Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Eylaton madaniyati. Farg‘ona vodiysida Chust madaniyatining
davomida Eylaton madaniyati (mil. avv. VII–IV asrlar) faoliyat yuritgan. Eylaton madaniyatiga doir yodgorliklar Farg‘ona vodiysining deyarli barcha hududida tarqalgan. Bu madaniyatga oid yodgorliklar ko‘hna shaharlar, o‘troq dehqonchilik qishloqlari va chorvador qabilasining qabrlaridan iborat. Eylaton bosqichi Farg‘ona vodiysidagi manzilgohlarining tuzilishi va mudofaa tizimida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Manzilgohlar ilgaridan rejalashtirilgan loyiha bo‘yicha to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qurila boshlaydi. Mudofaa devorida to‘g‘ri to‘rtburchak burjlar paydo bo‘ladi. Eylaton madaniyatga oid yodgorliklar orasida shu nomdagi manzilgoh yaxshi o‘rganilgan. Manzilgoh Qoradaryo bo‘yida joylashgan, umumiy maydoni 200 ga dan iborat. Manzilgoh ichki (20 ga) va tashqi qismdan tashkil topgan. Ichki qismi qudratli mudofaa tizimiga ega. Ikki qatordan iborat mudofaa devorining pastki qismi guvala va yuqorisi xom g‘ishtdan 4 m qalinlikda barpo etilgan. Mudofaa devori kvadrat burjlar bilan kuchaytirilgan. Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan bunday fortifikatsiya Chust madaniyatining shahar turidagi manzilgohlarida uchramaydi, aksincha, O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari uchun xos. Manzilgoh birinchi devoridan 500 m masofada, unga parallel qilib qurilgan ikkinchi devor joylashgan. Ehtimol, ikkinchi shahriston harbiy xavf tug‘ilgan paytda aholi chorva mollarini himoya qiladigan joy bo‘lishi mumkin. Sarvontepa va Simtepa yodgorliklari ham Eylaton madaniyatiga oid. Sarvontepa yodgorligidan mil. avv. I ming yillikning o‘rtalarida qurilgan dastlabki mudofaa devorining saqlanib qolgan qismi ochilgan. Bu yodgorlik Andijon shahrining eng qadimgi o‘rni hisoblanadi. 149 1. Chust madaniyati sopollari. 2. Eylaton madaniyati sopollari 3. Chorvadorlarga oid qabrlardan topilgan sopollar. Eylaton madaniyati xo‘jaligining asosini sug‘orma dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonchilikda arpa, bug‘doy va tariq ekilgan. Guruch ekish ham mana shu davrda boshlagan. Xo‘jalikning ikkinchi tarmog‘i chorvachilik hisoblangan. Chorvachilikda asosan kichik tuyoqli chorva mollari boqilgan. Chorvachilikda ikkinchi o‘rinni qoramol va yilqichilik egallagan. Sopol buyumlari dastlab qo‘lda va keyinchalik sekin aylanadigan kulolchilik charxida yasalgan. Bu davrda temirdan yasalgan buyumlarning soni ko‘payadi. Bronza ahamiyatini yo‘qotmaydi. 150 Toshga ishlov berish va to‘qimachilik hunarmandchiligi ishlab chiqarishining muhim tarmog‘ini tashkil etgan. Ayrim mutaxassislar amurgiya saklarini Farg‘ona vodiysi hududiga joylashtiradi. Ma’lumki, amurgiya saklari ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan. Yozma manbalarda amurgiya saklarining Roksanaka va Fosta shaharlari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Farg‘ona vodiysining Eylaton davriga oid yirik manzilgohlari ahamoniylar shaharsozligi usulida barpo etilib, ularni yozma manbalarda qayd etilgan shaharlar bilan qiyoslash mumkin. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling