Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
O‘rta asr shaharlari. Mustaqil feodal davlatlar, xususan,
samoniylar sulolasi davrida mamlakatning iqtisodiy va madaniy hayotiga jiddiy e’tibor berilib, muhim islohotlar o‘tkazadi. Ayniqsa, shaharlarni obodonlashtirish ishlari jadallashadi. Shaharlarning maydoni kengayib, ichki tuzilmalari murakkablashadi va yangi shaharlar paydo bo‘ladi. O‘rta Osiyoning barcha hududida shaharsozlik taraqqiyotida o‘sish davri boshlanib, shaharlar soni yanada ko‘payadi. Shaharlar ahamiyati, mavqeyi va maydoni jihatdan o‘zaro farq qilib, arxeologik belgilariga ko‘ra yirik, o‘rta va kichik shakllari ajralib turadi. Shuningdek, shaharlarning uchta qismi (ark, shahriston va rabot) to‘liq ajraladi. Shaharlarning obodonchiligi, sanitariya va gigiyena holatlariga alohida e’tibor berila boshlaydi. Shahar ko‘chalarga tosh to‘shaladi, ichimlik suvi va oqovalarda sopol quvurlardan foydalanila boshlaydi. Ishlab chiqarish inshootlari shahardan tashqariga, rabot qismiga ko‘chiriladi. 216 O‘rta arslar davri tarixiga oid yozma manba ma’lumotlari arab va fors mualliflari Istaxriy (X asr o‘rtalari), Muqaddasiy (X asr oxiri), Ibn Xavqal, Qudama va Ibn Xurdadbek asarlarida saqlanib qolgan. Ular asosan geografik mazmunga ega bo‘lgan. Ushbu yozma manbalar O‘rta Osiyo hududidagi shaharlar ro‘yxati, joylashgan o‘rni va ular oralig‘idagi masofa to‘g‘risida ma’lumotlar tafsilotidan iborat. Yozma manbalar matnlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlar ham mavjud. O‘rta Osiyoning eng yirik markazi bo‘lgan Buxoro shahri qadimgi o‘rnida rivojlanadi. IX asrning o‘rtalarida shahar yangi mudofaa devorlari bilan o‘rab olinib, uning 11 ta darvozasi mavjud bo‘lgan. Shahar arkida yangi qurilish inshootlari, xususan, saroy, devonlar saroyi va boshqa jamoatchilik imoratlari barpo etilib, tashqi tuzilishi tubdan o‘zgaradi. Buxoro shahrining ark qismida 713-yili arablar dastlabki masjidni barpo etishadi. Biroz kechroq Registon maydonining shimoliy qismida nomozgoh, 795-yili jome masjidlari qurilgan. 919-yili unga tutashtirib O‘rta Osiyoda dastlabki minora barpo etiladi. 1068-yilda minoraning yog‘ochdan barpo etilgan tepa qismi yonib, pishgan g‘ishtdan qayta quriladi. Yozma manba ma’lumotlarida keltirilgan ma’lumotlarning guvohlik berishiga ko‘ra shahar atrof hududi keng bog‘lar, davlatmand va mansabdor shaxslar uy-joy imoratlari bilan band bo‘lgan. O‘rta Osiyoning yirikshahar markazlaridan biri bo‘lgan Samarqand shahri bu davrda ark, shahriston va rabot qismlaridan tashkil topib, asosiy qismi Afrosiyob o‘rnida faoliyat yuritgan. Shaharning to‘rt tomonida Kesh, Navbaxor, Buxoro va Xitoy darvozalari joylashgan. Janubdagi Kesh darvozasi orqali yangi rabot tomondan kirilgan. Buxoro darvozasi shimoliy qismida arka yaqin joyda bo‘lgan. Arablar bosqiniga qadar Afrosiyobdan tashqarida devori qiyomat barpo etilgan bo‘lib, uning 12 ta darvozasi bo‘lgan. Samarqand shahri Somoniylar davlati poytaxti bo‘lgan davrda uchburchak madinaning g‘arbida bir necha mahobatli qurilish inshootlari, xususan, saroy barpo etiladi. Ma’muriy markaz Buxoroga ko‘chirilgandan so‘ng qurilish ishlari to‘xtaydi. Bog‘dodlik geograf ibn Havqal (X asr) 217 shahar madinasining tashlandiq holga kelib qolgani, aksincha rabot qismining rivojlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumot keltirgan. Unda shuningdek, shaharning suv ta’minotida quvurlardan foydalanish, shahristondagi karvonsaroy, savdo-ishlab chiqarish inshootlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham keltirib o‘tilgan. Shahar mo‘g‘ullar istilosida ko‘p talafot ko‘rib, uzoq muddat turg‘unlik davrini boshidan kechiradi. O‘rta asr manbalarida birgina Toshkent vohasi hududida 50 dan ortiq shaharlar va shaharchalar ro‘yxati keltirib o‘tilgan. Istaxriy bejizga Mavorounnahr va Xurosonda jome masjidlari (masjid – musulmon olamida shaharni belgilovchi asosiy alomat) sonining ko‘pligi jihatdan Toshkentga teng keladigan o‘lka uchramaydi, degan tarifini aytmagan. Muallif ma’lumotlarida “Choch va Iloq mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan, darvozalar, arklar, rabotlar, bozorlarga ega bo‘lib, ariqlar oqib o‘tadigan shaharlarga boy” o‘lka sifatida ta’riflangan. Ulardan eng yirigi Binket, Xarashket, Benoket hisoblangan. Binket shahri vohaning ma’muriy markazi hisoblanib, uning chegarasi hozirgi Eski Jo‘va hududidagi Chorsu bozori hududidan o‘tgan. M.Y.Masson shahar rabotining muhofaza devorini kuzatib, shahristonning 16 ga maydonini chegaralagan va rabotining chegarasi va mudofaa devorining o‘rnini aniqlashga erishgan. Toshkent vohasining yirik shaharlaridan biri Xarashket Buyuk Ipak yo‘lidagi yirik savdo-ishlab chiqarish markazi sifatida faoliyat yuritgan. Umumiy maydoni 220 ga dan iborat. Qanqaning bu davrdagi arki, uchta shahriston, rabot qismlaridan tashkil topib, uch halqa mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan. Yodgorligining janubiy qismida taxminan 10 ga maydondagi ixtisoslashgan hunarmandchilik ishlab chiqarish inshootlari, karvonsaroy va bozor shaharning voha- +dagi yirik savdo-iqtisodiy markaz bo‘lganligini ko‘rsatadi. Shahar mo‘g‘ullar istilosiga qadar (XII asr boshlarida) daryo o‘zanining o‘zgarishi sababli tashlandiq holga kelib xarobaga aylanadi. Buyuk Ipak yo‘lidagi yirik shaharlardan biri hisoblangan Benoket Sirdaryo kechivuda joylashgan. Bu shaharning savdo yo‘lidagi ahamiyati yuqori bo‘lib, mustaqil tanga chiqaradigan zarbxonasiga 218 bo‘lgan. Maqdisiy qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra shahar aholisi yuksak harbiy jasoratga ega bo‘lganligi sababli shaharda muhofaza devorlari bo‘lmagan. Hozirgi paytda Sirdaryo toshqinlarida shaharning asosiy qismi yuvilib ketishi barobarida ark butunlay nobut bo‘lgan. Shahristonda qurilish imoratlarining o‘rni, rabot qismida kulollar va shishasozlar ustaxonalari o‘rganilgan. Shahar mo‘g‘ullar istilosi davridagi to‘rt kunlik qamal so‘ng vayron qilinib, xarobaga aylangan. Termiz uch qismdan iborat shahri bo‘lib, uning maydoni 500 ga yetgan. Shaharning barcha qismlari alohida mudofaa devorlariga ega bo‘lgan. Shaharda termizshohlar saroyi, aholining uy-joy imoratlari, savdo-hunarmandchilik inshootlari va boshqa turdagi imoratlarning o‘rni aniqlangan. Termiz shahri XI–XII asrlarda taraqqiyotining yuqori darajasiga ko‘tarilib, XIII asrda mo‘g‘ullar bosqini tufayli inqirozga yuz tutadi. Qashqadaryoning asosiy shaharlar markazlari Nasaf, Koson, Kesh va boshqa shaharlari rivojlangan. Nasaf hozirgi Shulluktepa manzilgohida o‘rnida faoliyat yuritgan. Shulliktepa yodgorligi ark, shahriston va rabot qismlaridan tashkil topgan. Xorazmda Urganch, Xiva, Xozarasp shaharlari faoliyat yuritgan. Farg‘ona vodiysida Quva, Axsikent, Andijon, O‘sh, Qo‘qon va boshqa katta-kichik shaharlar bo‘lgan. Umuman O‘rta Osiyoning IX–XIII asrlarda shahar yuksak darajada rivojlanib, ular ma’lum davlat yoki viloyatning ma’muriy markazi bo‘lish bilan birgalikda, savdo- iqtisodiy va madaniy markazlar ham hisoblangan. XIII asrning boshida Chingizxon boshchiligida mo‘g‘ul-tatarlar bosqinida O‘rta Osiyoning ko‘pgina shaharlari (Samarqand, Termiz, Benoket) vayron qilinib, ba’zilari butunlay inqirozga uchragan bo‘lsa, ba’zilari uzoq muddat tashlandiq holiga kelib qoladi. XIV asrning boshlarida mintaqada ma’lum siyosiy barqarorlik hukm surib, Chig‘atoy ulusi hukmron doirasi vakillari olib borgan obodonchilik ishlari natijasida ayrim shaharlar (Qarshi, Andijon) yangi joylarda qaytadan tiklanadi. O‘rta Osiyo shaharsozligi taraqqiyotining keyingi bosqichi Movaraunnahrda Sohibqiron Amir Temur hokimiyatining o‘rganilish va temuriylar sulolasi hukmronligi bilan bog‘liq bo‘lib, mo‘g‘ullar davrida vayron etilgan shaharlar qayta tiklanib, rivojlanish davom 219 etadi. Shaharsozlik taraqqiyoti o‘zining yuksak cho‘qqisiga Amir Temur davrida ko‘tariladi. Bu davrda nisbatan Samarqand va Shahrisabzning obodonchiligiga katta e’tibor qaratilib, asosiy qurilish ishlari va me’morchilik inshootlari mana shu ikki shaharda barpo qilingan. Amir Temur farmoni bilan Toshkent vohasining Sirdaryo bo‘yida joylashgan Benoket shahri Shohruxiya nomi bilan qayta tiklanadi. Shuningdek, temuriylar davrida Hirot shahrida ham jiddiy qurilish ishlari olib boriladi. A.Navoiyning sa’y harakatlari bilan ko‘plab jamoatchilik imoratlari barpo etiladi. So‘nggi o‘rta asrlar davrida dunyo tarixida sodir bo‘lgan muhim o‘zgarishlar O‘rta Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Dengiz yo‘lining ochilishi O‘rta Osiyo hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li ahamiyatini yo‘qotib, fan- texnika va madaniy taraqqiyot yutuqlaridan chetda qolib ketadi. Shuningdek, xonliklar davri hokimiyati taxti uchun o‘zaro kurashi, markaziy hokimiyatning beklar bilan olib borilgan doimiy kurashi mintaqaning madaniy rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling