226
Interstadial – muzlik oralig‘i davrining issiq iqlimli bosqichi.
Katakomba – yon tomonida mayit quyish uchun mo‘ljallangan
xilxonasi ega qabr (lahat) qabr.
Kenotaf – mayitsiz qabr.
Klekton – tosh qurolliga ishlov berish usuli. Ashell davrida
foydalanilgan.
Kliver – toshdan yasalgan qo‘lbolta. Ilk paleolit davrida ishlatilgan.
Krematsiya – marhumlarni yoqib, kulini ko‘mish usuli.
Qabr-qo‘rg‘on – qabr ustida tuproq, chim yoki toshdan baland
qilib ko‘tarilgan inshoot.
Makrolit – yirik tosh quroli.
Malaxit – tarkibida mis minerali bo‘lgan yashil rangli tosh.
Do'stlaringiz bilan baham: