Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Gumelnitsa madaniyati. Gumelnitsa mil. avv. IV ming yillikning
birinchi yarmida Sharqiy Bolgariya va Janubi-g‘arbiy Ruminiya va Janubiy Moldovo hududida faoliyat yuritgan madaniyat. Gumelnitsa madaniyati yodgorliklari yirik manzilgohlar, qabrlar va kon yodgorliklardan iborat. Ulardan Karanovo, Xotnitsa manzilgohlar, Azmashka Varna qabristoni va Oybunar mis koni ushbu madaniyatning muhim yodgorliklardir. Manzilgohlardan to‘g‘ri to‘rtburchak yer usti uylari va qisman yarim yerto‘la kulbalar aniqlangan. Yer usti uylari yog‘ochdan qurilgan. Tik o‘rnatilgan yog‘och ustunlarga ko‘ndalang novdalar tashlanib, sirti loy bilan suvab chiqalgan. Devorlarning sirti qora, qizil va oq rang bo‘yoqda bo‘yalgan. Ayrim manzilgohlar yog‘och yoki val-devor va xandak bilan o‘rab olingan. Bolgariyadagi Varna qabristonidan uch yuzga yaqin qabrlar ochib o‘rganilgan. Qabrlarda marhumlar chalqancha va g’ujanak holatda dafn qilingan. Ramziy qabr – kenotaflar ham mavjud. Marhumlar ma’lum kuzatuv buyumlari bilan qo‘shib ko‘milgan. Ular oltin, mis, marmartosh, suyak va noyob toshlardan yasalgan buyumlardan iborat. Kenotafga ham qabrlardagi kabi buyumlar qo‘yilgan. Qabrlarning ayrimlarining topilmalari orasida loydan yasalib, oltin qadab chiqilgan odamning yuzi aks etgan niqob muhim o‘rin tutadi. Varna “oltin mozori” nomi bilan mashhur qabrdan esa umumiy og‘irligi 6 kg dan iborat 3000 yaqin 92 qimmabaho zeb-ziynat buyumlari, boshqa bir qabrdan esa misdan yasalgan qurol-yarog‘lar, kundalik ish qurollari: bolta, tesha, iskana va boshqalar topib o‘rganilgan. Kuzatuv buyumlari marhumning hayotiylik davrida jamiyatda tutgan mavqeyiga qarab qo‘yilgan. Buyumlarning mig‘dori va sifati marhumning ijtimoiy holatiga bog‘liq bo‘lgan. Varna topilmalari eneolit davri amaliy san’ati taraqqiyoti bilan birgalikda metall hunarmandchilikning ixtisoslashishidan darak beradi. Topilmalar orqali aholi o‘rtasida mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish jarayonini ham kuzatish mumkin. Qurol yarog‘lar ehtimol, aholi o‘rtasida vujudga kelgan ziddiyatdan darak beradi. Mamlakat janubidagi Staro Zagora shahri yaqinida Oybunar mis koni aholini metall zaxirasi bilan ta’minlab, Gumelnitsa madaniyatining taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan. Chaqmoqtosh va suyaklardan yasalgan mehnat qurollari, sopol buyumlari, haykalchalar topib o‘rganilgan. Sopollarning sirtiga har xil rang bo‘yoqlarda naqshlar chizilgan. Haykalchalar xonadon egasi hisoblangan ona ma’budasini aks ettirgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling