Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Arxeologiya manbalari. Kishilik jamiyatining taxminan 3 mln
yildan ortiq tarixining atigi yuzdan 0,02 % qismi yozuvli davriga to‘g‘ri keladi. Insoniyatning yozuvsiz davrdagi tarixini o‘rganishda moddiy ashyolar asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Dunyodagi ko‘pchilik xalqlar yaqingacha yozuvni bilmagan. Ularning o‘tmish tarixini faqat moddiy manbalar asosida o‘rganish mumkin. Arxeologiya insoniyatning ibtidoiy davr tarixini to‘liq, keyingi davrlarining yozma manbalar ochib bera olmaydigan masalasini o‘rganishga asoslangan fandir. Qadimgi va qisman o‘rta asr yozma manbalari tarixnining ayrim tomonlarini, xususan, ijtimoiy-siyosiy hayotini yoritish imkoniyatiga ega. Insoniyat tarixning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy sohasining ko‘pgina asalalari mavjudki, ularni faqat moddiy manbalar asosida qayta tiklash mumkin. Moddiy manbalarning ikki turi ajralib turdi. Birinchisi, qazilma odamlar va hayvonlarning suyagi hamda o‘simliklarning qoldig‘idan iborat tabiiy manbalar. Ularni paleoantropologiya, paleozoologiya va paleobotanika fanlari tomonidan o‘rganiladi. Tabiiy manbalar antropogonez jarayoni, eng qadimgi davr faunasi, florasi va ular asosida shakllanadigan xo‘jalik xususiyatini o‘rganishga xizmat qiladi. Moddiy manbaning boshqa bir muhim turi insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy ashyolar, ya’ni narsalardir. Ular ilk paleolit davriga oid oddiy tosh qurolidan tortib, mahobatli qurilish imoratlari, ishlab chiqarish inshootlari, turli xildagi narsalar yoki yuksak mahorat va estetik did bilan ishlangan amaliy san’at namunalari-yu hamda boshqa moddiy ashyolardan iborat. Arxeologiyada moddiy manbalarning sinonimi sifatida “yodgorlik” atamasi ham qo‘llaniladi. Yodgorlik so‘zi tosh davri makonlari, qishloqlar, qabr-qo‘rg‘onlar, shahar xarobalari, yerning ustki qismida saqlanib qolgan me’moriy obidalar va boshqalarga nisbatan ishlatilsada, insoniyat tafakkurining mahsuli bo‘lgan barcha moddiy ashyolarni ham ifodalaydi. 6 Moddiy manbalar joylarda olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida to‘planadi. Tadqiqot ishlari maxsus ilmiy muassasalar: arxeologiya ilmiy-tadqiqot instituti, oliy o‘quv yurtlarning arxeologiya kafedrasi va ilmiy muzeylari tomonidan amalga oshiriladi. Arxeologiya qidiruv, qazishma va nazorat ishlari maxsus vakolatga ega bo‘lgan muassasalar tomonidan amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasning “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish” to‘g‘risidagi Qonunining 20-moddasida qat’iy belgilab qo‘yilgan. Tadqiqot ishining vazifasi ma’lum yodgorlik yoki yodgorliklarni o‘rganib, aniqlangan moddiy manbalar asosida mahalliy hududning tarixini yoritib berishdan iborat. Arxeologiya bir qancha tarixiy fanlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, kishilik jamiyati tarixini o‘rganishda ularning ma’lumotiga tayanadi. Ulardan etnografiya – ibtidoiy davr tarixini tiklashda, turli ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyot bosqichida bo‘lgan xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘rganadi; antropologiya – odamlarning jismoniy qiyofasi, uning o‘zgarib borishi va tarqalishini o‘rganadi; geologiya – yer qatlamlarining vujudga kelishi va tuzilishini o‘rganadi; geografiya va uning bo‘limi paleogeografiya – qadimgi davr atrof muhitining rivojlanish xususiyatlarini o‘rganadi; demografiya – aholi soni va ularning o‘sib borishi, tug‘ilish va o‘sish darajasini o‘rganadi; paleobotanika – qadimgi o‘simliklar turining xilma-xilligini o‘rganadi; paleozoologiya – fauna populyasiyasiga asoslangan bo‘lib, qadimgi hayvonot dunyosining tarkibini o‘rganadi. Shuningdek, arxeologiyada ximiya va fizika, matematik statistika, informatika fanlari yutug‘idan ham foydalanadi. Arxeologiya tarkibida bir necha yordamchi tarmoq fanlar mavjud. Sfragistika – (yun. muhr) muhrlar (qoliplar) va ularning turli narsalardagi izini o‘rganuvchi yordamchi tarix fani. Gliptika – (yun. o‘yib yozmoq, naqsh solmoq) qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga naqsh solish bo‘yicha amaliy-bezak san’atining bir ko‘rinishi. Torevtika – (yun. metallga bo‘rtma (relyef) solingan naqsh) 7 metall buyumning sirtiga o‘yib, yoki bosib naqsh solish san’ati. Numizmatika – (yun. tanga) tanga zarb qilish va pul muomalasini o‘rganadigan yordamchi tarix fani. Epigrafika – (yun. yozuv) qattiq (tosh, metall, sopol) narsalarning sirtiga bitilgan yozuvning mazmuni, shaklini o‘rganadigan hamda ularning ma’lum davrga va madaniyatga mosligini tasniflovchi yordamchi fan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling