Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Shimoliy Parfiya. O‘rta Osiyoning boshqa joylaridagi kabi
shimoliy Parfiya Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin selevkiylar davlati tarkibiga kirgan. Mil. avv. III asrning o‘rtalarida shimoldan kelgan ko‘chmanchi dax (dai) yoki parn qabilasi Parfiya yerlarini bosib olib, arshakiylar sulolasiga asos solgan. L.M.Levinaning fikriga ko‘ra Arshak boshchiligidagi ko‘chmanchilar qabilasi Sirdaryoning quyi oqimida faoliyat yuritgan Chirikrabot madaniyati egalari bo‘lib, ular qurg‘oqchilik tufayli bu yerlarga ko‘chib kelgan. Mil. avv. II asrlarda Parfiya davlatining qudrati kuchayadi, mamlakat chegaralari Suriyaga yerlarga qadar kengayib, dunyoning yirik imperiyalardan biriga aylanadi. Bu davrda Marg‘iyona hududi Parfiya tarkibiga kiritiladi. III asrning birinchi choragida Eronda tabora kuchayib borayotgan sosoniylar Parfiya davlatiga barham berib, Shimoliy Parfiya va Murg‘ob vohasi hududini bosib olgan. 160 Shimoliy Parfiya hududining antik davri oid Yangi Niso, Eski Niso, Ko‘hna Kaaxka, Yariqtepa, Xusravqal’a kabi qadimgi shahar xarobalari, qal’a-qo‘rg‘onlar, dehqonchilik qishloqlari yoki alohida maqsadlar uchun xizmat qilgan manzilgohlar (Eski Niso, Mansurtepa) o‘rganilgan. Hozirgi Ashgabad shahridan 18 km g‘arbda joylashgan Yangi Niso ko’hna shahri nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Ko‘hna shahar sun’iy do‘nglik ustida joylashgan ark (4 ga atrofida) va unga tutash shahar (18 ga.) va shahar atrofi qismidan iborat bo‘lib, ularning har uchala qismi alohida mudofaa devori bilan muhofaza qilingan. Shimoliy Parfiyaning antik davri shaharlari ilgaridan loyihalashtirilgan reja bo‘yicha qurilib, qalin mudofaa devori bilan muhofaza qilingan va to‘g‘ri to‘rtburchak burjlar bilan kuchaytirilgan. Aylana ibodatxona Eski Niso arshakiylar sulolasining qarorgoh shahri hisoblanib, u Parfiya hukmdorining qo‘riqxona-qal’asi-Mixrdatkirt (Mitridatokert) bilan qiyoslanadi. Qarorgoh Mitridat I (mil. avv. 171-138 yy.) hukmronligi davrida barpo qilingan bo‘lishi mumkin. Uning markazida saroy-ibodatxona majmuasi, xo‘jalik va yashash xonalari joylashgan. “Kvadrat zal”, “Aylana ibodatxona” va “Minorasimon ibodatxona kabi qurilish imoratlari o‘rganilgan. Shimoliy Parfiyaning 161 aylana yoki kvadrat tarhga ega manzilgohlari qal’a vazifasini bajarib, ularning atrofi zichlangan tuproq val-devor bilan o‘rab olingan. Qurilishda paxsa va xom g‘isht ishlatilgan. Xom g‘ishtlarning o‘lchami to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat shaklda. Imoratlarning tomi asosan yog‘och xari bilan tekis, ayrim hollarda esa gumbaz qilib, aylana imoratlar esa gumbaz shaklida yopilgan. Niso. Ritonlar Shimoliy Parfiyaning xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilik, chorvachilik va hunarmand- chilikdan iborat. Hunarmand- chilikda birinchi navbatda dehqonchilik ish qurollarini yasash asosiy o‘rin egallagan. Bu davrdagi harbiy qarama- qarshiliklar qurol-yarog‘ ishlab chiqarishga bo‘lgan talabni kuchaytirgan. Yodgorliklardan bronza va temirdan yasalgan kamon paykonining ko‘plab nusxasi uchraydi. H u n a r m a n d c h i l i k n i n g muhim tarmog‘i kulolchilikdir. Aylana shakldagi ikki yarusli xumdon ko‘plab yodgorlikda uchraydi. Yuqori sifatli sopolining sirti pardozlanib, angob surtilgan. Angob qizil, qizil-jigar va jigar ranglaridan iborat. Antik davrining oxirida sopolning sirtini angoblash va pardozlash an’anasi susayadi. Shimoliy Parfiya amaliy san’at namunalari marmar toshdan ellin usulida yasalgan haykallar va fil suyagidan yasalgan ritonlardan iborat. Tasviriy san’at namunalari “Niso mabudasi”, “Rodoguna”, Afrodita haykalining boshi, Artemidaning marmardan ishlangan haykalining oyoq qismi, Afinaning kumushdan ishlangan kichik haykalchasi, Erotning kumushdan yasalgan bosh qismi, mahalliy 162 Parfiya san’atiga xos erkak va ayol timsoli aks ettirilgan haykallar, ya’ni arshakiylar sulolasi ma’budi yoki ilohiylashtirilgan sulolaga tegishli haykalchalardan iborat. Shuningdek, amaliy san’ati majmusidan kumushdan yasalgan ayrim afsonaviy havonlar tasviri, karnizida 12 olimp ma’budi chizilgan ritonlar, yunon ma’budlari tushirilgan muhrlar o‘rin olgan. Shimoliy Parfiyaning antik davri madaniyatida mahalliy, ellin va qisman hind an’analarining uyg‘unligi namoyon bo‘ladi. Shimoliy Parfiya madaniyatida ellinlarning ta’siri ustunlik qiladi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling