurish, kamon va o‘q-yoyni ixtiro qilishdek, o‘z davrining o‘ta muhim va murakkab kashfiyotlariga erishadi. Tosh asrining oxirida odamlar loydan idishlar yasash va matolar to‘qishni o‘rganadi. Ular turli xil o‘simliklar va hayvonlarning foydali xususiyati va sifatlarini o‘rganib, kishilik jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tub burilish davrini boshlab bergan ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakli – dehqonchilik va chorvachilikga asos soladi. Umuman, insoniyat tarixining poydevori bo‘lgan tosh asrining ahamiyati shunchalik yuqoriki, odamzod bu davrni bosib o‘tmasdan keyingi taraqqiyoti va zamonaviy sivilizatsiyaga erishish mumkin emas edi. 17 1-bob. Paleolit Paleolit (yun. paleyos – qadimgi, lot. litos – tosh) – qadimgi tosh davri mil. avv. 3/2,6 mln – 12 ming yilliklar bilan sanalanadi. Paleolit o‘z navbatida ilk, o‘rta va so‘nggi bosqichlarga bo‘linadi. Yer shari paydo bo‘lgandan buyon dam sovib, dam isib turgan. Antropogen davrida ham bu jarayon davom etgan. Paleolit davrida yer sharining shimoliy qismida bir necha muzliklar – glyatsiali (dunay, gyuns, mindel, riss va vyurm) va ular oralig‘ida issiq va namchil iqlimi muzlik oralig‘i – intergyatsial davrlari (dunay- gyuns,gyuns- mindel, mindel-riss, riss-vyurm) davrlari hukm surgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling