Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janubiy So‘g‘d.
G‘arbiy So‘g‘d (Buxoro). So‘g‘dning g‘arbiy qismida ilk o‘rta asrlar
oid Buxoro, Poykent, Varaxsha va boshqa shaharlar rivojlangan. Ularning eng yirigi hisoblangan Buxoro shahrining maydoni 34 ga ni (shundan 3,5 ga ark) tashkil etgan. Shaharning mazkur davridan madaniy qatlamlari keyingi davr imoratlari tagida qolib ketganligi sababli yaxshi o‘rganilmagan. Ko‘hna Poykent Buxoroning ilk o‘rta asrlar davri shahar markazlaridan biri. Poykent o‘rnida mil. avv. III asrda aholi manzilgohi shakllanib, V asrda 13 ga maydon egallagan joy mudofaa devori bilan o‘rab olinib, shahriston qismi paydo bo‘ladi. V asr oxiri – VI asr boshida shahar hududi kengayib, 20 ga maydonni egallagan ikkinchi shahriston vujudga keladi. Poykent o‘rta asr yozma manbalarida savdogarlar shahri sifatida tilga olingan. Buxorodan 30 km shimoli-g‘arbda ilk o‘rta asrlar oid Varaxsha manzilgohi joylashgan. Uchburchak shaklga ega bo‘lgan manzilgohning umumiy maydoni 6,5 ga dan iborat bo‘lib, mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Arkda V asrda ta’mirlash ishlari olib borilib, ikkita yirik saroy majmuasi, ibodatxona va xo‘jalik imoratlari barpo etiladi. Arkning hashamatli xonalari diniy va afsonaviy mazmunga ega bo‘lgan mazmunan boy devoriy rang-tasvirlar bilan bilan bezatilgan. Janubiy So‘g‘d. Janubiy So‘g‘d ilk o‘rta asrlar davrida Kesh va Naxshab vohalaridan tashkil topgan. Shopur I tuzdirgan mamlakatlar ro‘yxatida Kas shahri tilga olinib, tadqiqotchilar tomonidan Kesh bilan qiyoslangan. Xitoy manbasi Shi (Beyshi), Kyuy-sha yoki Kye- shuan (Tanshu) Kesh o‘lkasi bilan qiyoslangan. Kesh shahri ilk o‘rta aslarning dastlabki bosqichida hozirgi Kitob shahridagi Qalandartepa manzilgohida antik davri o‘rnida faoliyat yuritgan. Keyingi bosqichda shahar g‘arbga, hozirgi paytda “Qo‘rg‘on” deb ataladigan joyga ko‘chiriladi. 200 Varaxsha devoriy surati. Kesh vohada Chimko‘rg‘ontepa (40 ga), Kishmishtepa va Kamaytepa manzilgohlari o‘lkaning maqomi jihatdan poytaxtdan keyingi o‘rinni egallagan shaharlar sanalgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling