Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Arxeologik tadqiqotlar tarixi
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Arxeologik tadqiqotlar tarixi. Insoniyatning o‘tmish tarixini
o‘rganishga qiziqish qadimgi davrdan boshlangan. Mil. avv. VI asrda Bobil podshosi Nabonid ajdodlari barpo etgan saroy va ibodatxona imoratlarning mahobatini ommaga ko‘rsatish maqsadida ularning qoldiqlarini qazib ochgan. Yevropada o‘yg‘onish davrida (XIV asr oxiri – XVI asr) qadimgi osori atiqalar va antik davr madaniyati, tasviriy san’ati namunalariga qiziqish boshlangan. Uyg‘onish davri haykaltaroshlari, rassomlari antik davrda yashab o‘tgan hamkasblarining ijod namunalari ta’sirida va hatto ularga taqlid qilgan holda o‘zlarining asarini yarata boshlagan. Natijada o‘sha davr jamiyatining nufuzli tabaqasi vakillari orasida qadimgi dunyo, ayniqsa, antik davrga oid osori atiqalarning asl nusxasini to‘plash va ularni “kolleksiya” qilish ishlari boshlanib ketgan. XVII asrga kelib bu sohada dunyoviy bilimlar muhim o‘rin tuta boshlaydi. Yevropaning ilg‘or ilmiy jamoatchiligi moddiy manbalarni izlash va ularni o‘rganishga kirishadi. Ilmiy yutuqlarga erishish maqsadida yodgorliklarda qazishma ishlarini tashkillashtira boshlaydilar. XVIII asrda Vezuviy vulqoni tagida qolib ketgan Pompey va Gerkulanum shaharlarining xarobasi ochilib, arxeologik qazishma usuli shakllana boshlangan. XVIII asrda ilmiy tahlil qilishga qaratilgan dastlabki fundamental tadqiqot ishlar vujudga kelgan. Iogann Iahim Vinkelmanning ilmiy ishlari shunday tadqiqotlardan biri bo‘lib, uning “Qadimgi san’at tarixi” (1762) va “Antik davrining noma’lum yodgorliklari” (1767) kabi asarlari antik davri tarixiga oid materiallarni ilmiy o‘rganishga asos solib, Yevropada klassik arxeologiya fani taraqqiyotida muhim iz qoldirgan. XIX asrda amalga oshirilgan muhim kashfiyotlar arxeologiya fanida ilmiy bilimlarning shakllanishini boshlab beradi. Asr boshida Jak Fransua Shampalyon Rozettadagi toshlarga bitilgan ieroglif yozuvlarni o‘qishga muvoffaq bo‘lib, Qadimgi Misr yozma merosini 14 o‘rganishda o‘zining ulkan hissasini qo‘shadi. 1840-yillarda Mesopotamiyada arxeologik tadqiqot ishlarida boshlanadi. Unda ingliz arxeologi Ostin Henri Leyard Frot daryosi bo‘yidagi tepalikda qazishma ishlar olib borib, qadimgi saroy xarobasini va Nineviyadagi Ashshurbanipalning barelefli tasviri, haykallar, mixxat yozuvda sopolga bitilgan hujjatlar saqlangan kutubxonani ochib o‘rgangangan. Arxeologiyada ilmiy bilimlar ko‘lamining o‘sishida fransuz olimi Jak Bush de Pertning hissa katta. 1837–1846-yillarda tosh davriga oid yodgorliklarni o‘rgangan tadqiqotchi “Keltlar va to‘fongacha qadimiyat” nomli asarida tosh qurollarining yasalish usuliga ko‘ra tosh asrini alohida paleolit va neolit davrlariga ajratadi. XIX asrning ikkinchi yarmida arxeologiya fani sohasida olamshumul kashfiyotlar amalga oshiriladi. Genrix Shliman Troya shahri xarobasi (1870–1873-yillar) va Mikendagi podsholar qabrida qazishma olib borgan. Ayniqsa, ulardan hukmdor Agamemnon dafn etilganligi taxmin qilingan qabrning (1876) o‘rganilishi arxeologiya fanining o‘z davridagi muhim yutug‘i edi. O‘rta Osiyo arxeologiyasiga qiziqish XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan. Chor Rossiya tomonidan bosib olingandan so‘ng, bu yerga tashrif buyurgan ziyolilar orasida o‘lkaning moddiy madaniyatiga qiziquvchi olimlar ham bor edi. Sharqshunos va havaskor olimlardan V.V.Bartold, V.A.Jukovskiy, N.I.Veselovskiy, A.L.Kun, V.L.Vyatkin, I.T.Poslavskiy, N.P.Ostroumov va boshqalarning o‘lka tarixini o‘rganishdagi xizmati beqiyos. Ularning vatanimiz tarixini o‘rganish yo‘lida olib borgan amaliy faoliyatida mahalliy aholi vakillari orasidan chiqqan Akrom Asqarov, Mirza Abdulla Buxoriy, Abu Said Maxsum kabi qadimgi tarixga qiziquvchi kolleksioner, havaskor o‘lkashunoslarning ko‘rsatma va maslahati muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Turkiston o‘lkasidagi manzilgohlarda dastlab arxeologik qazish ishlari sharqshunos olim N.I.Veselovskiy tomonidan amalga oshirilgan. U 1883-yilda Afrosiyobda to‘rt oy mobaynida yuzdan ortiq joyda kichik hajmli qazishmalar olib borgan. 1884-yili To‘ytepa shahri yaqinidagi Ulkanto‘ytepa yodgorligida uch kun mobaynida arxeologik qazishmani amalga oshirgan. Uning 14 qazishmalari arxeologik ilmiy me’yorlarga asoslanmagan bo‘lsa- da, o‘z davrining muhim tadqiqot ishi hisoblanar edi. Ayniqsa, tadqiqotchining o‘sha davrda yaratgan Afrosiyob topografik xaritasi hozirgacha ahamiyatini yo‘qotmagan. 1895-yilda sharqshunos olim V.V.Bartold rahbarligida o‘lkaning qadimgi tarixi va madaniyatini o‘rganishga qaratilgan “Turkiston Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling