Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Xorazm. Xorazmning antik davri tarix to‘g‘risidagi qisqacha
ma’lumotlar yunon-rim mulliflari asarlarida saqlangan. Xorazm mil. avv. IV asr boshlarida ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib, mustaqil 187 siyosat yurita boshlagan. Antik davri mualliflarining asarlarida Xorazm shoxi Farasman (Arrian) yoki Fratafern (Kursiy Ruf)ning Aleksandr Makedonskiy bilan kelishib, mamlakat mustaqilligini saqlab qolganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlangan. Xorazmning selevkiylar tarkibiga kirganligi to‘g‘risida ma’lumotlari uchramaydi. O’lkada tadqiqotchi olimlar mil. avv. II asr oxiri – I asr boshlariga oid Xan sulolasi yilnomasida (Syan Xan shu) keltirib o‘tilgan Kanguy davlatiga tobe bo‘lgan beshta viloyatlardan biri hisoblangan Yuegyan 1- Bozorqal’a 2- Oxshaxonqal’a 3-Qo’yqirilganqal’a 4-Qal’aliqir mulkligi bilan qiyoslagan. Xorazmshohlar to‘g‘risida ayrim ma’lumotlar sosoniylarning III–IV asrlarga oid pahlaviy bitiklarida keltirilgan. Beruniy keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra 305-yilda Xorazm afrig‘iylar sulolasi tomonidan mustaqil boshqarilgan. 188 Amudaryoning quyi oqimi hududidagi arxeologiya yodgorliklar- ning tuzilishi jihatdan bir necha turi ajralib turadi. Yirik shahar markazlari, qal’a-istehkomlar, ishlab chiqarish inshootiga ega manzillar, uy-qo‘rg‘onlar va diniy inshootlar. Xorazmning antik davri manzilgohlari tadrijiy jihatdan arxaik, kanguy-yunon va kushon davrlariga oid. Hukmdor (Aqshaqonqal’a) Xorazm shaharlari tashqi tuzilishi jihatdan O‘rta Osiyoning boshqa o‘lkalari shaharlaridan farq qilgan. Xorazm shaharlari uchun boshqa joylarda bo‘lganidek uch qismli tuzilmasi xos emas. Bu yerda shaharlar aniq o‘lchamli qal’adan iborat bo‘lib, uning atrofida aholi uy-joylari va ishlab chiqarish qismi joylashgan shahriston qismi kam hollarda mavjud bo‘lgan. Xorazmda mil. avv. IV–III asrlarda shahar va qal’alar soni ko‘payadi. Ulardan Xiva, Xazorasp, Ko‘hna Uaz, Kandumqal’a, Bozorqal’a, Oqchaxonqal’a, Guldursunqal’a, Yarbekirqal’a Qavatqal’a, Zamaxshar, Shaxsanam kabi manzilgohlar o‘rnida shaharlar faoliyat yuritgan. Milodiy III–IV asrlarda esa yangi shahar markazlari vujudga 189 kelgan. Umuman antik davrida Xorazm o‘lkasida sal kam yigirmaga yaqin shahar vazifasini bajargan aholi manzillari faoliyat yuritgan. Amudaryoning chap sohilida arxaik davrda faoliyat yuritgan Xazorasp, Xiva shaharlar antik davrida rivojlanib, ahamiyati yanada o‘sadi. Ushbu shaharlar Xorazm davlatining antik davri iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan. Ularning antik davri shaharsozlik xususiyatidan darak beradigan arxeologik ma’lumotlar keyingi davr imoratlar tagida qolib ketganligi sababli yaxshi o‘rganilmagan. Amudaryoning o‘ng sohili hududida antik davri shaharlarining o‘rni Oqchaxonqal’a (Qozoqliyotganqal’a), Bozorqal’a, Guldursunqal’a, Qirqqizqal’a va boshqa yodgorliklarning o‘rnida saqlanib qolgan. Eng yirik shahar markazi Oqchaxonqal’a manzilgohi o‘rnida faoliyat yuritgan. Beruniy tumani hududida joylashgan ushbu manzilgoh kvadratsimon shaklda. Umumiy mudofaa devoriga ega bo‘lgan qadimgi shaharning maydoni 50 ga dan iborat bo‘lib, yuqori va quyi qal’a qismlardan tashkil topgan. Qadimgi shaharning quyi qal’a qismi kvadratsimon shaklda dunyo tomonlariga qaratib qurilgan. Qal’a ikki qator (6 m) mudofaa devor bilan o‘rab olingan. Mudofaa devori burj, shinaklar va xandaq bilan kuchaytirilgan. Quyi qal’aning shimoli-g‘arbiy chekkasida kvadrasimon shaklidagi 11 ga maydonda yuqori qal’a joylashgan. Yuqori qal’a ham quyi qal’adagi usulda qurilgan alohida mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Uning ichkarisida joylashgan ikkita qurilish imorati muhim o’rin tutadi. Ulardan biri maxsus tag kursi ustida qurilgan, ikkinchisi esa atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan inshootdan iborat. Yodgorlikning quyi qatlamida aniqlangan topilmalarning kamchiligi so‘nggi arxaik davriga, ko‘pchilik qismi antik davriga oid. Topilmalar sopol buyumlari, antropomorf va zoomorf shaklli haykalchalar, xususan, budda, ehtimol bodxisatva haykalchasi va boshqa buyumlarni tashkil etadi. Imoratlarni qurishda ishlatilgan g‘ishtlarning sirtida turli xil belgilar chizilgan. Ko‘hna shaharning to‘rt tomonida darvozalar mavjud. Darvozalar qo‘shimcha devor bilan mustahkamlangan. Oqchaxonqal’a Qadimgi 190 Xorazmning boshqa manzilgohlaridan tashqi tuzilishi va ichki tuzilmasi murakkabligiga ko‘ra ancha farq qiladi. Oqchaxonqal’aning mahobatli saroy va ibodatxonasi o‘xshagan imoratlar antik davriga oid boshqa manzilgohlarda uchramaydi. Tadqiqotchi mutaxassis olimlar Xorazmning antik davri poytaxtiga asosiy da’vogar manzilgoh ekanligini e’tirof etishgan. Mil. avv. IV asrning boshida Xorazm ahamoniylar davlatidan ajralgandan so‘ng mamlakat poytaxtiga aylangan. Amudaryoning o‘ng sohilida joylashgan Tuproqqal’a manzilgohi antik davrining rivojlangan bosqichiga oid. Manzilgohdan saroy, ibodatxona va uy-joy imoratlarining o‘rni ochib o‘rganilgan. Manzilgohdan xorazmshohlar va ularning ajdodlari siymosi aks ettirilgan loydan yasalgan haykalchalar va devoriy rang-tasvir namunalari Xorazmning qadimgi davr boy san’atdan darak beradi. Bu yerda sopollar sirtiga bitilgan yozuv namunalari bir tomondan qadimgi Xorazm yozuvini, ikkinchi tomondan esa xo‘jalik xususiyatlarini o‘rganishdagi muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Ilgari Tuproqqal’a manzilgohi Qadimgi Xorazmning antik davri poytaxti bo‘lganligi to‘g‘risidagi qarash mavjud edi. Oqchaxonqal’a manzilgohi tuzilishi va shaharsozlik xususiyatiga ko‘ra mamlakat poytaxti maqomiga davogarlik qilsa, Tuproqqal’a uning yaqinida joylashgan hukumdor qarorgohi bo‘lishi mumkin. Xorazmda I–IV asrlarda juda katta qurilish ishlar amalga oshirilgan. Mamlakatda davlat hokimiyati qudratining kuchayishi natijasida yangi istehkomlar qurilib, eskilarida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Ayrim qal’alarning mudofaa devori ta’mirlangan, boshqa bir qal’alarning eski devori o‘rnida yangisi barpo etiladi. Hazorasp, Devkesgan, Xivadagi Tuproqqal’a va boshqa ayrim qal’alarning mudofaa devorlari qaytadan qurilgan. Bu davrda qal’alarning tarhi kanguylar davridagi holatida saqlangan, ularning umumiy manzarasi keskin o‘zgartirilgan. Qadimgi savdo yo‘llarida mustahkam mudofaa tizimiga ega bo‘lgan Kaparas, Qal’aijiq, Ko‘nauaz va boshqa qal’a-shaharlar qurilgan. Qal’a- shaharlar ma’lum bir sug‘orish tarmog‘i atrofidagi o‘troq dehqonchilik qishloqlarining o‘rtasida joylashgan bo‘lib, ular mazkur hududning ma’muriy markazi va harbiy istehkom vazifasini bajargan. 191 Jamoat inshootlari, shu jumladan mahalliy aholining qadimgi diniy qarashlar bilan bog‘liq ibodatxonalar Qo‘yqirilganqal’a, Qal’aliqir II, Shovot Tuproqqal’asi, Yelxaras, Gyaurqal’a kabi yodgorliklarda o‘z aksini topgan. Qo‘yqirilganqal’a yodgorligida diametri 42 m, dan iborat doira shaklli minorasimon me’moriy inshoot joylashgan. Inshootning atrofi to‘g‘ri to‘rt burchak burj bilan kuchaytirilgan mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Inshoot mil. avv. IV – milodiy I asrlarga oid bo‘lib, Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling