Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Naxshab vohasi. Qashqadaryoning o‘rta oqimida ilk temir 
davriga oid Yerqo‘rg‘on yodgorligi joylashgan. Yodgorlik bir nechta 
katta-kichik tepaliklardan iborat bo‘lib, ularning atrofida ikki qator 
mudofaa devori xarobalari saqlanib qolgan. 
O‘tgan asrning oxirida Yerqo‘rg‘on manzilgohining antik davri 
kulolchilik mahallasida olib borilgan 13-qazilmaning quyi qatlamidan 
qalinligi 5 paxsa va xom g‘ishtdan ko‘tarilgan dastlabki mudofaa 
devorining qoldiqlari aniqlangan. R.H.Suleymanovning fikricha qadimgi 
devorning soz tuproqdan ellin davr kulollari mil. avv. II asrdan boshlab 
besh asr mobaynida mahsulot ishlab chiqarishda tayyor xom ashyo 
sifatida foydalanib, devorni tekislab yuborgan. Dastlabki devorning 
pastki qismi antik davri kulollar mahallasining tagida qisman saqlanib 
qolgan. Ahamoniylar davrida Yerqo‘rg‘onning atrofi yangi mudofaa 
devori bilan o‘rab olinib, shaharning maydoni 40 ga etgan. Devorda 
burjlar qurilib, shaharning mudofaa qudrati kuchaytiriladi. 


144 
G‘arbiy So‘g‘d. Zarafshonning quyi oqimi hududida joylashgan 
Buxoro vohasining mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida sodir 
bo‘lgan etno-madaniy jarayonlar So‘g‘dining boshqa joylaridan farq 
qiladi. Buxoro vohasining o‘zlashtiri biroz kechroq sodir bo‘lgan. 
Buxoro vohasi yerlari arxaik davrda Qadimgi Xorazm aholisining 
vohaga kelib joylashishi natijasida o‘zlashtirilgan. Qadimgi Xorazm 
hududida yashagan aholi Amudaryoning o‘rta oqimi hududiga siljib, 
o‘troq dehqonchilik manzilgohlariga asos solgan. 
Vohaning shimoli-g‘arbiy qismi Boshtepa, Konimex-Sarmishsoy 
hududlaridan mil. avv. VI–V asrlarga oid o‘troq dehqonchilik 
manzilgohlari o‘rganilgan. Bu davrdagi manzilgohlarning dastlabki 
uy-joylar yerto‘la va yarim yerto‘lalardan iborat bo‘lgan. Keyingi 
bosqichda xom g‘ishtdan barpo etilgan me’morchilik rivojlangan. 
Konimex tumanidagi Kumrabot manzilgohidan o‘rganilgan 
imorat paxsadan barpo etilgan katta patriarxal oilaga tegishli ko‘p 
xonali uyning atrofi aylantirib devor bilan o‘rab olingan. Ushbu 
yodgorliklardan topilgan sopol buyumlari shakliga ko‘ra arxaik 
davrining so‘nggi bosqichiga oid. 
Konimex-Sarimishsoy hududida mil. avv. VI–V asrlarga oid 
o‘troq dehqonchilik manzilgohlari bilan bir davrda faoliyat yuritgan 
qabr-qo‘rg‘onlar (Xazora, Qalqonsoy va Shodibek qabristonlar) ham 
mavjud. Ko‘chmanchi saklar Sirdaryoning quyi oqimidan Qizilqum 
cho‘lini kesib o‘tib, bu yerlarga kelib qolgan. 
So‘g‘dning ilk temir davri xo‘jaligini dehonchilik va chorvachilik 
tashkil etgan. Dastlabki bosqichda chorvachilikning mavqeyi ustun 
bo‘lgan. Keyinchalik dehqonchilik xo‘jaligi takomillashib, sug‘orma 
dehqonchilikning ahamiyati o‘sadi. Yodgorliklardan arpa, bug‘doy, 
javdar doni qoldiqlari aniqlangan. 
Hunarmandchilikning metalchilik, toshga ishlov berish, 
kulolchilik, to‘qimachilik va boshqa turlari rivojlangan. Daratepadan 
temirdan yasalgan uzunligi 18 sm pichoq, Ko‘ktepa va Uzunqir 
bronzadan yasalgan har xil buyumlar, kamon paykonlari va bronzaga 
ishlov berish hunarmandchiligi qoldiqlari topilgan. Toshdan 
yorg‘uchoq, keli va xo‘jalikka oid boshqa anjomlar yasalgan. 


145 
Ilk temir davrining dastlabki bosqichda sopol buyumlari qo‘lda 
yasalib, sirtiga naqshlar chizilgan. Keyingi bosqichda kulolchilik 
charxida yasalgan naqshsiz sopol buyumlar paydo bo‘ladi. Ular katta- 
kichik kosa, tovoq, xum va xumchalardan iborat. 
O‘rta Osiyoning ilk temir davri muhim tarixiy-madaniy viloyati 
hisoblangan So‘g‘dda urbanizatsiya jarayonlari bevosita o‘lkaning ichki 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va ma’lum darajada tashqi dunyo ta’siri 
natijasida rivojlanib boradi. O‘lkada ahamoniylar davrigacha urbanizatsiya 
jarayoni chuqurlashib, yirik shahar markazlari faoliyat yuritgan. Bu 
shaharlar o‘lkada ahamoniylar hukmronligining boshlanishiga qadar 
qadimgi davlatning mavjud bo‘lganligidan darak beradi. Qadimgi yozma 
manbalarda So‘g‘d podsholigi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar uchramaydi. 
Ayrim tadqiqotchi olimlar So‘g‘d hududi Qadimgi Baqtriya podsholigi 
tarkibiga kirgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladilar. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling