Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Choch-Iloq. Ilk o‘rta asr davri xitoy manbalarida Shi, Chjeshe
(Chjesi) nomlari bilan tilga olingan Choch-Iloq o‘lkasi Chirchiq, Kalas va Ohangaron vohalari hududdini egallagan. VI asrning boshlarida Chochdan Iloq mustaqil mulklik sifatida ajralib chiqadi. Toshkent vohasida ilk o‘rta asr davriga oid 300 dan ortiq arxeolo- giya yodgorliklar qayd qilinib, ularning 32 tasini Y.F.Buryakov shahar sirasiga kiritgan. Ilk o‘rta asrda vohada antik davri shaharlarining yanada rivojlanishi bilan birga yangi shahar markazlari vujudga keladi. Ayniqsa, bu jarayon iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan savdo yo‘llari chorrahalari va metallurgiya ishlab chiqarishi hududida jadal kechgan. Bu davrda Kanka, Shahruxiya, Mingo‘rik, Eski Toshkent, Ko‘hna Chinoz, Oqqo‘rg‘on, Kavardan, Kindiktepa, Xonobod, Ulkanto‘ytepa, Imloq, Obliq, Qulota, Dalvarzintepa, Shohjuvartepa va boshqalar shaharlar vohaning iqtisodiy va madaniy markazi bo’lgan. Qanqa manzilgohi o‘rnida rivojlangan shaharning o‘lka shaharlari orasidagi yetakchilik mavqeyi saqlanib qoladi. Lekin bu davrda Qanqada ham O‘rta Osiyoning boshqa yirik shaharlarida bo‘lgani kabi inqiroz jarayoni kuzatilgan. Ilk o‘rta asrning birinchi bosqichida shaharning maydoni 45 ga ga qisqarib ketadi. O‘lka Turk hoqonligi tarkibiga kirgandan so‘ng shahar yanada rivojlanishi natijasida hududi kengayib, rabot qismi shakllanadi. Shahar har tomonlama rivojlanib vohadagi yirik savdo-ishlab chiqarish va madaniy markaziga aylanadi. VII asrning boshlarida Qanqa aholisining mahalliy hokimiyatga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘alonni bostirish jarayonida shahar qisman talafot ko‘rib, mamlakat poytaxti maqomini yo‘qotgan. Mamlakat poytaxti Mingo‘rik manzilgohi o‘rnidagi shaharga ko‘chirilgan. 210 Antik davrida shakllangan Mingo‘rik ilk o‘rta asrda yanada vohaning yirik markaziga aylanadi. Shahar arki, shahriston qismlaridan tashkil topib, atrofi mudofaa devori bilan o’rab olingan. Shahar arki xarobasida aniqlangan saroy majmuasi tarkibida hukmdor qabulxonasi, yashash xonalar, saroy ahli ibodat qiladigan sajdagoh va xo‘jalik qismlari o‘rin olgan. Shahar VIII asrning boshida arab istilochilariga qarshi kurash natijasida inqirozga uchraydi. Shahar hozirgi Eski Juva o‘rnida qaytadan jonlangan. Toshkent vohasining ajralmas qismini tashkil etgan Ohangaron havzasi Iloq o‘lkasini tashkil etadi. Qulay tabiiy sharoit va resurslarga boy bo‘lgan Iloq ilk o‘rta asrning boshgacha Choch davlati tarkibida bo‘lib, VI asrda ajralib chiqqan. O‘lkaning o‘rta asr yirik shahar markazlaridan biri Tunket shahri hisoblangan. M.Y.Masson shaharni Olmaliq shahridan 12 km shimoliy-sharqda joylashgan Imloq manzilgohi o‘rnida, A.Asqarov esa aksincha Suyirlitepa o‘rnida faoliyat yuritgan, deb hisoblaydilar. Ulardan Imloq yodgorligi nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Arxeologik qazishmalar shahar antik davridagi metallurglar qishlog‘i o‘rnida shakllangan. Manzilgoh Iloqning yirik konlariga yaqin joyida joylashib, rudalarni qayta ishlash uchun qulay markazga bo‘lgan ehtiyoj shahar darajasiga o‘sishiga olib keladi. Manzilgohning umumiy maydoni 17,5 ga ni tashkil etib, shimoliy tomonida beshburchak shakldagi 5 ga joyda ark o’rin olgan. Toshkent vohasida yirik shahar markazlaridan Xonabod, Ulkanto‘ytepa, Tukket, Kindiktepa va boshqa shahar turidagi manzilgohlari vohaning ilk o‘rta asrlar davri urbanizatsiyasi taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan. O‘troq dehqon aholisining asosiy mashg‘uloti sug‘orma dehqonchi- lik va bog‘dorchilikni tashkil etgan. Ziroatchilikda bug‘doy, arpa, tariq, no‘xat, bog‘dorchilikda uzum va mevali daraxtlar ekilgan. Ilgari o‘zlashtirilmagan sug‘orish tarmoqlaridan yuqorida joylashgan ekin maydonlariga chig‘iriq orqali suv chiqarilib, ekin maydonlar kengaytirilgan. Hunarmandchilik ishlab chiqarishda metallurgiyaning ahamiyati o‘sib borgan. Ayniqsa, vohaning Turk hoqonligi tarkibiga kirgandan 211 so‘ng xalqaro savdo yo‘lidagi mavqeyining kuchayishi Chotqol- Qurama tog‘lari konlariga bo‘lgan talabning oshishiga olib kelgan. Bu jarayon o‘z navbatida metallurgiya ishlab chiqarish sohasining yuksak darajada rivojlanishining muhim omillaridan biri sanalgan. Toshkent vohasi chetga metall xomashyosi yetkazib beruvchi markaz bo‘lib qolmasdan xalqaro bozor talabiga javob beradigan sifatli mahsulotlar ham ishlab chiqarilgan. Metallardan birinchi navbatda ish qurollari, uy-ro‘zg‘or anjomlari va qurol yarog‘lar yasalgan. Ilk o‘rta asrlar davrining ilk bosqichida kulolchilik buyumlari antik davri uslubida yasash an’anasi davom etadi. Ikkinchi bosqichida sopol buyumlarning turi ko‘payadi. Sopol buyumlari asosan oshxona va xo‘jalik buyumlaridan iborat bo’lgan. Kulolchilikda charxdan keng foydalanila boshlaydi. Toshkent vohasi O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar davri vohalari orasida iqtisodiy salohiyati yuqori o‘lkalaridan biri sanalgan. Bu borada o‘lkaning xalqaro savdo yo‘lida joylashganligi va tabiiy mineral resurslariga boyligi muhim o‘rin egallagan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling