Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Jebel madaniyati Turkmanistonning g‘arbida Sharqiy Kaspiybo‘yi 
hududida faoliyat yuritgan madaniyat. Bu madaniyat dastlabki 
o‘rganilgan Jebel yodgorligi nomi bilan yuritiladi. Jebel, Damdam- 
chashma I, II, Qaylu, Defichig‘anoq va boshqa yodgorliklarning yuqori 
madaniy qatlamlari neolit davriga (mil. avv. VIIV ming yillik) oid. 
Jebel madaniyati yodgorliklaridan tosh qurollari, hayvonlarning 
suyagi va sopol buyumlar topib o‘rganilgan. Qurollar tekis tomoniga 
ega bo‘lgan prizmasimon nukleusdan sindirib olingan tosh bo‘lagidan 
yasalgan. Plastinkasimon tosh parchasidan yasalgan tosh qurollari 
soni nisbatan ko‘proq. Tosh qurollari majmuasida mikrolitlarning 
soni kamchilikni tashkil etadi. Toshdan yasalgan ko‘pgina yorg‘uchoq 
namunalari ham mavjud. Sopol buyumlari qo‘lda, tasmasimon 
usulida yasalgan. 


67 
Xo‘jalikda chorvachilikning mavqeyi ustun bo‘lgan. Topilgan 
suyaklarning asosiy qismi xonaki echki va qo‘ylarga tegishli. O‘zlashtiruv- 
chi xo‘jalik ahamiyatini yo‘qotmagan. To‘qay va cho‘l sharoitida to‘da 
bo‘lib yashaydigan hayvon va qushlar ov qilingan. Shuningdek, chuchuk 
suvda yashovchi baliq suyaklari ko‘p uchraydi. Bu davrda Qoraqumning 
g‘arbiy qismida baliqlarga serob ko‘llar ko‘p bo‘lgan. 
Umuman, neolit davri janubi-g‘arbiy va g‘arbiy Turkmaniston 
hududida neolit davri Joytun va Jebel madaniyatlari faoliyat yuritadi. 
Ilk ishlab chiqaruvchi xo‘jaligining dehqonchilik va chorvachilik 
shakllariga asoslangan mazkur madaniyatlar O‘rta Osiyoning keyingi 
davr jamiyati taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. 
Kaltaminor tarixiy-madaniy majmuasi (mil. avv. VII ming 
yillik oxiri – III ming yilliklar)Quyi Amudaryo, O‘zboy va Sariqamish 
o‘zani, Markaziy Qizilqum, Quyi Zarafshon va Sirdaryoning quyi oqimi 
hududida neolit davriga oid mingdan ortiq makonlar aniqlangan. 
Bu yerlarda yashagan aholi ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik 
asosida hayot kechirgan. Ularning xo‘jalik shakllari va moddiy 
madaniyatidagi umumiylik Kaltaminor tarixiy-madaniy majmuasi 
nomi bilan yuritilishiga asos bo‘lgan. 
A.V.V 
inogradov tosh qurollarining yasalish usuliga ko‘ra Kalta- 
minor madaniyatini ilk, rivojlangan va so‘nggi bosqichlarga ajratgan. Bu 
madaniyat hududiy jihatdan Oqchadaryo, Lavlakon (Ichki Qizilqum) 
va Quyi Zarafshon kabi mahalliy majmualardan iborat. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling