Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Choch-Iloq. Choch va Iloq Chirchiq va Ohangaron vohalarini 
egallagan qadimgi o‘lka. Choch tarixiga oid dastlabki ma’lumotlar 
qadimgi yunon manbalarida keltirilgan. Yunon muallifi Strobonning 
“Geografiya” asarida mil. avv. I ming yillikning o‘rtalarida Yaksart 
(Sirdaryo) orti yerlarida yashagan jangavor sak qabilalari to‘g‘risida 
ma’lumot saqlangan. Boshqa bir yunon muallifi Pleney asari orqali 
bizgacha yetib kelgan ma’lumotga qaraganda selevkiylar sarkardasi 
Demodam Yaksart ortiga yurish qilib, qal’a-shahar barpo etgan. Bu 
voqea mil. avv. IV asr oxiri III asr boshlarida sodir bo‘lgan. 


181 
Vohaning keyingi davr tarixiga oid ma’lumotlar Xitoy manbalarida 
uchraydi. Unda Yuni mulki (Toshkent vohasi) Kanguy davlati tarkibiga 
kirganligi to‘g‘risida ma’lumotda keltirilgan. Boshqa bir xitoy 
manbasida Shi, Chjeshi (Chjesi) toponimlari berilgan. Tadqiqotchi 
Y.F.Buryakovning fikriga ko‘ra Xitoy ieroglifida shi atamasi tosh 
ma’nosini bildirib, feruza toshiga nisbatan ishlatilgan. Xitoyliklarda 
feruza toshi g‘alaba ramzi sifatida qadrlangan. Vohaning Qurama 
tog‘ida feruza qazib olingan bir nechta konlar aniqlangan. 
Toshkent vohasida antik davrining ilk bosqichida burgulik- 
sak madaniyati faoliyat yuritgan. Zamonaviy tadqiqotchilar fors 
manbalarida qayd etilgan Saka tigraxaudalar yashagan hudud 
doirasiga Toshkent vohasini ham kiradilar. Mil. avv. III asrda 
boshida ellin madaniyatiga xos shahar vujudga kelgan. Undan keyin 
Sirdaryoning quyi oqimidan Jeteasar madaniyatiga oid aholi ko‘chib 
kelib joylashadi. Natijada burgulik, ellin va jetiasar an’analari negizida 
mahalliy Qovunchi madaniyati shakllanadi. 
Vohaning antik davri tarixini asosli moddiy manbalar yetarli 
bo‘lmasa-da arxeologik jihatdan quyidagi davrlarga ajratish mumkin: 
Sak davri (mil. avv. VI–IV asr), elllin yoki Qanqa davri (mil. avv. III–II 
asr), Qovunchi I (mil. avv. II asrning oxiri – milodiy I asr) Qovunchi II 
(II asr – IV asrning boshi). 
Selevkiylar qurgan qal’a-shahar Oqqo‘rg‘on tumani hududida 
joylashgan Qanqa manzilgohiga to‘g‘ri keladi. Qanqa manzilgohi 
(Shahriston I) dastlabki 6,5 ga joyda bosqichda ilgaridan 
rejalashtirilgan loyihaga asosan, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida barpo 
qilingan. Uning shimoli-g‘arbiy chekkasida ark joylashgan. Manzilgoh 
kvadrat g‘ishtdan terilgan ikki qator mudofaa devori bilan o‘rab 
olingan. Devorlarning o‘rtasida yo‘lakcha – galereya joylashgan. 
Mudofaa devori to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi burjlar va jangavor 
shinaklar bilan kuchaytirilgan. Devor bilan xandak o‘rtasida “berma” 
yoki “proteyxizm” qoldirilgan. Qanqaning birinchi shahristoni qurilishi 
ellin shaharsozlik usulida qurilgan. Y.Buryakov Demodam barpo qilgan 
qal’a aynan Qanqa o‘rnida faoliyat yuritgan, deb hisoblaydi. 
Qovunchi madaniyatining ilk bosqichida o‘troq manzilgohlari 
shakllanib, mil avv. II asrdan o‘lkada shaharsozlik taraqqiyotining 


181 
ikkinchi bosqichi boshlanadi. Qovunchitepa, Kindiktepa, Shoshtepa 
va boshqa shaharlar shakllanadi. 
Qanqa manzilgohi mil. avv. II–I asrlarga kelib, Kangyuylar 
davlatining ma’muriy markaziga aylangandan so‘ng shahar maydoni 
xiyla kengayib, umumiy maydoni 150 ga yetadi. Shahar antik davrida 
o‘lkaning savdo-ishlab chiqarish va madaniyat markaziga aylanadi. 
Xitoy manbalarida Shi shahri mudofaa devorining uzunligi 10 li (4-5 
km) masofaga cho‘zilganligi keltirilib taxminan Qanqaning uchinchi 
shahristoni chegarasiga to’g’ri keladi. 
Qanqa manzilgohi (antik davri) 
Antik davriga oid Shohruxiya, Kavardan, Xonobodtepa, 
Quloqchin-tepa, Mingo‘rik va boshqa o‘ndan ortiq yodgorliklar 
o‘rnida qadimgi shaharlar faoliyat yuritib, o‘lkada urbanizatsiya 
jarayoni chuqurlashdi. 
Shoshtepa manzilgohida atrofi ikki qator devor bilan o‘rab olingan 
xochsimon qurilish majmuasi ochilgan. Bu majmuaning qurilish usuli 
Toshkent vohasi uchun xos emas. Arxeolog olima M.I.Filanovichning 
fikricha Shoshtepa me’moriy majmuasi Jetiasar madaniyati 
qurilishiga o‘xshaydi. Olimaning fikriga ko‘ra, Toshkent shahrining 
eng qadimgi o‘rni mana shu manzilgoh o‘rnida shakllangan. Imorat 
esa ibodatxona vazifasini bajargan. 


182 
Qovunchi madaniyatining keyingi bosqichida Mingo‘rik 
yodgorligi o‘rnida aholi manzilgohi shakllanib, shahar markaziga 
aylanadi. Umumiy maydoni 35 ga dan iborat mudofaa devoriga 
ega manzilgoh ark va shahriston qismlaridan tashkil topgan. Arkda 
saroy, harbiy zaxira ombori va boshqa imoratlarning o‘rni ochib 
o‘rganilgan. Imoratlarning devorlari turli mazmundagi rang-tasvir 
namunalari bilan bezatilgan. 
Toshkent vohasining tog‘ oldi hududlarida va dehqonchilik 
vohalarining atrofida chorvachilik bilan hayot kechirgan aholi 
yashagan. Ularning madaniyati xo‘jaligiga oid moddiy manbalar dafn 
inshootlarida o‘z aksini topgan. 
Shoshtepa manzilgohi tarhi 
Qovunchi I dafn inshootlari 
o‘ra, yorma va qabr-qo‘rg‘on- 
lardan iborat. Qabr-qo‘rg‘on- 
larning ustiga tuproq, qisman 
tosh uyulgan. Ularga ko‘nda- 
lang, qisman uzunasiga joy- 
lashgan dromos orqali kirilgan. 
Qabrlarda yakka va ko‘pchilik 
marhumlar dafn qilinib, ularga 
sopol idishlar, menat qurollari, 
zeb-ziynat va boshqa buyuml- 
ari qo‘shib ko‘milgan. 
Qovunchi I bosqichiga oid sopollar qo‘lda yasalgan. Burguluk 
madaniyati sopollaridan tagi tekisligi bilan farq qilgan. Sopollarning 
sirtiga oqish rangli angob surtilgan. Ularning sirti jigarrang yoki qora- 
jigar rangli oqib turgan chiziqlar bilan bezatilgan. Ayrim sopollarning 
tutquchida qo’yning boshi jonli tasvirlangan. Qovunchi II bosqichiga 
oid sopollar sekin aylantiriladigan kulolchilik charxida yasalgan. 
Bu davrda sopol buyumlarning turi ko’payadi. Ayrim sopollar 
tutquchidagi qo’y tasviri shartli ravishda berilgan. 
Qovunchi I bosqichida vohada metallurgiya ishlab chiqarishi 
rivojlangan. Qanqa manzilgohining arki va shahristonida metall eritish 


183 
o‘choqlari, metaldan yasalgan uy-ro‘zg‘or anjomlari, qurol-yarog‘lar va 
boshqa buyumlar topilgan. Ular temirdan yasalgan bir tig‘li pichoqlar, 
uch qirrali katta va kachik kamon paykonlari, omochdan iborat. 
Umuman Toshkent vohasida mahalliy burgulik va sak madaniyati 
va chetdan kirib kelgan ellin, jeteasar madaniyatlarining aralashishi 
natijasida o‘ziga xos antik davri Qovunchi madaniyati shakllanadi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling