Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Andronovo madaniyati. Andronovo madaniyati Oltoyda (mil
avv. II ming yillikning o‘rtalari – I ming yillikning boshlari) tarqalgan madaniyat. Minisuy o‘lkasida joylashgan Andronovo qishlog‘i nomi bilan fanga kirgan. Bu madaniyat Ural tog‘idan Yenesey daryosi bo‘yigacha, taygadan Tangri tog‘ hududigacha yerlarga tarqalgan. Tadqiqotchilar Andronovo madaniyatining uchta, ayrimlari esa to‘rta Petrov, Olako‘l, Fedorov yoki ular oralig‘ida Sargari-Alekseyev kabi bosqichlarini ajratib ko‘rsatadi. 128 Andronovo madaniyatiga oid yodgorliklar manzilgoh va qabrlardan iborat. Qabrlarning ayrimining atrofiga aylantirib tosh terib chiqilgan. Marhumlar tuproq qo‘rg‘on tagidagi mayitxonada dafn qilingan. Andronovo madaniyatining shimoliy hududidagi qabrlarda mayitxonasining atrofi aylanasiga yog‘och terilib, tepasi yog‘och bilan yopilgan turi ham uchraydi. Marhumlar ko‘milgan yoki kuydirilib kuli ko‘milgan. Marhumlar bilan birgalikda ma’lum kuzatuv buyumlari qo‘shib ko‘milgan. Erkaklar qabridan metaldan yasalgan qurollar, ish anjomlari, ayollar qabridan zeb-ziynat buyumlari topilgan. Qabrlardan birida marhum bilan birga arava qo‘shib ko‘milgan. Andronovo madaniyatiga oid manzilgohlar daryolarning bo‘yida joylashgan. Ayrim manzilgohlarning atrofi zichlangan tuproq devor bilan o‘rab olingan. Uy-joy imoratlari yerto‘la va yer usti qurilishlardan iborat. Xo‘jaligining asosini chorvachilik tashkil etgan. Qo‘y, qora mol va yilqi boqilgan. Metalga ishlov berish yaxshi rivojlangan. Mis va bronzadan qurol yarog‘lar, mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or anjomlari va zeb-ziynat buyumlari yasalgan. Sopol buyumlari qo‘lda, tagi tekis qilib yasalgan. Ular bankasimon yoki gorshoksimon shaklga ega. Sopollarning sirti geometrik va o‘yib chizilgan archa bargi shaklli naqshlar bilan bezatilgan. Bronza davrida insoniyat tomonidan qo‘lga kiritilgan ulkan texnologik yutuqlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining jadallashib ketishiga olib keladi. Yevrosiyoning ilk shahar markazlari erta qaror topgan janubiy qismidagi podsholiklar o‘rtasida hududiy hukmronlik uchun harbiy qarama-qarshilik kuchay- gan davrda rivojlanish sekin borayotgan shimoliy xalqlar hayotida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga o‘tish jarayoni kechayotgan edi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling