Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Ustrushona. Turkiston tog‘ tizmalarining shimoliy qismidagi 
yerlar o‘rta asr yozma (xitoy, arab, fors) manbalarida o‘ndan 
ortiq nomlar bilan keltirilib alohida tarixiy o‘lkani tashkil etgan. 
Ustrushona shaklidagi talaffuzi Mug‘ tog‘idan topilgan so‘g‘d tilida 
yozilgan hujjatlarda keltirilgan. 
Ustrushonaning o‘rta asrlar davri chegarasi Turkiston tog‘ 
tizmasidan Nurota tog‘iga qadar cho‘zilgan hududni ishg‘ol etgan. Ilk 
o‘rta asrlarda Ustrushona eftalitlar va Turk xoqonligi tarkibida bo‘lib, 
afshinlar tomonidan mustaqil boshqarilgan alohida davlat hisoblangan. 
O‘rta asrlar davri yozma manba ma’lumotlarida o‘lkadagi o‘ndan ortiq 
katta kichik shaharlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanib qolgan. 
Ustrushonaning yirik yodgorligi Tojikiston Respublikasi So‘x 
tumani hududida joylashgan Qal’ayi Qahqaha hisoblanadi. Bu 
yodgorlik Shahristonsoyning ikkala sohilida joylashgan uchta 
tepalikdan (Qal’ayi Qahqaha I, II, III) iborat. Qal’ayi Qahqaha shahar 
sifatida VII–VIII asrlarga shakllangan. Bu manzilgoh Ustrushonaning 
o‘rta asrlar yozma manbalarida qayd etilgan markaziy shahri 
Bunjikatning o’rni hisoblangan. 


203 
Qal’ayi Qahqaha I (ark), II (shahriston) va III (rabot) qismlaridan 
tashkil topgan. Ularning har biri alohida mudofaa devori bilan o‘rab 
olingan. Arkda hukmdorlar saroyi, ibodatxona, ma’muriy, jamoatchilik, 
savdo-hunarmandchilik va uy-joy imoratlari joylashgan. Rabot qismida 
aholi uy-joylari va bog‘lar bo‘lgan. 
O‘ratepa, Vagkata, Jizzax, Zomin kabi yangi shaharlari o‘lkaning 
muhim iqtisodiy va madaniy markazlari bo‘lgan. O‘ratepaning ilk o‘rta 
asrlar davridagi arki hozirgi shaharning shimoli-sharqiy chekkasida, ulkan 
tabiiy tepalik ustida joylashgan Mug‘tepa manzilgohi o‘rnida bo‘lgan. 
Jizzaxning dastlabki o‘rni hozirgi shaharning janubi-sharqiy qismida 
joylashgan antik davrida faoliyat Qaliyatepa manzilgohi o‘rnida faoliyat 
yuritgan. Bu davrida shahar o‘lkaning muhim markazlardan biri sanalgan. 
Ustrushonaliklar xo‘jaligining asosini sug‘orma dehqonchilik va 
bog‘dorchilik tashkil etgan. Shimoliy dasht va tog‘oldi hududida esa 
chorvachilik rivojlangan. 
Tasviriy san’at namunalar Qal’ayi Qahqaha arkida yaxshi saqlangan. 
Devorlarining birida ikkita go‘dakni emizayotgan bo‘ri tasviri Rimdagi 
Ramul va Rem afsonasini eslatdi. Bu lavhani arxeolog N.N. Negmatov 
xristianlik dini afsonasi bilan bog‘lagan. Lekin turkiy xalqlari tasavvurida 
bo‘ri totemining muhim ahamiyat egaligini unutmaslik kerak. 
Boshqa bir kichik xona devorida nayzadagi bayroqni ushlab 
turgan otliq va ikki boshli iblissifat jonzot tasvirlari chizilgan. 
Shuningdek, saroy xarobalarida uch boshli va to‘rt qo‘lli haykallar 
ham topilgan. Bu tasvirlar ustrushonaliklar ongida afsonaviy 
dunyoqarash mafkurasining ustunligidan dalolat beradi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling