Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Shimoliy Xuroson. Janubiy Turkmaniston hududi ilk o‘rta 
asrlar davrida Eron sosoniylariga bo‘ysungan, VII asr o‘rtalarida 
Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Sosoniylar davlati harbiy-ma’muriy 
jihatdan to‘rtta hududdan iborat bo‘lgan. Ulardan biri Xuroson 
hududiga hozirgi Eronning shimoli-g‘arbiy qismi va Janubiy 
Turkmaniston yerlari kirgan. Shimoliy Xurosonni tashkil etgan 
Janubiy Turkmaniston Marv, Marvrud, Badgis va Saraxs viloyatlari 
joylashgan. Kopetdagning g‘arbiy chekkasidagi Gurgan vohasi 
Xuroson tarkibida bo‘lganligi to‘g‘risida aniq fikr bildirish qiyin. 
Shimoliy Xurosonning ilk o‘rta asrlar davri yodgorliklari shahar 
markazlari, dehqonchilik qishloqlari, yer egalarining ixcham qasrlari, 
uy-qo‘rg‘onlari va diniy inshootlardan iborat. Yirik shahar markazlaridan 
Ko‘hna Marv, Saraxs, Hisrovqal’a shaharlari va Durnali, Chongli va Uli 
Kishman kabi shahar turidagi manzilgohlar faoliyat yuritgan. 
Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda sosoniylar hukmronligi 
davrida Gyaurqal’a inqirozga uchrab, ba’zi joylari tashlandiq holiga 
kelib qoladi va shaharda aholi soni kamayib ketadi. Parfiya davrida 
barpo etilgan mudofaa devorida ta’mirlash ishlari olib borilib, VII 
asrda inqiroz bartaraf etilgan. Shaharda obodonchilik ishlari olib 
borilib aholi uy-joy imoratlari ko‘payadi va hunarmand kulollar 
mahallasi paydo bo‘ladi. 


195 
Arab xalifaligining O‘rta Osiyoning markaziy viloyatlariga amalga 
oshirgan harbiy harakatlari bevosita Marv shahridan boshlangan. 
Murg‘ob vohasi xalifalik tarkibiga kiritilgandan so‘ng Marv shahri 
xalifalik noibining ma’muriy markazi aylanadi. 
Marv vohasida antik davrida shakllangan Durnali, Chongli va 
Uli Kishman yodgorliklari o‘rnida shaharlar faoliyat yuritgan. Ular 
vohaning hunarmandchilik, savdo va madaniyat tariqqiy etgan muhim 
markazlari edi. Saraxs vohasida shu nomdagi shahar, Kopetdog‘ oldi 
hududida Hisrovqal’a shahri faoliyat yuritgan. Ushbu shaharlar ikki 
qismdan iborat bo‘lgan. Ular Parfiya davrida paydo bo‘lib, ilk o‘rta 
asrda yanada rivojlangan. 
Shimoliy Xuroson aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik 
bo‘lgan. O‘troq dehqonchilik vohalarida sug‘orma dehqonchilik 
va tog‘ oldi hududida lalmi dehqonchiligi rivojlangan. Irrigatsiya 
sohasida suv manbaining tanqisligi sababli kichik suv omborlaridan 
foydalanilgan. Suv omborining o‘rni Marv vohasi va Kopetdog‘ oldi 
hududida saqlanib qolgan. Dehqonchilikda asosan dukkakli ekinlar: 
bug‘doy, arpa, jo‘xori, no‘xat, loviya, mosh va poliz ekinlari ekilgan. 
Kunjut va zig‘ir kabi yog‘ o‘simliklari yetishtirilgan. Texnik ekinlardan 
paxta va kanop ekilgan. Bog‘dorchilik yaxshi rivojlangan. 
Hunarmandchilik ishlab chiqarishining kulolchilik, metallarga 
ishlov berish, zargarlik, to‘qimachilik, suyakka va toshga ishlov berish 
kabi sohalari rivojlangan. Ilk o‘rta asrlarning dastlabki bosqichga oid 
sopollarning sifati ancha past bo‘lgan, ularning loyi yaxshi pishirilmagan. 
Sopol buyumlar asosan noksimon, tuxumsimon, sharsimon shaklli tor 
va keng bo‘g‘izli ko‘zalar hamda chuqur likopchalardan iborat. V–VII 
asrlarda sopol buyumlarining sifati oshadi. Sopollar obdon tindirilgan 
loydan yasalgan va yuqori haroratda pishirilgan. 
Marvning ilk o‘rta asrlar davri amaliy san’atida koroplastikaning 
ahamiyati yuqori bo‘lib, ko’proq ayol ma’budasining haykalchalari 
yasalgan. Haykalchalar qolipda yasalgan. Ilk o‘rta asrning boshida antik 
davrida urf bo‘lgan ayol ma’budasining bir turi – “ona-ma’buda” bosh 
kiyimi va qo‘llarida oyna ushlab turgan holatda tasvirlangan. Boshqa 
bir turdagi haykalchalar “qiz-ma’buda”sini aks ettirib, bosh kiyimsiz, 
sodda ishlangan. 


196 
VI–VII asrlarda koroplastika san’ati o‘zining ahamiyatini yo‘qota 
boshlaydi. Uning o‘rnini qo‘lda yasalgan antropomorf, xususan, erkak, 
otliq va ot tasviridan iborat haykalchalar egallagan. Ot tasvirlangan 
haykalchasining sirtiga osmon jismlari: quyosh, oy va xoch belgilari 
tushirilgan. Bunday tasvirlar o‘rta asrlar davri aholisining koinot 
to‘g‘risidagi dunyoqarash tushunchalari aks ettirgan. Bu davrda 
davri zoomorf, antropomorf, o‘simlik va yozuvlar tushirilgan bullalar 
keng tarqalgan. 
Shimoliy Xurosonning ilk o‘rta asrga oid yodgorliklarida 
buddaviylik, zardushtiylik va xristianlik diniga oid ibodatxonalar 
o‘rganilgan. Bu arablar istilosigacha aholi o‘rtasida bir nechta 
dinlarga e’tiqod qilganligidan dalolat beradi. Hatto, Marv ilk o‘rta 
asrda manixeylik diniy ta’limotining markazi bo‘lgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling