Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Megalit – yirik tosh bloklaridan ishlangan qadimgi inshoot.  Mikrolit


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
Arxeologiya

Megalit – yirik tosh bloklaridan ishlangan qadimgi inshoot. 
Mikrolit – chaqmoqtoshdan yasalgan trapetsiya, sigment va 
uchburchak shaklli kichik o‘lchamli tosh qurollari, odatda undan 
kamon o‘qining uchi va kesuvchi qurol tig‘i sifatida ishlatilgan. 
Monoxrom – bir xil rangli bo‘yoq. 
Naus – otashparastlar xilxonasi 
Nekropol – marhumlar shahri. Antik davri mozorlari shunday 
nomlangan. 
Nukleus – tosh quroli yasash uchun bo‘lakcha sindirib olishga 
mo‘ljallangan o‘zak yoki asos. 
Ossuariy – zardushtiylik diniy odatiga ko‘ra marhumning etdan 
tozalangan suyagini saqlash uchun mo‘ljallangan sopol yashik. Ular 
odatda to‘rtburchak, aylana va boshqa shaklda loydan, ayrim hollarda 
toshdan yasalib, yuqorisida qopqog‘iga ega bo‘lgan. 
Oxra – qizg‘ish-jigar rangli tusga kirgan temir zangi. 
Paleobotanika – qadimgi o‘simliklarni o‘rganuchi fan. 
Pandus – shahar arkiga chiqadigan ko‘tarma yo‘lak. 
Polixrom – har xil rangli bo‘yoq. 
Rabod – o‘rta asrlar davri sharq shaharlarining shahriston 
atrofidagi savdo-ishlab chiqarish joylashgan qismi. 
Rabot – savdo yo‘llarida joylashgan istehkom, karvonsaroy. 
Riton – mol shoxidan yasalgan idish. Qadimda loydan yasalgan. 


227 
Stratigrafiya – manzilgohlar va boshqa arxeologiya obyektlarida 
insoniyat hayoti faoliyatinining aks etgan madaniy qatlam. 
Tigel – olovga chidamli loydan metall yoki shisha eritish uchun 
mo‘ljallangan idish. 
Xazina – yer ostiga yashirib qo‘yilgan qimmatbaho metallardan 
yasalgan zargarlik buyumlari, tangalar va boshqa buyumlar majmuasi. 
Sista – ichki tomoniga tosh terib chiqilgan dafn inshooti. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling