Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Sazag‘on madaniyati (mil. avv. VIIIV ming yilliklar) Zarafshon 
tog‘ tizmasining g‘arbiy qismida, Qoratepa tog‘ining shimoliy 
yonbag‘irida mezo-neolit davrlarida faoliyat yuritgan madaniyat. 
Bu madaniyatga oid yodgorliklar arxeolog olim M. Jo‘raqulov, 
N.Xolmatov tomonidan o‘rganilgan. 
Sazag‘onsoy va Egrikulchasoyning tog‘ oldi qismidan so‘nggi 
mezolit va neolit davrlariga oid 30 dan ortiq makonlar aniqlangan. 
Sazag‘on I, II, Tepaqul III, V, Lolab, Qorakamar, Jangal I va Ochilg‘or 
makonlari Sazag‘on madaniyatining asosiy yodgorliklari hisoblanadi. 
Ulardan Sazag‘on I, II, Tepaqul III, IV, V va Jangal I makonlari madaniy 
qatlamga ega. Boshqa yodgorliklarning yuza qismidan neolit davriga 
oid moddiy ashyolar terib olingan. 
Sazag‘on II makoni hududida keyingi davrlarda ekin ekilib, uning 
madaniy qatlamiga ziyon yetgan. Neolit davri madaniy qatlami 
qisman saqlangan. Makonining quyi madaniy qatlamidan yirik tosh 
bo‘laklari va gulxan qoldig‘i aniqlangan. Bu joylar qadimgi yarim 
yerto‘la kulbaning o‘rni bo‘lishi mumkin. 
Sazag‘on 2 makonidan echki va qo‘y, qisman yirik tuyoqli- 
qora mol, ot, eshak va tuya, it kabi hayvonlarning suyaklari topib 
o‘rganilgan. Hayvonlardan echki, qo‘y va itlar xonakilashtirilgan. 
Sazag‘on madaniyati xo‘jaligida ovchilik ahamiyati saqlanib qoladi. 
Jayron, qisman qulon va Buxoro bug‘usi asosiy ov o‘ljasini tashkil etgan. 
Shuningdek, makonlardan bo‘ri va tulki kabi hayvonlarning suyagi ham 
topilib, ular muynasi uchun ov qilingan. Tog‘oldi hududida o‘sadigan 
oziqabop o‘simlik va daraxt mevalari terib yeyilgan. M.Jo‘raqulov Sazag‘on 
madaniyati egalari dehqonchilik xo‘jaliga asos solgan edi, deb hisoblaydi. 
Sazag‘on madaniyatiga oid tosh qurollari asosan mikrolitlardan 
iborat. Plastinkasimon tosh parchasidan yasalgan qurollar ham 


72 
mavjud. Sopol buyumlari mato qolipda tagi dumaloq shaklda 
yasalgan, sirtiga sodda naqsh chizilgan. Jundan ip egirib, mato 
to‘qish, teriga ishlov berish, suyakdan turli anjomlar yasash kundalik 
bajariladigan mashg‘ulotlar sanalgan. 
Qoratepa tog‘ining shimoli-sharqiy etaklarida Ohalik, Zamicha- 
tosh va boshqa makonlar joylashgan. Ulardan tosh va suyakdan 
yasalgan qurollar hamda yovvoyi hayvon suyaklari topilgan. Mazkur 
makonlar ehtimol sazag‘onlik aholining mavsumiy makoni bo‘lgan. 
Neolit davrining oxirida Sazag‘on madaniyati inqirozga uchraydi. 
Mahalliy hududning iqlimi quruqlashib, tabiiy oziqa zaxirasining kamayib 
ketishi natijasida aholi yashash hududini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling