Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Bronza davri
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Misning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatini yoritib bering. 2. Misning jamiyat madaniy taraqqiyotidagi o‘rnini ko‘rsating. 3. Old Osiyoning eneolit davri madaniy taraqqiyot xususiyatlari nimalardan iborat? 4. Anov I Nomozgoh I majmualari xususiyatini tavsiflab bering? 5. Nomozgoh II davri madaniy o‘zgarishlarni nimalardan iborat? 6. Nomozgoh III davri jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarda qanday yutuqlarga erishilgan? 7. Eneolit davri Sarazm madaniyati xususiyatlarini yoriting. 8. Yevrosiyoning shimoliy hududidagi eneolit davri madaniyatlari xususiyati nimalardan iborat edi? 98 2-bob. Bronza davri Tayanch so‘zlar: angob, Apadan, bronza, zikkurat, ibodatxona, ilk shahar, ixtisoslashgan hunarmandchilik, megaron, mirta, plyastr, saroy, torevtika, qabr-qo‘rg‘on, xaoma. Bronza davrining umumiy tavsifi. Bronza davri metallurgiya taraqqiyotining to‘rtinchi bosqichiga to‘g‘ri keladi. Bronza – misga qo‘shimcha (mishyak, qo‘rg‘oshin, qalayi, 9:1 nisbatda) qo‘shib eritish natijasida hosil bo‘lgan metall. Insoniyatning bronzadan foydalana boshlangan davrdan ilk temir asrigacha tarixi bronza davri, deb nomlanadi. Metalning bu turidan foydalanish Yer yuzining barcha joylarida bir xil kechmagan. Bronza quyish texnologiyasi dastlab qadimgi sharqda, xususan, Mesopotamiyada mil. avv. IV ming yillikning oxirida vujudga kelgan. Bu yerdan qo‘shni hududlarga yoyilib, Yer yuzining boshqa joylariga tarqalgan. Yevrosiyoning chekka hududida bronza davri nisbatan kechroq boshlanib, mil. avv. I ming yillikning o‘rtalarigacha davom etgan. Yevrosiyo hududida bronza davrini mil. avv. III–II ming yilliklar doirasida sanalash qabul qilingan. Jamiyatning ilg‘or shakllari erta qaror topgan Yevrosiyoning junubiy hududida shahar markazlarining ijtimoiy-iqtisodiy va mada- niy markaz sifatidagi ahamiyati ortib boradi. Shahar markazlarida hunarmandchilik rivojlanib, ixtisoslashish jarayoni chuqurlashadi. Ixtisoslashgan hunarmandchilik sohalari rivojlanib, birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqadi. Hunarmandchilik sohalarining rivojlanishi savdo munosabatlari shakllananishiga olib keladi. Bu davrda savdo munosabatlari tovar ayirboshlash shaklida bo‘lgan. Zaruriy xom-ashyolarga bo‘lgan ehtiyoj xalqaro savdoning rivojlanishi va madaniy aloqalar takomillashishiga olib kelgan. Bu o‘z navbatida qadimgi xalqlar o‘rtasida texnologiya yangiliklarning almashish jarayoni kuchaygan. Jamiyat iqtisodiy sohasida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar ijtimoiy hayotiga ham ta’sirini o‘tkazadi. Jamiyat a’zolari orasida mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanishni chuqurlashtirib boradi. Aholi o‘rtasida qarama-qarshilik kuchayadi, siyosiy ziddiyatlar vujudga keladi. Jamiyatda sodir bo‘layotgan mazkur jarayonlar 98 bronza davri ilk sivilizatsiyasi, qolaversa, davlatchilik shakllanishi- ning muhim omillari hisoblangan. Bronza davrida ilk sivilizatsiya erta qaror topgan sharq mamlakatlarida qadimgi (Shumer, Akkad, Bobil) podsholiklar rivojlanib, ular o‘rtasida O‘rta Sharq siyosiy hokimiyati uchun kurash davom etayotgan davrda Yevrosiyoning shimoliy qismida xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakliga o‘tish jarayoni kechayotgan edi. Qadimgi Sharqning bronza davri jamiyati taraqqiyoti ilk sivilizatsiya shakllanish jarayonida bo‘lgan Elam (Eron) va Troyaning (Kichik Osiyo) arxeologik majmualarida o‘z aksini topgan. Qadimgi Elamning bronza davri ilk sivilizatsiya Suziana (Suza II) majmuasida namoyon bo‘ladi. Mil avv. III ming yillikning birinchi yarmida Suzaning maydoni kengayib, alohida qismlar: qal’a, aholi uy-joylari va ishlab chiqarish inshootlari ega bo‘lgan ilk shahar shakllanadi. Manzilgohning qal’a qismida Apadan – dunyoviy hokimiyat qarorgohi, ya’ni saroy barpo etiladi. Dunyoviy boshqaruv tizimi shakllanib, hukmdor tabaqasi vakllari ajralib chiqadi. Hunarmandchilik ishlab chiqarishi yanada rivojlanadi. Ayniqsa, metallurgiya sohasida muhim yutuqlarga erishiladi. Bronzadan qurol-yarog‘lar: xanjar, bolta, nayzaning uchi va ancha murakkab shaklga ega uy-ro‘zg‘or buyumlari yasalgan. Aholi o‘rtasida mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish jarayoni chuqurlashib, jamiyatning ayrim a’zolari qo‘lida moddiy boyliklar to‘planib boradi. Bu jarayon aholining uy-joylari, dafn inshootlari va ularda saqlangan kuzatuv buyumlarida namoyon bo‘ladi. Suza manzilgohidagi ayrim qabrlarning ichki tomoni xom g‘isht bilan terib chiqilgan. Boshqa bir qabrda marhum bilan qo‘shib ko‘milgan sopol idishning sirtida buqaga qo‘shilgan to‘rt g‘ildirakli arava va uch tabaqali piramida ustida o‘tirgan odamsifat shaklli tasvir chizilgan. Bu qabrdan 25 m uzoqdan topilgan ikkita buqa va aravakashning skletini arxeolog olim G.Chayld hukmdor, ehtimol Suza hukmdoriga tegishli, deb hisoblaydi. Boshqa bir qabrdan esa aravaning ikkita yirik g‘ildiragi, metaldan yasalgan idishlar, qurol yarog‘lar, zeb-ziynat buyumlari va sopol idishlar topilgan. 99 Manzilgohdan silindr shaklli muhrlar, sopollarning sirtiga bitilgan yozuvlar ham topilgan. Bu topilmalar jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishdan, ya’ni Elamda sinfiy jamiyat shakllanib, ilk davlat vujudga kelganidan dalolat beradi. Mil. avv. III ming yillikning ikkinchi yarmi kelib Elamda davlatchilikning shakllanishi nihoyasiga yetadi. Kichik Osiyoning ilk bronza davri jamiyati taraqqiyoti Polioxni, Termi, Emporio, Qumtepa va boshqa manzilgohlarda o‘z aksini topgan. Anotoliyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Troya (Troya I) manzilgohining atrofi toshdan terilgan mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Uy-joy imoratlari toshdan qurilgan. Troya I tashqi talofat yoki zilzila sababli inqirozga uchraydi. Troyaning rivojlangan (Troya II) bosqichida yangi madaniyat qaror topadi. Bu davrda 2 ga maydoni egallagan shahar mudofaa devorining qudrati yanada oshiriladi. Devor to‘g‘ri to‘rt burchak burjlar bilan kuchaytirilgan. Shaharning ikkita kirish darvoza bo‘lgan. Shahar markazida megaron shaklida qurilgan ikkita imorat joylashgan. Ulardan biri (uzunligi 35 m) mahalliy hukmdor qarorgohi, boshqa bir kichikrog‘i esa ibodatxona bo‘lgan. Troya jamiyatida mulkiy tabaqalanish jarayoni chuqurlashadi. Xo‘jaligi dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Arpa, bug‘doy, tariq ekilgan. Chorvachilikda qoramol, qo‘y, echki va cho‘chqa boqilgan. Kulolchilik, metallarga ishlov berish, zargarlik, to‘qimachilik kabi ixtisoslashgan hunarmandchilik turlari rivojlangan. Sopol buyumlari qo‘lda yasalgan. Toshga ishlov berish qisman saqlanadi. Toshdan yasalgan mehnat qurollarining kam sonli nusxalari topilgan. Toshdan yo‘nib ishlangan urchuqboshlar va to‘quv dastgohining qismlari topilgan. Keyingi bosqichda bronza buyumlari soni ko‘payadi. Mishyakli bronzadan yasalgan qurol-yarog‘ va uy-ro‘zg‘or buyumlarining ko‘p sonli nusxasi saqlanib qolgan. Zargarlik san’ati yaxshi rivojlangan. Kumush va oltindan yasalgan ko‘p sonli zeb-ziynat buyumlari topilgan. Moddiy topilmalar orasida Boltiqbo‘yi qahrabosidan yasalgan marjon va Badaxshon lazuriti uchraydi. Ushbu topilmalar Troyaning iqtisodiy hayotida xalqaro savdo aloqalari muhim o‘ringa ega bo‘lganligini ko’rsatadi. 100 Bronza davrining rivojlangan bosqichida Kichik Osiyoda hunar- mandchilik ishlab chiqarishi ayniqsa, zargarlik yuksak darajada rivojlanadi. Jamiyat a’zolari orasida mulkiy tabaqalanish va ijtimoiy tengsizlik jarayoni chuqurlashadi. Aholi o‘rtasida tobora kuchayib borayotgan harbiy qarama-qarshilik mil. avv. III ming yillikning oxiriga kelib keskin tus oladi. Markaziy Anatoliyadagi Alaja Huyuk yodgorligidagi sag‘anadan topilgan qurol-yarog‘lar mazkur jarayondan dalolat beradi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling