Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Xorazm. Xorazmning ilk o‘rta asrlar (IV–VII) davri afrig‘iylar 
sulolasi hukmronligi yillariga to‘g‘ri keladi. Bu darga oid arxeologik 
yodgorliklarning ko‘pchilik qismi qishloqlar va kam sonli shahar 
turidagi manzilgohlardan iborat. Xorazm ilk o‘rta asrning boshida 
ma’lum inqiroz davrini boshidan kechiradi. Yirik kanallar orqali 
sug‘orilgan kichik mikrovohalar suvsizlanishi natijasida dehqonchilik 
susayib, ayrim joylari bo‘shab qoladi. Antik davri Oqchaxonqal’a, 
Tuproqqal’a, Xiva va kabi yirik shahar markazlarida hayot sustlashib, 
qisman tashlandiq holga kelib qoladi. 
Eski shaharlarda (Xozarasp, Xiva va boshqalar) hayot davom 
etadi. O‘rta asr yozma manba ma’lumotlari va kam sonli arxeologik 
ma’lumotlarga qaraganda Xozarasp Xorazmning ilk o‘rta asrlar davri 
yirik ishlab chiqarish va madaniyat markazi bo‘lgan. 
Mizdaxkan manzilgohi Xorazmning o‘rta asrlar davridagi yirik 
shaharlaridan birining o‘rni hisoblanadi. Maydoni kichik bo‘lgan 
yodgorlikda arxeologik qazishmalar amalga oshirilmagan. Uning 
yonidagi mazkur davrga oid qabriston qisman o‘rganilgan, xolos. 
Burgutqal’a manzilgohi (maydoni 6 ga dan ortiq) ikki qismli 
ilk o‘rta asr shahri xarobasi. Ko‘hna shahar mudofaa devori bilan 
o‘rab olingan. Arkda baland sahni ustida qurilgan ma’muriy bino, 
minorasifat baland inshoot – donjon o‘rin olgan. Shahriston qismida 
aholi uy-joy imoratlari joylashgan. Ko‘hna shahar Xorazmning VI–
VII asrlardagi iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri bo‘lgan. 
Xorazm vohasining VI–VIII asrlar davriga oid shaharlari 
to‘g‘risida yetarli yozma ma’lumotlar mavjud emas. Nisbatan aniq 
ma’lumotlar so‘nggi davr yozma manba ma’lumotlarida keltirilgan. 
O‘rta asr mualliflari (Tabariy, Belazuriy va Ibn al-Asama) manbalarida 
keltirilgan ma’lumotlarda Xorazmning VII–VIII asrlardagi poytaxti 
shahri Qiyot (Al-Fir) uch qismdan iborat bo‘lgan. Shaharning barcha 
qismi zichlangan tuproqdan barpo etilgan umumiy mahofaza 
devoriga ega bo‘lgan. 


208 
Xorazmning ilk o’rta asrlar xaritasi 
Qishloq turidagi manzilgohlarining soni nisbatan ko‘pchilikni 
tashkil etadi. Dehqonchilik qishloqlarining aksariyat qismi 
mustahkam mudofaa devoriga ega uy-qo‘rg‘onlar va qasrlardan 
iborat. 
Ilk o‘rta asrning dastlabki bosqichida vohaning moddiy madaniyati- 
da pasayish kuzatiladi. Xorazmning bu davri sopol buyumlari arxaik 
davri usulida qo‘lda yasala boshlaydi. Bu davrda So‘g‘d va Sirdaryoning 
o‘rta oqimi hududi kulolchiligida o‘xshashliklar kuzatiladi. VI asrdan 
boshlab sopol buyumlarning sifati yaxshilanib borada, kulolchilik 
charxida yasalgan sopol buyumlari soni ko‘payadi. 


209 
Xorazmliklarning g‘oyaviy hayotida antik davri zardushtiylik diniy 
e’tiqodi saqlanib qoladi. Dastlabki davr ostadonlari antik davridagi kabi 
xilma-xillikni saqlab qolgan. VI asrdan boshlab ostodonlari ma’lum 
andazaga qat’iy amal qilinib, to‘rtburchak shaklda yasaladi. Ostadonlar, 
asosan loydan, qisman tosh va alebastrdan ishlangan. Ostodonlar 
sirtiga marhumning ismi – sharifi va uning ruhiga bag‘ishlangan ezgu 
tilaklar bitilgan. Ayrim ostodonlarning sirtiga marhumga aza tutish 
odatlar bilan bog‘liq bo‘rtma tasvirlar ham solingan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling