Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Jarqo‘ton bosqichi. Bu bosqichda Sopollitepa manzilgohida
yashagan aholi yangi yerlarni o‘zlashtirgan. Bo‘stonsoy hududidagi Jarqo‘ton, Ko‘hitang tog‘ yon bag‘irida Tillabuloq va Arabuloq manzilgohlari mana shu davrda asos solingan. Jarqo‘ton manzilgohi Sherobod vohasida hozirgi paytda suvsizlanib qolgan Bo‘stonsoy o‘zanining qo‘ltiq hosil qilgan qismida joylashgan. Manzilgoh bir nechta kichik tepaliklardan tashkil topib, ark va shahriston qismlaridan 116 iborat. Soyning boshqa tomonidan qabriston o‘rin olgan. Jarqo‘tonning umumiy maydoni 90 ga dan iborat. Uning 20 ga qismi qabristonni tashkil etadi. Manzilgohning shimoli-g‘arbiy qismida dunyo tomonlariga moslab qurilgan qal’a joylashgan. Qal’aning umumiy maydoni 3 ga dan iborat bo‘lib, atrofi xom g‘ishdan qurilgan mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Uning g‘arbiy tomonida atrofi mudofaa devori bilan muhofaza qilingan shahar saroyi joylashgan. Jarqo‘tonda baland tagkursi ustida, dunyo tomonlariga moslab qurilganibodatxonamajmuasi(tarhi 44,5x60m)manzilgohningmahobatli imoratlardan biri hisoblanadi. Majmua ibodatxona, xizmatkorlar yashash xonalari va xo‘jalik qismidan tashkil topgan. Ibodatxonada muqaddas olov mehrobi asosiy o‘rin tutgan. Hovlida suv saqlanadigan quduq mavjud bo‘lgan. Ibodatxona mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Qadimgi Sharq xalqlari diniy tasavvurida olov insonning tanasini yovuz ruhlardan xalos etuvchi, suv esa ulardan tozalovchi vosita vazifasini bajargan. Jarqo‘ton ibodatxonasi yaqinida vino tayyorlanadigan maxsus xonaning o‘rni ochib o‘rganilgan. Ehtimol, jarqo‘tonlik aholi diniy aqidasida muqaddas ichimlik sifatida vino iste’mol qilingan. Ma’lumki, O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlarida muqaddas ichimlik Mitraga sig‘inish odatining ishorasi hisoblangan. Ibodatxona Murg‘ob vohasining Gonurtepa manzilgohi ibodatxonasi bilan umumiylikga ega. O‘rta Osiyoning bronza davri o‘troq dehqonchilik vohalari aholisi diniy dunyoqarashida muqaddas olov va ichimlik kulti yuqori o‘rinni egallagan. Olov quyoshning yerdagi aksi bo‘lib, keyingi davr- da mahalliy aholi orasida tarqalgan Mitraga sig‘inishni o‘zida aks ettirgan. Jarqo‘tonning shahristoni qal’aning shimoli-sharqiy, sharqiy va janubiy tomonidagi tepaliklar o‘rnida bo‘lgan. Shahristonda aholi yashagan uy-joyi, hunarmandchilik inshootlari o‘rganilgan. Aholining qurilish imoratlari kishilarning jamiyatdagi mavqeyiga ko‘ra bir va ko‘p xonali uy-joylardan tashkil topgan. Shahristonning janubiy va janubi-g‘arbiy tomonidagi tepaliklarda Jarqo‘tonliklarning qabristoni o‘rin olgan. Shahriston bilan qabristonni tabiiy jarlik ajratib turadi. Qabrlar sopolli madaniyatining 117 jarqo‘ton, ko‘zali, molali bosqichlariga oid. Qabrlar katakomba usulida qazilib, mayitlar yon tomoni bilan g’ujanak holatda sharq tomonga qaratib ko‘milgan. Erkaklar o‘ng, ayollar chap tomoni bilan yotqizib ko‘milgan. Marhumlarning yoniga jinsi, yoshi va hayotiylik davridagi ijtimoiy holatiga qarab turli xil kuzatuv buyumlar qo‘yilgan. Jarqo‘ton bosqichi sopollari Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling