Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Ustrushona. Ustrushona tarixiga oid ma’lumot yunon-rim
manbalarida Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyoning sharqiy yerlariga qilgan yurishida Yaksart (Sirdaryo) bo‘yida joylashgan Kiropol shahrini vayron qilib, uning o‘rnida Aleksandriya Esxata qal’asini barpo qilganligi to‘g‘risida ma’lumot saqlangan, xolos. O‘lkaning antik davriga oid Ko‘hna Xo‘jand, O‘ratepa (Mug‘tepa), Munchoqtepa, Shirin va Qaliyatepa manzilgohlari o‘rganilgan. Ko‘hna Xo‘jand shahrida arxaik davridagi o‘rnida hayot davom etgan. Antik davri madaniy qatlami zamonaviy qurilish imoratlari tagida qolib ketgan. Shaharning mazkur davr tuzilishi aniqlanmagan. Ustrushona shaharlaridan biri Shirin manzilgohi o‘rnida faoliyat yuritgan. Umumiy maydoni 10 ga dan iborat manzilgoh mil. avv. IV asrda shakllanib, milodning boshida o‘lkaning yirik shahar markazlaridan biriga aylanadi. Boshqa bir shahar Mug‘ (O‘ratepa) manzilgohida taxminan mana shu davrda shakllangan. Sirdaryo bo‘yida joylashgan antik davriga oid Munchoqtepa manzil- gohi yaxshi saqlangan. Manzilgohning tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bolib, daryo suvi muntazam yuvib, uning maydon qisqarib ketgan. Umumiy maydoni 4 ga dan iborat bo‘lgan qo‘hna shaharning qal’asi shimoli-sharqiy tomonidagi nisbatan baland qismidagi 70x40 m maydonda joylashgan. Manzilgoh xom g‘ishtda terilgan mudofaa devori bilan muhofaza qilingan. Munchoqtepa ko‘rinishdan Ustrushonaning dasht hududi chegarasidagi tayanch qal’asi hisoblanib, harbiy istehkom vazifasini bajargan. Jizzax shahrining sharqiy chekkasida umumiy maydoni 30 ga dan ortiq joyni egallagan Qaliyatepa manzilgohi ark, shahriston va rabot qismlaridan tashkil topgan. Mazilgoh mil. avv. III/II asrda shakllanib, Jizzax shahrining qadimgi o‘rni hisoblanadi. Shuningdek, o‘lkadagi Zomin shahrining qadimgi o‘rni ham mil. avv. II/I shakllanib keyingi davrlarda rivojlangan. O‘lkada boshqa shaharchalar, qadimgi istehkom- qal’alar, dehqonchilik qishloqlarining ham o‘rni saqlanib qolgan. Ustrushonaning shimoliy qismida qadimgi ko‘chmanchi chorvador qabilasining dafn inshootlari joylashgan. Ulardan Munchoqtepa va Shirinsoydagi qadimgi mozorlarda yorma va lahat qabrlar o‘rganilgan. Qabrlarda ko‘proq yakka mayitlar ko‘milgan. 179 Ko‘p mayit ko‘milgan qabrlar ham mavjud. Ustrushonaning o‘troq aholisi orasida otashparastlik dini tarqalib, marhumlarning suyagi ostodonlarda dafn qilingan. Ustrushona xo‘jaligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Bu davrda sug‘orish tizimi takomillashib, yangi yerlar o‘zlashtiriladi. Ekin dalalari kichik daryolardan bosh olgan ariqlarda sug‘orilgan. Voha atrofidagi dashtlarda chorvador qabilalar yashagan. Chorvachilikda qo‘y, echki va qoramol boqilgan. Hunarmandchilikning kulolchilik, metallarga ishlov berish, zargarlik va boshqa turlari rivojlangan. Munchoqtepa manzilgohidan to‘g‘ri to‘rt burchak shakldagi xumdonning o‘rni ochib o‘rganilgan. Metall quyish uchun mo‘ljallangan tosh qolip topilgan. Qabrlardan temirdan yasalgan pichoq, qilich, yorg‘uchoq, sopol urchuqbosh, qayroqtoshlar topilgan. Ustrushona Buyuk Ipak yo‘li bo‘yida joylashgan sababli savdo munosabatlari yaxshi rivojlangan. Milodning birinchi asriga oid Xitoy va Rim tangalari, chig‘anoqlar, marjon munchoqlar, bronzadan yasalgan buyumlar topilgan. Ular o‘lkaning xalqaro savdoda faol ishtirok etganligidan guvohlik beradi. Sopol buyumlar qo‘lda va kulolchilik charxida yasalgan. Qo‘lda yasalgan sopol buyumlari qabrlardan topilib, ular chorvador aholiga tegishli bo’lgan. Ustrushonaning antik davri jamiyati o‘ziga xos taraqqiyoti bilan boshqa o‘lkalardan farq qiladi. O‘lkaning arxaik va antik davrlari madaniyati o‘rtasidagi bog‘liqlikni yetarli arxeologiya ma’lumotlari bo‘lmaganligi sababli aniq ochib berish imkoniyati mavjud emas. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling