Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
ibodatxona – observatoriya vazifasini bajargan.
Ibodatxonaning asosiy zallarida mahalliy ma’budalarning haykalchasi topilgan. Topilmalarorasidahaykalshaklidagiossuariylar va sopollar sirtiga bitilgan yozuv namunalari muhim o‘ringa ega. Sopollardagi yozuv namunalari ibodatxona xo‘jalik hisobini yuritish bilan bog‘liq. Majmua xonalarining birida yirik xumlar joylashgan. Ular ibodatxona majmuasining xo‘jalik qismi hisoblangan. Xorazm aholisi dehqonchilik xo‘jaligini riojlantirib, sug‘orish tizimini muntazam takomillashtirib borganlar. Dehqonchilikda bug‘doy, arpa, tariq va poliz ekinlari ekilgan. Bog‘dorchilik, xususan, uzumchilik yaxshi rivojlangan. Sug‘orma dehqonchilik yuritadigan hududlarda dehqon jamoasi ko‘proq qoramol boqishgan. Sariqamish atrofi hududida yashovchi aholi xo‘jaligida qoramol va yilqichilik rivojlangan. To‘qimachilikda paxta, jun va ipak tolalaridan turli matolar, gazlama, gilamlar, chodirlar to‘qilgan hamda kigiz bosilgan. Xorazmliklarning g‘oyaviy hayotida antik davri zardushtiylik diniy e’tiqodlari saqlanib qoladi. Marhumlarning suyaklari solingan ostadon qabristonlar aniqlangan. Turli xil shaklga ega ostadonlar topilgan. Qadimgi Xorazm sopollari asosan kulolchilik charxi va qisman qo‘lda yasalgan. Sopollarning sirtiga asosan oqish, qizg‘ish, qizg‘ish-jigar rangli angob surtilgan. Ayrim sopollarning sirtiga naqshlar chizilgan. Loydan yasalgan kam sonli ritonlar topib o‘rganilgan. Xumbuztepa Qal’aliqir, Qo‘yqirilganqal’a yodgorliklarida ritonlarning ot va afsanoviy hayvon boshli tasviri tushirilgan namunalari topib o‘rganilgan. O‘rta Osiyoning muhim tarixiy o‘lkalaridan biri sanalgan Xorazm antik davrida o‘ziga xos madaniyat an’anasi va xo‘jalik xususiyatiga ega bo‘lgan tarixiy-madaniy viloyati hisoblangan. Xorazmning antik 192 davri iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida o‘lkaning unumdor tuprog‘i va menerallarga boy Amudaryo suvi muhim o‘rin tutgan. O‘lkaning iqtisodiy salohiyati antik davri jamiyati, xususan, urbanizatsiyasi taraqqiyotining muhim omili hisoblangan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling