Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Murg‘ob vohasining bronza davri


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Murg‘ob vohasining bronza davri 
arxeologiyasi. Afg‘onistondan 
oqib keladigan Murg‘ob daryosi 
Qoraqum cho‘lida Amudaryoga 
yetmasdan qurib qoladi. Daryoning 
quyi oqimidagi yerlar qadimdan 
dehqonchilik uchun juda qulay 
bo‘lgan. Bu yerlar eneolit davrining 
oxirida Geoksur vohasidan ko‘chib 
kelgan aholi tomonidan o‘zlashtirila- 
di. 
Nomozgoh V davri sopollari 
Bronza davrida vohaga 
boshqa bir etnik guruh kelib 
joylashadi. V.M.Masson Janubiy 
Turkmanistonning 
rivojlangan 
bronza davri jamiyati inqirozga 
uchragandan keyin, aholi bu yerga 
ko‘chib kelgan joylashgan, degan fikrni bildirgan. 
V.I. 
Sarianidi Murg‘ob vohasining yangi etnik guruhi ildizini 
Shimoliy Suriya va Janubiy Anatoliya hududi bilan bog‘laydi. Uning 
fikriga ko‘ra mil. avvIV ming yillikning oxirida O‘rta yer dengizining 
shimoli-sharqiy qismidan Eron tog‘lariga qadar cho‘zilgan keng 
hududda yog‘ingarchilik kamayib, qurg‘oqchil iqlim sharoiti qaror 
topadi. Qurg‘oqchilik Shimoliy Suriya va Anatoliyada yashagan aholi 
hayotiga jiddiy ta’sir qilgan. Natijada Oronto vohasining ilk shahar 
markazlari inqirozga uchrab, ularda yashagan aholi ko‘chishga maj- 
bur bo‘lgan. Ko‘chib kelgan aholining asosiy qismi Murg‘ob vohasiga, 
bir qismi esa Surxon va Balxob vohalariga joylashadi. Qolgan qismi 
esa yurishni davom ettirib, Sharqiy Turkiston hududigacha borgan. 
Marg‘iyona va Baqtriya hududida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
jarayonlardagi umumiylikdan kelib chiqib arxeologiya fani sohasida 
BMAK (Baqtriya va Marg‘iyona arxeologik majmuasi) atamasi 
qo‘llaniladi. BMAKningbronzadavrixronologiyasimil. avv. 1800/1700– 


109 
1100 yillar doirasida belgilangan. Oxirgi o‘tkazilgan radiokarbon 
tekshirishlari mazkur xronologik ko‘rsatkichni taxminan 500 yilga, 
ya’ni mil. avv. 2300/2150 – mil. avv. 1500 yillikka qadimiylashtirdi. 
Murg‘ob daryosining bronza davri arxeologik yodgorliklari 
alohida ariqlar bilan sug‘orilgan 8 ta mikrovoha hududida tarqalgan. 
Keleli (markazi – Keleli I), Gonur (Gonur), To‘g‘aloq (To‘g‘aloq I), 
Taxirboy, Ajiquyi, Toip, Odambosan (Odambosan I) va Avchin kabi 
mikrovohalarning har birida o‘rtacha 10–30 tadan manzilgoh o‘rin 
olgan. Mikrovohalar alohida xo‘jalik tumani yoki kichik ma’muriy 
hududiy tuzilmani tashkil etgan. Egribogaz hududi ham alohida 
mikrovohani tashkil etgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Ovchin 
mikrovohasining shimoli-sharqiy qismida Andronovo madaniyatiga 
xos chorvadorlarga tegishli dafn inshootlari aniqlangan. 
Murg‘ob vohasidagi arxeologik yodgorliklar ilk shahar shaklidagi 
manzilgohlar, qal’a-qo‘rg‘onlar, dehqonchilik qishloqlari, ishlab chiqa- 
rish va diniy inshoot – ibodatxona hamda dafn inshootidan iborat. 
Vohadagi eng yirik yodgorlik Gonurtepa manzilgohi hisoblanadi. 
Manzilgohning asosiy qurilish imoratlari qal’a va uning yaqinidagi 
ibodatxona majmuasidan iborat. Gonurtepaning markaziy qismida 
joylashgan kvadrat shakldagi ichki qal’a taqir joyda barpo etilgan. 
Qal’a ikki qator mudofaa devori va to‘g‘ri to‘rtburchak burjlarga ega. 
Devorlar orasidagi yo‘lakcha orqali burjlarga kirilgan. 
Qal’aning ichkarisidagi kvadratsimon shakldagi (120x125 m
dunyo tomonlariga moslab qurilgan saroy majmuasi asosiy o‘rin 
tutadi. Saroyning atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan. 
Ichkaridagi imoratlari juda zich qurilgan. Saroy yaqinida mahalliy 
hukmdor va saroy amaldorlari uchun xizmat qilgan ibodatxona 
joylashgan. 
Shaharda aholi uy-joy imoratlari, ishlab chiqarish inshootlari 
joylashgan. Shaharning sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilingan. Bu 
yerda shaharga sopol quvurlarda ichimlik suvi olib kirilgan. Uy-joylar 
aholining jamiyatda tutgan mavqeyiga qarab bir va ko‘p xonali bo‘lgan. 


110 
1. Gonur 2. Keleli III 3. Keleli IV 4. Gonur I (saroy) 5.To‘g‘aloq XXI 
ibodatxonasi (umumiy ko‘rinishi) 6. To‘g‘aloq XXI rejasi 7.To‘g‘aloq I 
qishloq ibodatxonasi. 
Murg‘ob vohasining boshqa bir yirik manzilgohi To‘g‘aloq I 
hisoblanib, umumiy maydoni 12 ga dan iborat. Manzilgohning 
markazida balandligi 4 tag kursi ustida qurilgan inshoot joylashgan. 
Manzilgoh To‘g‘aloq mikrovohasining markazi hisoblangan. 
Keleli III va Keleli IV yodgorliklari baland tag kursi ustida dunyo 
tomonlariga moslab barpo etilgan kvadrat shaklidagi manzilgohlar bo‘lib, 
ularning atrofi ikki qator devori bilan o‘rab olingan, o‘rtasida yo‘lakcha 
mavjud. Mudofaa devori tashqi tomondan burjlar bilan kuchaytirilgan. 
Bu manzilgohlar bronza davri aholisining qishloqlari bo‘lgan. 


111 
Murg‘ob vohasidagi markaziy manzilgohlarda joylashgan ibo- 
datxonalar jamoatchilik inshootlari orasida mavqeyi jihatdan muhim 
o‘rin egallaydi. Gonurtepa, To‘g‘aloq 21 va To‘g‘aloq 1 manzilgohlarda 
o‘rganilgan ibodatxonalarda olov va muqaddas ichimlik kultlari 
muhim o‘rin tutadi. Gonurtepa manzilgohidagi ibodatxona majmuasi 
olov, muqaddas ichimlik kulti, qurbonlik keltirish qismlardan tashkil 
topgan. Bu yerdan xaoma tayyorlash maqsadida o‘simliklarni yanchish 
uchun mo’ljallangan keli toshlar va o‘simliklardan tayyorlanadigan 
ichimlik saqlangan idishlar topilgan. Shuningdek, ko‘knori va nasha 
urug‘lari ham saqlanib qolgan. Narsalarning sirtiga chizilgan o‘simlik 
orasida efedra daraxtining tasvirlari ko‘p uchraydi. 
Murg‘ob vohasi aholisi orasida olov va muqaddas ichimlik 
kultlari asosiy o’rinni egallagan. Keyingi davr tarixidan ma’lumki, 
muqaddas ichimlik kulti bevosita mahalliy xalq orasida tarqalgan 
mitraga sig‘inish odati bilan bog‘liq. O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi 
Mitraga sig‘inishda quyosh xudosi sifatida qaragan. Qadimgi xalqlar 
tasavvurida mitra quyosh chiqishning sherigi sifatida aks etgan. 
Avestoda Mitra yomg‘irni chaqiradi, o‘simliklarning o‘sishiga va 
butun hosilga yordam berishi to‘g‘risida yozilgan. 
Boshqa turdagi manzilgohlar dehqon jamoasi qishloqlaridan 
iborat. Mikrovohalarda joylashgan yodgorliklarning asosiy ko‘pchilik 
qismi dehqonchilik qishlog‘i hisoblanadi. Ularda asosan o‘troq dehqon 
jamoasining uy-joylari va qisman hunarmandchilik inshootlari joylashgan. 
Bronza davriga yodgorliklar orasida dafn inshootlari muhim 
o‘ringa ega. Gonur manzilgohining o‘zidan uch mingdan ortiq dafn 
inshootlari aniqlangan. Ularning bir nechta turi ajralib turadi. Dafn 
inshootlari oddiy qabrlar, sag‘ana yoki sistalardan iborat. Qabrlar 
marhumlar hayotiylik davridagi mavqeyiga ko‘ra ma’lum kuzatuv 
buyumlari bilan ko‘milgan. 
Vohada hunarmandchilik ishlab chiqarishi yaxshi rivojlangan. 
Hunarmandchilikning metalsozlik, 
kulolchilik, to‘qimachilik, 
zargarlik, toshlarga ishlov berish kabi turlari faoliyat yuritgan. 
Bronzadan yasalgan mehnat qurollari va uy-ro‘zg‘or bumlari, 
xususan, diniy maqsadlarda foydalanilgan idishlar topilgan.


112 
Diniy marosimlarda foydalanish maqsadida bronzadan yasalgan 
idishlarning labiga ilon, chayon, hayvonlar tasviri tushirilgan. To‘g‘aloq 
vohasidagi manzilgohdan kam sonli temir bo‘laklari, xususan, 
munchoqlar topilgan. Oltin va kumushdan yuksak mahorat va did bilan 
yasalgan buyumlarning namunalari ko‘plab uchraydi. Murg‘ob vohasi 
aholisi hayotida zargarlik alohida o‘ringa ega bo‘lgan. 
Gonurtepa manzilgohining shimoliy va g‘arbiy qismida joylashgan 
kulollar mahallasida ikki yarusli xumdonlarining o‘rni ochilgan. Sopol 
buyumlari tez aylantiradigan kulolchilik charxida yasalgan. Sopollarning 
sirtiga oqish rangdagi angob surtilgan, naqshlar chizilmagan. Sopol 
buyumlari turli xil kosa, kichik, yirik hajmli xum va vazalardan iborat. Tosh, 
loy va qisman metallardan yasalgan muhrlar topilgan.
Toshdan yasalgan muhrlarga ilon, chayon, qurbaqa, burgut, xoch, 
fitomorf tasvirlar: nina bargli daraxt, chamasi efedra, lola yoki ko‘knori 
tushirilgan. 
Murg‘ob vohasi yodgorliklaridan shumer, hind mixxat yozuviga 
o‘xshaydigan belgilar uchraydi. Bu belgilar maxsus tadqiq etilmagan.
Murg‘ob vohasining bronza davri jamiyati Mesopotamiya, Misr, 
Eron va Hindistonning ilk sivilizatsiyasi markazlariga xos yo‘nalishda 
rivojlangan. Gonurtepa yodgorligini o‘rgangan V.I.Sarianidi Marg‘ob 
vohasining bronza davri jamiyatini qadimgi sharqning beshinchi 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling