Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Arxeologik davrlashtirish usullari
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Arxeologik davrlashtirish usullari. Kishilik jamiyati tarixini
davrlashtirishning nisbiy va mutlaq usullari mavjud. Nisbiy davrlashtirish moddiy manbalarning davri va bosqichlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Nisbiy davri topilgan moddiy manbalar: tosh quroli, sopol, metall buyum va boshqa narsalarning xom ashyosining xususiyatini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish orqali belgilanadi. Unda ma’lum bir davr (paleolit, mezolit, neolit va boshqalar) va ularning (ilk, o‘rta, so‘nggi) bosqichlariga oidligi to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Kishilik jamiyati ibtidoiy davr tarixining zamonaviy xronologik tartibi XIX asrda shakllangan. 1836-yilda Daniya muzeyi saqlovchisi Kristian Yurgensen Tomsen mashhur “uch asr tizimi”ga asos soladi. U muzeydagi eksponatlarni tosh, bronza va temir davri bo‘limlarga ajratib, tarixini davrlashtirish tartibini boshlab bergan edi. Keyinchalik Jak Bushe de Pert, Jon Lebbok va Allen Braun kabi olimlar tosh asrining zamonaviy tizimini ishlab chiqadilar. XIX asrda arxeologiya fan sifatida to‘liq shakllangandan keyin mutaxassis olimlar ibtidoiy, qadimgi va o‘rta asr davrlari hamda ularning xronologiyasi tizimini yaratgan. Hozirgi paytda insoniyatning o‘tmish tarixini tosh (paleolit, mezolit, neolit), paleometall (eneolit, bronza), temir, antik va o‘rta asrlar davrlariga 9 bo‘lib o‘rganish an’anasi qabul qilingan. Ular o‘z navbatida kichik davrlar va bosqichlardan tashkil topgan. Mutlaq davrlashtirish orqali esa arxeologiya yodgorlik va moddiy manbalarning aniq sanasi (kun, oy, yil yoki faqat yili, asri, ming yillik) aniqlanadi. Mutlaq davrlashtirish aniq fanlar yutuqlari asosida amalga oshiriladi. Radiokarbon (radiouglerod) usuli kuyindi (yog‘och, suyak, torf) jinslarining davrini aniqlashda foydalaniladi. Bu usul S 14 uglerodining radeofaol izotopi qoldig‘ini aniqlash orqali belgilanadi. Tirik organizm ushbu izotopni koinotdan kelayotgan nurlar orqali o‘zlashtirib bordi. Organizmning tiriklik davrida uglerodining doimiy almashinish va to‘ldirilib borilish jarayoni kechadi. Tirik organizm o‘lgandan so‘ng uglerodni o‘zlashtirish to‘xtaydi va yemirilib (parchalanib) boshlaydi. O‘rganilayotgan namunaning yarim yemirilish davri aniqlangandan so‘ng, uni hozirgi namunasi bilan solishtirib, o‘rganilayotgan namunada uglerod to‘planishining to‘xtagan vaqtini aniqlash mumkin. Radiokarbon usuli orqali 40–50 ming yillikka ega bo‘lgan madaniy qatlamning davrini aniqlashda yaxshi natija beradi. Termolyuminessent usuli asosan olovda kuygan tuproqning (keramika) davrini aniqlashda foydalaniladi. Bu usul narsani qayta qizdirish va nurlanish darajasini o‘lchash orqali radiofaol alfa nurlarning qoldig‘i aniqlanadi. Hosil bo‘lgan nurlarni aniqlab, ularni hozirgi namunalari bilan solishtirish asosida narsaning davrini aniq belgilash mumkin. Kaliy-argon usuli madaniy qatlamlarda saqlanib qolgan mine- rallardan paydo bo‘lgan tog‘ jinslari, vulqon lavalari qoldig‘ini o‘rganadi. Ularning tarkibidagi argonda kaliy moddasining to‘planish tezligini o‘lchash orqali amalga oshiriladi. Kaliy-argon usuldan asosan ilk paleolit davriga oid yodgorliklarning yoshini aniqlashda foydalaniladi. Dendroxronologiya usuli. Bu usul daraxt tanasidagi halqalarning o‘zgarib borishi, rangi, tuzilishiga qarib, uning yoshi aniqlanadi. Shuningdek, bu usul orqali o‘sha davrning iqlimini o‘rganishda ham foydalaniladi. 10 Mutlaq davrlashtirishda numizmatik va epigrafik manbalar ham muhim ahamiyatga ega. Numizmatika yoki epigrafik materiallarining davri va sanasi aniq. Yodgorlikning ma’lum madaniy qatlamidan topilgan mazkur topilmalar orqali uning aniq davrini belgilash mumkin. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling