Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Arxeologik tadqiqot ishlari
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Arxeologik tadqiqot ishlari. Arxeologik tadqiqot ishlari qidiruv,
kuzatuv va keng ko‘lamli qazish ishlaridan iborat. Arxeologiya tadqiqot ishining dastlabki qidiruv bosqichida ma’lum davrga oid yodgorliklarni izlab topish ishlari amalga oshiriladi. Arxeologik tadqiqotning ikkinchi bosqichda aniqlangan yodgorlik haqida umumiy ma’lumot to‘planadi. Birinchi navbatda, yodgorlik to‘g‘risidagi afsona va rivoyatlar so‘rab surishtirilib, uning sirtida saqlanib qolgan moddiy ashyolar o‘rganiladi hamda dastlabki ilmiy xulosa qilinadi. Keyin yodgorlikning davri va bosqichlari, madaniy qatlamlari to‘g‘risida umumiy ma’lumot olish uchun shurf tashlanadi. Shurf kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, tomonlari ikki metrdan o‘n metrgacha, hatto undan ham ortiq bo‘lishi mumkin. “Shurf” nemischa so‘z bo‘lib, qazimoq, degan ma’noni anglatadi. Arxeologiya tadqiqot ishining oxirgi bosqichida yodgorlikda keng ko‘lamli qazishma ishlari olib boriladi. Har qanday stratigrafik qazilma yodgorlikning materik, ya’ni yerning soz tuproq qatlamli qismigacha (ba’zi joylarda tosh yoki qum) qazib tushiladi. Madaniy qatlamda insoniyatning kundalik turmushi tarzi, xo‘jalik faoliyati va g‘oyaviy qarashlari o‘z aksini topgan. Madaniy qatlam yillar, asrlar davomida to‘planib boradi. Yodgorliklar bir va bir necha o‘nlab madaniy qatlam shakllanib, ularning qalinligi bir necha o‘n metrgacha borishi mumkin. Madaniy qatlamning qalinligi yodgorlikda yashab o‘tgan odamlar hayot faoliyatining davomiyligiga bog‘liq. Tadqiqotchi arxeolog yodgorlikni o‘rganar ekan, qazishma jarayoni va topilgan moddiy ashyolarni kundalik daftariga qayd qilib boradi. Qazishma ishi nihoyasiga yetgandan so‘ng yodgorlikdan topilgan moddiy ashyolar ilmiy muassasada qayta ishlanadi. Qazish- ma natijasi bo‘yicha yozma hisobot tayyorlanib, u mutasaddi davlat 9 muassasiga taqdim etiladi. Arxeologik qidiruv, qazishma va nazorat ishlari maxsus vakolatga ega bo‘lgan muassasalar tomonidan amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2009- yil, 13-oktabrda qabul qilingan “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish” to‘g‘risidagi Qonunning 20- moddasida belgilab qo‘yilgan. Hozirgi paytda birgina O‘zbekiston Respublikasi hududida qadimgi va o‘rta asrlar davriga oid besh mingga yaqin turli xil arxeologiya yodgorliklar qayd qilingan. Ushbu yodgorliklar O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan davlat muhofazasiga olinib, huquqiy asoslari “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish” to‘g‘risidagi (34-moddadan iborat) Qonunida belgilangan. Mazkur qonunning 4-moddasida Arxeologiya merosi obyektlarining mulk huquqi faqat davlatga tegishli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling