Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Jarmo madaniyati. O‘rta Sharqda, ya’ni Mesopotamiya va
Eronning eman o‘rmanzoridan iborat shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan tog‘li hududida ilk ishlab chiqaruvchi xo‘jalikga asoslangan Jarmo madaniyati yoki Zagros madaniy birligi (VII–VI ming yilliklar) faoliyat yuritgan. Jarmo, Telshimshara, Tepaisarob va Tepaiguran ushbu madaniyatning muhim yodgorliklaridir. Jarmo manzilgohida yashagan aholi loydan qurilgan sun’iy uyda yashab, ishlab chiqarish xo‘jaligini yuritgan. Manzilgohdan ikki xil bug‘doy, arpa, no‘xat va tariq donlari aniqlangan. Ulardan bug‘doy va arpa madaniylashtirilgan. Dastlab echki xonakilashtirilgan. Cho‘chqa ham xonakilashtirilgan bo‘lishi mumkin. Ovchilik ahamiyatini saqlab qolgan. Makonlarda geometrik shaklli tosh qurollari boshqa joylarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Makonlardan tosh o‘roq, bolta, motiga, keli, yorg‘uchoq va suyakdan yasalgan anjomlar topilgan. Jarmo madaniyatiga oid makonlarning ilk bosqichiga oid qatlamida 62 sopol buyumlar uchramaydi. Keyingi bosqichida sirtiga naqsh chizilgan sopol buyumlar paydo bo‘lgan. Loydan yasalgan turli o‘yinchoqlar, hayvon va ayol haykalchalari ham mavjud. Old Osiyoning neolit davri madaniyatlari ilk ishlab chiqarish xo‘jaligining shakllanishi va qo‘shni hududlarga tarqalishi bilan birgalikda Qadimgi Sharq dunyosida ilk sivilizatsiyaning vujudga kelishida muhim o‘rin tutadi. Yevrosiyoning boshqa hududlarida ham mahalliy yo‘nalishda shakllangan bir nechta dehqonchilik markazlari faoliyat yuritgan. Xususan, Hindistonda Merxgar madaniyati, Xitoyda Yanshao madaniyati, Janubiy Osiyoda “Ruhlar g‘ori” makoni mahalliy hududlarda shakllangan ilk ishlab chiqaruvchi xo‘jalik markazlaridir. Shuningdek, ilk ishlab chiqarish markazlaridan tashqarida joylashgan Yaponiya va Markaziy Amerika hududlarida ham ishlab chiqaruvchi xo‘jalik mahalliy asosga ega. Ilk ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka asolangan Shimoliy Afrikada Fayum madaniyati, Jannubi-sharqiy Yevropadagi Koronova madaniyatlarining shakllanishida bevosita qo‘shni hududlarning madaniy ta’siri kuzatiladi. O‘rta Osiyoning neolit davri aholisi mahalliy hududlarning tabiiy- geografik sharoiti, fauna va florasi xususiyatidan kelib chiqib, xo‘jalik shaklini tashkil etgan. Mintaqaning chekka janubi-g‘arbida xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari vujudga kelgan bo‘lsa, boshqa joylarida xo‘jalikning ilg‘or shakllariga neolit davrining oxirida o‘tilgan. 63 O‘rta Osiyoning g‘arbida mezolit davri ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik asosida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik vujudga kelgan. Turkmanistonning janubi-g‘arbiy qismida dehqonchilik va chorvachilik, g‘arbiy qismida Sharqiy Kaspiy bo‘yi hududida chorvachilik xo‘jaligi vujudga kelgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling