Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
havaskor arxeologlar to‘garagi”
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
havaskor arxeologlar to‘garagi” tuziladi. Amalda 1917-yilgacha
faoliyat yuritgan to‘garakning asosiy vazifasi Turkiston o‘lkasidagi qadimiy yodgorliklarda tekshirish ishlarini olib borish, turli xil qo‘lyozmalar, numizmatika va etnografiyaga oid moddiy ashyolarni topib o‘rganishdan iborat edi. To‘garak a’zolarining yodgorliklarni tekshirish, sirtidagi moddiy ashyolarni yig‘ish va ayrim hollarda qazish ishlarini tashkil etish kabi havaskorlik mazmuniga ega izlanishlari o‘z davrining muhim yutug‘i bo‘lgan. Mazkur izlanishlar ma’lum ilmiy-uslubiy me’yorga asoslanma- gan bo‘lsa-da, to‘plangan ma’lumotlarning keyingi davrda olib borilgan tadqiqot ishlarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan. O‘rta Osiyoda yodgorliklarni stratigrafik jihatdan o‘rganish dastlab o‘tgan asrning boshida (1904-yil) amalga oshirilgan. Amerikalik olimR.PampellivanemisarxeologiG.ShmitdlarJanubiyTukmanistonning Anovtepada olib borgan qazishma ishida manzilgohning madaniy qatlami, uning davri va bosqichlarini ajratib ko‘rsatgan edi. XX asrning 20–40-yillarida V.L.Vyatkin, B.P.Denike, M.Ye. Masson, V.V.Grigoryev, V.D.Jukov, A.Y.Yakubovskiy, V.A.Shishkin, G‘.G‘ulomov, S.P.Tolstov va A.P.Okladnikovlarning Zarafshon, Toshkent va Surxon vohalarida hamda Amudaryoning quyi oqimi hududida olib borgan arxeologik tadqiqotlarning ahamiyati beqiyosdir. Ular yodgorliklarning topografik holatin o‘rganish, xaritasini yaratish bilan birga qazishma ishlarini ham amalga oshirganlar. 1940-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) tarix fakultetida M.Y.Masson tashabbusi bilan “O‘rta Osiyo arxeologiyasi” kafedrasining ochilishi nafaqat ta’lim sohasida, balki mintaqada ilmiy tadqiqot ishlarining rivojlanishida muhim o‘rin tutgan. Kafedra malakali arxeolog mutaxassislar tayyorlaydigan, tadqiqot ishlarni olib boradigan o‘quv va ilmiy muassasaga aylanadi. 14 Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng dunyoning barcha hududida arxeologik tadqiqotlar ko‘lami kengayadi. Bu davrda moddiy manbalarni atroflicha ilmiy tahlil qilishga asoslangan yangi yo‘nalish shakllanadi. Bu yo‘nalishning g‘oyaviy rahnomalari ingliz va amerikalik olimlar edi. Ular kishilik jamiyati tarixiga oid moddiy manbalarni o‘rganishda tizimli yondashuv usulini qo‘llaydi. Bu davrda tabiiy fanlar yutug‘idan keng foydalanila boshlaydi. Ikkinchi Jahon urushidan keyin O‘rta Osiyoda arxeologiya yodgorliklarini o‘rganishga e’tibor yanada kuchayadi. Joylarda maxsus ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etiladi. Quyi Amudaryoda “Xorazm arxeologik va etnografik ekspeditsiyasi” (XAEE) faoliyati davom ettirilib, tadqiqot ko‘lami kengayadi. 1946-yilda “Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspe- ditsiyasi” (JTAKE) tashkil etiladi. Ekspeditsiyaning faoliyati qadim- gi tosh davridan o‘rta asrlargacha tarix va madaniyatini o‘rganishga qaratilib, arxeologiya sohasida katta yutuqlarga erishiladi. Ayniqsa, neolit davridan rivojlangan o‘rta asrlar davrigacha bo‘lgan yodgorlik- larda olib borilgan qazishma ishlari natijasida O‘rta Osiyoning ilk ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning vujudga kelishi, shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va taraqqiyotiga doir muhim kashfiyotlar amalga oshirilgan. O‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab Afrosiyob yodgorligini o‘rganishga e’tibor kuchayib, Samarqand shahrining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlariga oid madaniy qatlamlar o‘rganiladi. 50- yillarning oxirlarida O‘zbekiston “San’atshunoslik ilmiy tekshirish instituti” Surxon vohasining qadimgi va o‘rta asrlar davri yodgorliklarini o‘rganishga kirishgan. 1963-yilda “Qashqadaryo arxeologik-topografik ekspeditsiyasi” (KATE) tashkil etiladi. Ekspeditsiyasi faoliyatida vohada keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilib, Qadimgi va O‘rta asrlar davri yodgorliklari o‘rganilgan va ularning xaritasi shakllantirilgan. XX-asrning 50–70-yillarda Choch- Iloq ekspeditsiyasi yangi qurilish hududida (Tuyabo‘g‘iz, Chordara) keng tadqiqot ishlarini olib borgan. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini e’lon qilgandan so‘ng Vatanimiz tarixini xolisona o‘rganish, moddiy manbalarini yangicha ilmiy yondashish asosida tadqiq etishga katta e’tibor berila boshladi. Bu 14 borada ko‘hna shahar xarobalarini o‘rganish va ularning tub ildizlarini aniqlashda muhim yutuqlarga erishildi. Samarqand shahrining 2750, Qarshi va Shahrisabz shaharlarining 2700 yillik, Buxoro, Termiz va Xiva shaharlarining 2500 yillik, Toshkent shahrining 2200 yillik tarixi ilmiy isbotlanib, keng nishonlandi. Hozirgi paytda O‘zR FA arxeologiya, tarix va san’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutlari, davlat universitetlarining tarix fakultetlari hamda davlat muzeylari o‘ndan ortiq chet mamlakatlarning nufuzli ilmiy muassasalari bilan hamkorlikda respublikamizning turli joylarida olib borayotgan tadqiqot ishlari vatanimiz tarixi va madaniyati sahifalarini yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitib, dunyo sivilizatsiyasi tarixida tutgan o‘rnini belgilashda ulkan ishlar bajarilmoqda. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling