Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Naxshab vohasi. Nahshab vohasi antik davridagi kabi
Qashqadaryoning o‘rta oqimi hududidagi yerlarni egallagan. Ilk o‘rta asrlar davrida sug‘orma dehqonchilik yanada rivojlanib, yangi yerlar o‘zlashtiriladi. Natijada o‘troq dehqonchilik manzilgohlarining soni yanada ko‘payadi. Ulardan shahar xarobalari muhim o‘rin tutib, ular arxeologik jihatdan nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Antik davri shahar markazlari o‘rnida hayot davom etishi bilan birgalikda yangi joyda shaharlar shakllanadi. Qarshi vohasidagi Naxshab, Kasba, Bazda, Gubdin va boshqa shaharlar to‘g‘risida o‘rta asrlar davri arab va fors manbalarida qisman ma’lumotlar saqlangan. Arab-fors manbalarida Naxshab, Xitoy manbalarida Naxshebolo nomi bilan qayd qilingan shahar Yerqo‘rg‘on manzilgohi o‘rnida faoliyat yuritgan. Shahar antik davrida qurilgan uchinchi mudofaa de- Varaxsha vori ichkarisidagi 150 ga joyda 201 faoliyat yuritgan. VII asrning ikkinchi yarmida Turk xoqonligi va sosoniylarning qo‘shma qo‘shinlarining eftalitlar o‘rtasida jangda shahar vayron etilib, hayot batamom to‘xtaydi. Shahar Yerqo‘rg‘ondan taxminan 2 km janubi-sharqda hozirgi Shulluktepa manzilgoh o‘rniga ko‘chgan. Shulluktepaning umumiy maydoni taxminan 250 ga maydonni egallagan. Manzilgoh baland ark, shahriston va rabot qismlardan tashkil topgan. Shahriston qismi arxeologik jihatdan yaxshi o‘rganilmagan. Mikrorelefiga ko‘ra shahristonda uy-joy imoratlari tig‘iz joylashgan. Shahriston ark va rabot qismlarida xandaqlar bilan ajralib turadi. Rabot qismida misgarlar, temirchilar, kulollar, shishasozlik ishlab chiqarish izlari saqlangan. Shulliktepa manzilgohi Qarshi vohasining ilk o‘rta asrlar davri ma’muriy, savdo-ishlab chiqarish va madaniy markazi hisoblangan. Shulluktepadan 30 km Kasba, Bazda esa 40 km janubiy-g‘arb tomonda joylashgan. Ular taxminan milodning boshlarida shakllanib, ilk o‘rta asrlar davrida vohaning iqtisodiy-madaniy markazlariga aylanadi. Kasba shahrining o‘rni hozirda 2 ga maydoni Kasbitepa yodgorligi o‘rnida bo‘lganligi taxmin qilinadi. Bazda esa, hozirgi Ko‘hna Fazli yodgorligi o‘rnida bo‘lgan. Shahar ark (1,5 ga), shahriston (55 ga) va rabot qismlaridan iborat. Shahar mo‘g‘illar istilosiga qadar faoliyat yuritadi. Shuningdek, vohada Talisortepa (o‘rta asrlar davri Gubdin shahri) ilk o‘rta asrlar davrida 13 ga hududni egallagan shahar ark, shahriston qismdan tashkil topgan. So‘g‘d aholisining xo‘jaligi an’anaviy sug‘orma dehqonchilikni tashkil etgan. Bu davrda sug‘orish tizimi yanada takomillashadi. Tog‘ oldi hududi o‘zlashtirilib, ekin maydonlari kengaytiriladi. So‘g‘dda ilk o‘rta asrlar davri hunarmandchilik ishlab chiqarishining barcha tarmoqlari: temirchilik, bronza ishlov berish, zargarlik, kulolchilik, to‘qimachilik va boshqa turlari yaxshi rivojlangan. Mug‘ tog‘idagi qasrdan topilgan so‘g‘d yozuvida bitilgan hujjatlarda paxta va jun mahsulotlaridan ishlab chiqarilgan matolar hamda ularning turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Ko‘nchilik yaxshi rivojlangan. Hujjatlarning asosiy qismi aynan terilarga yozilgan. 202 So‘g‘dning IV–VI asrlar davri kulolchilik ishlab chiqarishida alohida hududlar uchun o‘ziga xoslik saqlangan bo‘lsa, VII asrdan boshlab barcha hududlarda ma’lum standartlarga amal qilina boshlaydi. Bu davrda metall idishlar paydo bo‘lib, ularda xo‘jalikda keng foydalaniladi. Ilk o‘rta asrlar davriga kelib xalqaro va mahalliy savdo aloqalari nihoyatda rivojlanadi. Buyuk Ipak yo‘li so‘g‘dliklar savdo sohasida O‘rta Osiyoda yetakchilik qilishgan. Ular Yettisuv va Xitoyda ko‘plab savdo faktoriyalariga ega bo‘lishgan. Tan imperiyasi qaydnomalarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda Dunxuan viloyatida joylashgan So‘g‘d manzillaridagi aholining asosiy qismi samarqandlik bo‘lgan. So‘g‘dning ilk o‘rta asrlar madaniy hayotida tasviriy san’at muhim o‘rin tutadi. Afrosiyob, Panjikent va Varaxsha saroylari, zodogonlar uylari va ibodatxonalarning devorlari dunyoviy, diniy va afsonaviy mazmundagi rang-tasvirlar bilan bezatilgan. Tasvirlarda saroy va kishilarning kundalik hayotidan lavhalar, jang tasvirlari, bazm ko‘rinishlari afsonaviy va diniy mazmundagi tasvirlar, xudolar, donatorlar va boshqa lavhalar zo‘r mahorat bilan ishlangan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling