Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Xorazm. Xorazm o‘lkasi to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar 
Avesto va yunon mualliflari: Gekatey (mil. avv. VI asrning oxirlari) 
va Geradot (mil. avv. VI asr) yozib qoldirgan manbalarda uchraydi. 
Milletlik Gekateyning xorasmiylar, Xorasmiya shahri va Gerodotning 
Ak (Akes) daryo vohasida yashagan xorazmliklar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlari o‘lkaning qadimgi tarixiga oid muhim manbadir. 
O‘lkada arxaik davrga oid Ko‘zaliqir, Qal’aliqir, Ko‘hna Xazorasp
Ko‘hna Xiva, Xumbuztepa, Dingilja, Katta Oybuyriqal’a yodgorliklari yaxshi 
o‘rganilgan. Ko‘zaliqir yodgorligi Xorazm vohasining eng yirik shahar 
manzilgohi hisoblanadi. Tabiiy tepalikda 40 ga maydonni egallagan 
manzilgoh ikki qismdan iborat. Yuqori qal’a alohida mudofaa devoriga 
bilan o‘rab olingan. Ko‘zaliqir manzilgohining quyi qal’a qismi ham 
mudofaa devoriga ega bo‘lib, uning yaqinida o‘y-joy va xo‘jalik imoratlari 
qurilgan. Qal’aning markazida qurilish imoratlari uchramaydi, ochiq 
qoldirilgan. Quyi qal’a ichkarisida ochiq maydon boshqa shaharlardagi 
kabi harbiy xavf paytda chorva mollarini himoya qilish vazifasini 
bajargan bo‘lishi mumkin. S.P.Tolstov shaharni mil. avv. VII asrda, boshqa 
tadqiqotchilar esa mil. avv. VI asrda shakllangan, deb hisoblaydilar. 


152 
Daudon sug‘orish tizimi hududida joylashgan Qalaliqir manzilgohi 
Janubiy Xorazmning ikkinchi yirik shahar markazidir. Umumiy 
maydoni 70 ga ni tashkil etgan, tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak manzilgoh 
ikki qismdan iborat. Ko‘hna shahar mil. avv. V–IV asrlarda faoliyat 
yuritgan. Ko‘rinishdan Qal’aliqir ahamoniy imperiyasi tarkibiga 
kirgan Xorazm satrapligining ma’muriy markazi bo‘lgan. 
Ko‘hna Xazorasp Xorazm vohasining qadimgi shahar 
markazlaridan biri. U vohaga kirishda Baqtriya va Marg‘iyona 
keladigan yo‘lning bo‘yida joylashgan. Ko‘hna shaharning qal’a qismi 
to‘g‘ri to‘rtburchak (280x294 m) shaklda hozirgi Devsolgan tepaligi 
o‘rnida shakllangan. Qal’a paxsadan barpo etilgan ikki qator mudofaa 
devorga bilan o‘rab olingan, ularning o‘rtasida yo‘lakcha joylashgan. 
Qadimgi qurilish imoratlari zamonaviy uy-joy imoratlarining tagida 
qolib ketganligi sababli yaxshi o‘rganilmagan. 
Qo‘hna Xiva mil. avv. V asrlarda shakllangan shahar. Ko‘hna shaharning 
maydoni 26 ga dan iborat bo‘lib, tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda 
(650x450 m). Shahar mudofaa devori bilan o‘rab olgan va yarim aylana 
burjlar bilan kuchaytirilgan. Shaharning arki 2 ga dan ortiq maydonni 
egallagan bo‘lib, g‘arbiy tomondagi devor yaqinida joylashgan. 
Xorazm o‘lkasida shaharsozlik madaniyati mil. avv. VI asrning 
boshi vujudga kelgan. Vohada shaharsozlik taraqqiyotining keyingi 
bosqichi o‘lkaning ahamoniylar tarkibi kirishi bilan bog‘liq. Qadimgi 
Xorazmda ishlab chiqarishga asoslangan Xazorasp shahridan 17 
km sharqda Amudaryoning chap sohili Xumbuztepa manzilgohi va 
daryoning o‘ng sohilidagi Dingilja uy-qo‘rg‘oni ham o‘rganilgan. 
Qadimgi Xorazm xo‘jaligining asosini sug‘orma dehqonchilik 
tashkil etgan. Dehqonchilikda bug‘doy, arpa, tariq ekilgan. Polizchilik, 
bog‘dorchilik, xususan, uzumchilik yaxshi rivojlangan. Tabiiy minerallarga 
boy Amudaryo suvi vohada dehqonchilik taraqqiyotining muhim 
omillaridan biri edi. 
Xo‘jalikning ikkinchi tarmog‘i chorvachilik hisoblangan. Sug‘orma 
dehqonchilik vohalarida yashaydigan aholi qoramol boqqan. 
Sariqamish atrofidagi hududlarda yashovchi aholi xo‘jaligida 
qoramol va yilqichilik ustunlik qilgan. 


153 
Temir, bronza, tosh va suyakka ishlov berish hunarmandchiligi 
yaxshi rivojlangan. Ko‘zaliqir yodgorligidan mil. avv. VI–V asrlarga oid 
temirdan yasalgan o‘roq topilgan. Bronzadan qurol-yarog‘lar yasalgan. 
Geradot keltirgan ma’lumotlarga qaraganda xorazmliklar kalta qilich 
– akinak va kamon bilan qurollangan. Ko‘zaliqir manzilgohidan uch 
qirrali tiqinga ega kamon paykoni topilgan. Xumbuztepa manzilgohidan 
ikki qavatli xumdonlar o‘rganilgan. Xorazm sopol buyumlarining eng 
qadimgisi arxaik davrga oid bo‘lib, O‘rta Osiyoning janubiy hududida 
tarqalgan Yoz II sopollari bilan o‘xshash. 
Xorazm davlati to‘g‘risida yunon mualliflari Gekatey va Geradot 
asarlarida qisqa va noaniq ma’lumotlar saqlangan. Gekatey 
“parfiyaliklardan sharqda joylashgan tekisliklar va tog‘larni 
ishg‘ol etgan hududda xorasmiylar yashashi va Xorasmiya shahri” 
to‘g‘risidagi ma’lumotni yozib qoldirgan. Gerodotning “Tarix” asarida 
esa, “Osiyoda har tarafidan tog‘ bilan o‘ralgan vodiy bor... Ana shu 
vodiy atrofidagi tog‘dan Ak (Akes), deb ataluvchi katta daryo oqib 
tushadi. Forslar hukronligiga qadar bu yerlar xorasmiylarga tegishli 
bo‘lgan, degan ma’lumotlari keltirilgan. Tadqiqotchilar xorasmiylar 
dastlab janubda Tajang va Murg‘ob vohalarida yashab, davlat 
tashkilotiga ega bo‘lganlar. Ular ahamoniylar bosqinidan ilgari quyi 
Amudaryo hududiga ko‘chib o‘tgan, degan fikrni bildiradilar. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling