Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

So‘g‘d. O‘rta asr xitoy yozma manbalarida So‘g‘dning chegarasi 
Chu daryosidan Boysun tog‘ tizmalarigacha yerlarni egallagani va 
o‘lkadagi 8 ta mulklik to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. So‘g‘d hududi 
antik davridagi kabi ilk o‘rta asrda Shimoliy So‘g‘d (Samarqand), 
Janubiy So‘g‘d (Qashqadaryo) va G‘arbiy So‘g‘d (Buxoro) qismlardan 
tashkil topgan. 
Shimoliy So‘g‘d. Shimoliy So‘g‘d hududi Zarafshon daryosining 
yuqori oqimi, ya’ni Samarqand viloyati va Tojikiston Respublikasi 
Panjikent tumani hududi kiradi. Zarafshonning yuqori oqimida ilk 
o‘rta asrlar davriga xos barcha turdagi arxeologiya yodgorliklari 
mavjud. Ko‘hna shahar xarobalari nisbatan yaxshi o‘rganilgan 
yodgorliklardir. O‘lkada ilk o‘rta asrlar davrida o‘ttizdan ortiq shahar 
va shaharchalar faoliyat yuritgan. Ulardan Afrosiyob va Panjikent 
ko‘hna shaharlari yaxshi o‘rganilgan. 


197 
So‘g‘dning ilk o’rta asrlar xaritasi 
Afrasiyob Samarqandning ilk o‘rta asrlar davri eng yirik shahar 
markazi. V–VI asrlarda shaharning maydoni keskin qisqarib (75 ga) 
qisqarib ketadi. VII asrga kelib shaharning antik davridagi qudrati 
qayta tiklanadi. Arablar istilosi davrida mahalliy aholining shahardan 
ommaviy chiqarib yuborilishi oqibatida u bo‘shab, turg‘unlikni 
boshidan kechiradi. VIII asrning ikkinchi yarmidan aholining 
shaharga qaytib kelishi uning yanada o‘sishiga olib kelgan. Bu darda 
Samarqand to‘rt qism: ark, ichki, tashqi shahriston va rabotlardan 
tashkil topib, hududi antik davridagiga nisbatan bir necha barobariga 
kengayadi. 


198 
Elchilar sardori 
Zarafshon daryosining yuqori 
oqimi 
hududida 
Ko‘hna 
Panjikent shahri xarobalari 
saqlanib qolgan. Manzilgoh 
ark, shahriston, shahar atrofi 
qismlaridan iborat. Shahar 
arki o‘rnida imoratlar qurilib, 
V asrda atrofi mudofaa devori 
bilan o‘rab olingan. V asr oxiri 
– VI asr boshida shahar 
maydoni kengayib
yangi 
mudofaa devori barpo etilgan 
va umumiy maydoni 13,5 ga 
Tuyadagi suvoriylar 
yetgan. Shaharning arkidagi 


199 
saroy majmuasi joylashgan. Saroy xonalari mazmunan boy rang- 
tasvir va yog‘och o‘ymakorlik naqshlari bilan bezatilgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling