Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Farg‘ona vodiysi. Farg‘ona tarixiga oid fors va yunon-rim yozma
manbalarida jo‘yali ma’lumotlar mavjud emas. Gerodotning “Tarix” asarida keltirilgan parikaniylarni ayrim tadqiqotchi olimlar Farg‘ona vodiysi hududi yashagan, deb hisoblasa, boshqalar inkor qilgan. Tarix sahifalarida Farg‘ona to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar mil. avv. II asrdan boshlab Xitoy manbalarida uchrab boshlaydi. Xitoylik sayyoh Chjan Syanning mil. avv. 138-yilda g‘arbiy o‘lkalarga qilgan safari tafsilotlari bilan bog‘liq. Antik davri Xitoy yozma manbalarida (Shitszi, Xanshu), Da- van (Da-yuan) davlati to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Sima Syanning “Shitszi” asarida keltirgan ma’lumotlarga qaraganda Davanda yashagan aholi o‘troq hayot kechirib, guruch, bug‘doy musallasbop uzum navini yetishtirgan. Afsonaviy uchar otlari – arg‘amaqlar to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan. Shuningdek, manbada o‘lkada 70 dan ortiq katta-kichik shaharlar, xususan Ershi va Yuchen shaharlari tilga olingan. Antik davriga oid yodgorliklar majmuasini Y.A.Zadneprovskiy Sho‘rabashat (mil. avv. IV–I asrlar–Sho‘rabashat va Qoratepa bosqichlar) va Marhamat (I–IV asrlar Xo‘jambog‘ va Marhamat bosqichlari) davrlariga ajratadi. N.G.Gorbunova Farg‘on vodiysining Eylaton madaniyati o‘rnida vujudga kelgan yodgorliklarini Ko‘gay- Qorabuloq madaniyati (mil. avv. II-VII asrlar) nomi bilan yuritgan. Ko‘gay yodgorligi o‘troq dehqon jamoasi yodgorligi, Qorabuloq esa chorvadorlarga oid qabr-qo‘rg‘ondan iborat bo‘lib, o‘troq dehqon jamosi aholisi bilan tog‘oldi hududda yashagan chorvador qabilalar o‘zaro aloqada bo‘lgan. Ko‘gay-Qorabuloq madaniyatining dastlabki ikki bosqichi (ilk – mil. avv. III–I, ikkinchi bosqichi I–IV) antik davriga oid. Farg‘ona vodiysining antik dari o‘troq dehqonchilik manzilgohlari alohida mikrovohalar: Yassi, Qoradaryo, Qorsuv, Sirdaryoning 184 yuqori oqimi hududida tarqalgan. Yodgorliklar katta-kichik shahar va qishloq xarobalaridan iborat. Bu davrga oid 20 ga yaqin katta- kichik shahar turidagi manzilgohlar aniqlangan. Shurabashat davri manzilgohlarining ko’pchiligi Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida joylashgan. Farg‘onaning sharqida, Yassi daryosi bo‘yida joylashgan Shurabashat manzilgohi antik davriga oid eng yirik manzilgoh hisoblanadi. Umumiy maydoni 70 ga keladigan ko‘hna shahar xarobasi daryodan tashqari uch tomoni mudofaa devor bilan o‘rab olingan. Devor burjlar bilan kuchaytirilgan. Manzilgohning sharqida joylashgan ark qismi ham alohida mudofaa devoriga ega. Shahriston zichlangan tuproq – val devor o‘rab olgan. Devorning sirtiga xom g‘isht terilgan. Arkning mudofaa devori esa xom g‘ishtdan terilgan. Ko‘hna shaharning asosiy qismida qurilish imoratlari uchramaydi, ochiq qoldirilgan. Bu manzilgohni Y.A.Zadneprovskiy xitoy manbalarida qayd etilgan Yuchen shahri bilan qiyoslangan. Shurabashat davrida Farg‘ona vodiysida Qoradaryo, Mingtepa (Marhamat), Sarvontepa, Chordonatepa manzilgohlari o‘rnida qadimgi shaharlar faoliyat yuritgan. Shurabashat davri sopollari 185 Marhamat bosqichida aholi soni ko‘payib, ular yashaydigan hududlar doirasi kengayadi. Sug‘orma dehqonchilik va irrigatsiya tizimi takomillashib, yangi yerlar o‘zlashtiriladi. Milodning boshida vodiyning tog‘oldi hududlari ham o‘zlashtirilib, aholi manzillari paydo bo‘ladi. Shahar va qishloqlar rivojlanib, ularning soni yanada ko‘padi. Shahar markazlarida hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo jamlanadi. Yirik shahar markazlaridan Marhamat manzilgohining maydoni 40 ga Manzilgohda mil. avv. III–II asrlarda shahar sifatida shakllanib, I–III asrlarda taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Shaharning atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Mudofaa devor burjlar va shinak bilan kuchaytirilgan. Shaharning imoratlarini qurishda paxsa va xom g‘isht ishlatilgan. Shahristonning asosiy qismi ochiq qoldirilgan, qurilish imoratlari uchramaydi. Arxeolog A.N.Bernshtam manzilgohni Xitoy manbalarida qayd etilgan Davan davlatining poytaxti – Ershi shahri bilan qiyoslagan. Buyuk Ipak yo‘li bo‘yida joylashgan shahar IV asrgacha Farg‘ona vodiysidagi yirik savdo-iqtisodiy va madaniy markazlardan biri bo‘lgan. Marhamat davrida aholi Farg‘ona vodiysining barcha yerlarini o‘zlashtirib, aholi manzillari, xususan, shaharlar soni yanada ko‘payadi. Bu davrga oid Kalamishtepa (Darvozaqirtepa), Sultonobod, Qo‘rg‘ontepa, Qilichqabr II, To‘rtko‘l, Oqbura, Ko‘hna Quva yodgorliklari Farg‘ona vodiysining antik davri kichik shaharlari yoki shaharchalarining xabasidir. Andijon shahridan 40 km g‘arbda joylashgan Kalamishtepa (Darvozaqirtepa) manzilgoh uch qismdan iborat bo‘lib, II–III asrlarga oid. Manzilgoh arki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklga ega bo‘lib, atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan va uning sirtida xandaq mavjud. Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi hududida chorvador qabilalari yashagan. Antik davriga oid Vorux, Turatosh va Qorabuloq qabristonlarida mingdan ortiq qabrlar aniqlangan. Ular oddiy o‘ra, yorma va katakomba (lahat) qabrlardir. Ichki tomonidan xom g‘isht yoki tosh terib chiqilgan qabrlar, ya’ni sistalar ham mavjud. Marhumlar tirikligida jamiyatda egallagan mavqeyiga qarab ma’lum kuzatuv buyumlari bilan qo‘shib ko‘milgan. 186 Shahar markazlarida ixtisoslashgan hunarmandchilikning to‘qimachilik, kulolchilik, metallarga ishlov berish, xususan, temirchilik, misgarlik va bronza quyish va boshqa turlari rivojlangan. Mahalliy kon zaxirasiga asoslangan hunarmandchilik sohalari qishloq xo‘jalik va binokorlik asbob-uskunalari, uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda harbiy qurol-yarog‘larni yasashga ixtisoslashgan. Bronza quyish ustaxonasining o‘rni Farg‘ona vodiysining ko‘pgina manzilgohida aniqlangan. Topilgan kam sonli metall buyumlari temir, bronza va misdan ishlangan. Har xil metaldan yasalgan uy- ro‘zg‘or, xo‘jalik buyumlari va qurol yarog‘larning kam sonli nusxasi saqlanib qolgan. Temir Korug‘i manzilgohidan uzunligi 34 sm, eni 4 sm keladigan qilichning pastki qismi topilgan. Ilk bosqichda sopollar tez aylantiradigan kulolchilik charxida va qisman qo’lda yasalib, yuqori haroratda pishirilgan. Sopollarning sirtiga qizil angob surtilgan. Sopol buyumlarni yasashda ma’lum standartga, ya’ni andazaga qat’iy amal qilingan. Savdo-iqtisodiy munosabatlar yaxshi rivojlangan. Hunarmand- chilik ishlab chiqarishi, savdo-sotiq, xususan, Buyuk Ipak yo‘li orqali xalqaro savdo rivojlangan. Moddiy topilmalar orasida Xitoy va Hindistondan keltirilgan buyumning ko‘pgina namunasi uchraydi. Farg‘ona vodiysining xalqaro savdo yo‘li bo‘yida joylashganligi antik davri jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan. Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyoning antik davri yirik tarixiy-madaniy viloyatlaridan biri bo‘lib qolmasdan, davlat tashkilotiga ega o‘lka hisoblangan. Ko‘hna Sharqning Xitoy kabi yirik imperiyasi harbiy qo‘shinlariga qarshi tura oladigan Davan davlatining iqtisodiy va harbiy salohiyati ancha yuqori bo‘lgan. Mamlakatda antik davrining ikkinchi bosqichida urbanizatsiya jarayonlari chuqurlashib, shaharlar rivojlanishi bilan birga ularning soni ko‘paygan. Shaharlar ishlab chiqarish va savdo markaziga aylangan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling