Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Tripoli-Kukuteni madaniyati
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Tripoli-Kukuteni madaniyati (mil. avv. IV ming yillikning
oxiri – III ming yillikning oxirgi choragigacha) Sharqiy Yevropada faoliyat yuritgan. G‘arbiy Ukraina, Moldova hududida – Tripoli, Sharqiy Ruminiyada unga yaqin Kukuteni madaniyati tarqalgan. Tripoli- Kukuteni madaniyatining uch bosqichi ajralib turadi. Bu madaniyatiga oid yodgorliklar bitta madaniy qatlamli dehqonchilik qishlog‘idan iborat bo’lib, tarqalgan hududning ekin ekiladigan yerlarining unumsizligi sababli aholi bir joyda uzoq yashamasdan, manzilini doimo o‘zgartirib turgan. Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra Tripoli-Kukuteni madaniyati egalari har 50–70 yilda yangi yerga ko‘chib o‘tgan. 93 Tripoli madaniyatiga oid manzilgoh Qishloqlar daryo bo‘yi tepaliklarida qurilgan. Ayrim manzilgohlar yog‘och devor, val va xandak bilan o‘rab olingan. Ilk bosqichida yerto‘la uylar qurilgan. Keyingi bosqichlarida yer ustida qurilgan uylar ikki, hatto uch qavatdan iborat bo‘lgan. Alohida ajratilgan xonada o‘choq, don saqlash uchun mo‘ljallangan yirik sopol idish, yorg‘uchoq o‘rin olgan. Xonalarning ayrimlarining o‘rtasida loydan yasalgan ayol haykalchasi o‘rin olgan. Bu xona diniy marosim o‘tkazish joyi – sajdagoh hisoblanib, haykalcha ayol ma’budasini aks ettirgan. Tripoli- Kukuteni madaniyati oid alohida qabristonlar uchramaydi. Marhumlar yashash uyining ichkarisida joylashgan qabrda dafn qilingan. Mehnat qurollar chaqmoqtosh, suyak va qisman misdan yasalgan. Misdan bigiz, qarmoq va taqinchoq yasalgan. Tripoli-Kukuteni madaniyatiga oid bir necha yuzga yaqin mis buyumlar topilgan. Moldovo Respublikasidagi Korbun qishlog‘idan 400 dan ortiq mis buyumlar topib o‘rganilgan. Korbun xazinasi nomi bilan mushhur ushbu topilma jamlanmasida sof misdan ishlangan ikkita bolta, spiralli va plastinkasimon bilakuzuklar, baldoqlar, antropomorf shakllar, eritib ishlangan mis munchoqlar bo‘lgan. Tripoli-Kukuteni madaniyati taraqqiyotida Bolqon-Karpat konlaridan qazib olingan mis rudasi muhim o‘rin egallagan. 94 Xo‘jaligining asosini dehqonchilik tashkil etib, bug‘doy, arpa, no‘xat va tariq ekilgan. Janubiy hududda yashagan aholi xo‘jaligida bog‘dorchilik muhim o‘rin egallagan. Uzum, o‘rik, olxo‘ri ekilgan. Yerga tosh, suyakdan yasalgan motiga bilan ishlov berilgan. Hayvon shoxlaridan omoch sifatida foydalanib yerga ishlov berilgan bo‘lishi mumkin. Hosil tosh o‘roq, keyinchalik misdan quyilgan pichoqlarda o‘rilgan. G‘alla donlari tosh yorg‘uchoqlarda maydalangan. Chorvachilik xo‘jalikning ikkinchi tarmog‘ini tashkil etib, asosan qora mol boqilgan. Cho‘chqa, qo‘y va echki keyingi o‘rinlarni egallagan. Tripoli-Kukuteni madaniyatining oxirida yilqi xonakilashtiriladi. Ovchilik xo‘jaligi ahamiyatini yo‘qotmagan. Bug‘u va cho‘chqa ov qilingan. Sopol buyumlari qo‘lda yasalgan. Sirtiga qizil, qora va oq rangda geometrik, zoomorf va antropomorf naqshlar chizilgan. Ayol haykalchalari dastlab o‘tirgan holatda, keyingi bosqichlarida tik turgan holatda tasvirlangan. Tripoli-Kukuteni Sharqiy Yevropaning eneolit davri ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka asoslangan madaniyat hisoblanib, mintaqaning keyingi davr jamiyati taraqqiyotida muhim o‘ringa egallaydi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling