Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Muvzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Muvzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
 
1. O‘rta Osiyoda antik davri etno-madaniy jarayonlari haqida 
ma’lumot bering. 
2. O‘rta Osiyoda ellin madaniyatining xususiyatlarini yoritib bering. 
3. O‘rta Osiyoda hind madaniyatining xususiyatlarini bayon qiling. 
4. O‘rta Osiyoda antik davrida qanday madaniy yutuqlarga erishilgan? 
5. O‘rta Osiyoning antik davri ijtimoiy-iqtisodiy hayotida qanday 
o‘zgarishlar sodir bo‘lgan? 
6. Xorazmning antik davri jamiyat taraqqiyoti xususiyatini izohlang. 
7. Qovunchi madaniyatini tavsiflang. 
8. O‘rta Osiyoning antik davri shaharsozlik xususiyatlarini bayon 
qiling. 


193 
TO‘RTINCHI BO‘LIM 
O‘rta asrlar 
 
1-bob. O‘rta osiyoning ilk o‘rta asrlar arxeologiyasi 
 
Kalit so‘zlar: mulklik, davlatlar, mulkiy munosabat, yer egaligi
hunarmandchilik, ishlab chiqarish. 
O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar davri umumiy tavsifi. O‘rta Osiyo 
hududida ilk o‘rta asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy 
hayotida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Antik davrining yirik 
imperiyalaridan biri bo‘lgan kushonlar davlati ichki ziddiyatlar va 
sosoniylarning bosib olishishi natijasida inqiroziga uchraydi. Shimoliy 
o‘lkalarni o‘z ta’sirida ushlab turgan Kanguy imperiyasiining qudrati 
susayib, tarkibidagi mulkliklar o‘rnida mahalliy davlatlar qaror topadi. 
Umuman III–V asrlarda O‘rta Osiyo hududida uzluksiz davom 
etgan siyosiy inqirozlar va tobora kuchayib borayotgan yer egaligi 
munosabatlari mintaqada feodal tarqoqlik jarayoni kuchaytirib 
yuborgan edi. Alohida mulkliklarining mustaqil boshqarish yo‘lidagi 
harakati kichik davlatlarning vujudga kelishiga olib keladi. O‘rta asr 
yozma manbalarida O‘rta Osiyo hududida V–VI asrning boshida 15 
ta, VI asr o‘rtasida esa 21 ta mustaqil siyosat yuritgan kichik davlatlar 
faoliyat yuritganligi qayd qilingan. 
O‘rta Osiyoning o‘troq dehqonchilik vohalariga birinchi ming 
yillikning boshida ko‘chmanchi chorvador qabilalarining kirib kelishi 
(kidariylar, xioniylar, eftaliylar) o‘lkaning iqtisodiy va madaniy 
taraqqiyotiga o‘zining ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. 
V asrning o‘rtalarida o‘lkada sosoniylar davlati hukmronligiga 
barham berib, O‘rta Osiyoning janubiy yerlarini, Afg‘oniston, Shimoliy 
Hindiston va Sharqiy Turkistonning bir qismini o‘ziga bo‘ysundirgan 
Eftalitlar davlati mintaqaning siyosiy hayotida katta iz qoldirgan. 
Eftalitlar davrida mintaqada markazlashgan davlatning qaror 
topishi natijasida ma’lum siyosiy barqarorlikning vujudga kelishi 
jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qiladi. Ayniqsa bu jarayon Turk 


194 
xoqonligi davrida ko‘proq namoyon bo‘ladi. Xoqonlik davrida Uzoq 
Sharqdan Vizantiyagacha bo‘lgan katta hududda siyosiy inqiroz hukm 
surgan davrida to‘xtab qolgan tashqi savdo aloqalari qayta tiklanadi. 
Buyuk Ipak yo‘lidagi xalqaro savdoning nazorati turk hukmdorlari 
tasarrufiga o‘tgandan keyin tashqi savdo munosabati barqarorlashadi. 
Ilk o‘rta asrda Buyuk Ipak yo‘lida olib borilgan xalqaro savdo so‘g‘dlik 
savdogarlari asosiy o‘rin tutgan. So‘g‘dlik savdogarlar Yettisuv va 
Xitoyda ko‘plab savdo faktoriyalariga ega bo‘lalar. 
O‘rta Osiyoning VIII asr tarixi arablarning o‘lkani istilo qilishi va 
mahalliy aholining ularga qarshi harakatlaridan iborat. Arablarning 
bosqinchilik harakatlari mahalliy madaniyat an’analarining inqiroziga 
va ma’lum muddatli susayishga sabab bo‘ladi. O‘rta Osiyoning keyingi 
davr madaniyat taraqqiyoti islom dini mafkurasi asosida rivojlnadi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling