Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet96/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
 
1. O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar etno-madaniy jarayonlarini izohlang. 
2. O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asr mulkiy munosabatlarini bayon qiling. 
3. Ilk o‘rta asrlar davri mulkiy munosabatlarning moddiy 
madaniyatga ta’sirini bayon qiling. 
4. O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asr metallurgiya ishlab chiqarish 
taraqqiyotini yoritib bering. 
5. O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asr madaniy taraqqiyotida qanday 
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 
6. O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asr tashqi savdo munosabatlarini 
yoritib bering. 
7. O‘rta Osiyoning ilk o‘rta shahar madaniyati xususiyatlarini izohlang. 
8. O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asr diniy munosabatlari qanday kechgan? 


215 
2-bob. O‘rta asrlar davri moddiy madaniyati 
 
Kalit so‘zlar: ark, shahriston, rabot, koshin, girih, islimiy, gumbaz, 
minora, maqbara , karvonsaroy. 
O‘rta asrlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari. O‘rta Osiyonig 
IX–XIII asrlar boshlariga oid tarixi chuqur siyosiy jarayonlar, ya’ni 
yirik feodal davlatlarning vujudga kelishi va ularning almashinuvi 
bilan tavsiflanadi. IX asrning oxirgi choragidan boshlab arab 
xalifaligidan mustaqil siyosat yurita boshlagan toxiriylardan boshlab, 
mo‘g‘ullar istilosiga qadar somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, 
saljuqiylar, g‘aznaviylar davlatlari faoliyat yuritgan. Siyosiy jarayonlar 
bevosita mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga 
o‘zining ta’sirini o‘tkazgan. 
Rivojlangan o‘rta asrlar davrida yirik feodal davlatlarning qaror 
topishi siyosiy barqarorlikning ta’minlanishiga, mintaqaning iqtisodiy 
yuksalishi va tashqi savdo aloqalarining rivojlanishiga olib keladi. 
Savdo munosabatlarining yuksalishi, ixtisoslashgan hunarmandchilik 
ishlab chiqarishining o‘sishini ta’minlaydi 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling