Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Burgulik madaniyatiToshkent vohasi hududida ilk temir davrida 
Burgulik madaniyati faoliyat yuritadi. Burgulik madaniyatga oid 20 dan 
ortiq manzilgohlar aniqlanib, ulardan o‘rin olgan 50 ga yaqin uy-joylar 
o‘rganilgan. Y.F.Buryakov Burgulik madaniyatini ikki bosqichga ajratgan: 
Burgulik (I mil. avv. IX–VII asrlar) Buruglik II (mil. avv. VI–IV asrlar). 
Tuyabo‘g‘iz suv ombori hududida, Ohangaron daryosining ikkala 
sohilidagi qadimgi qishloqlarda Burgulik madaniyatiga oid yerto‘la uy- 
joylarning o‘rni saqlanib qolgan. Uy-joylarning yirik, o‘rtacha va kichik 
o‘lchamli turlari ajralib turadi. Uylar aylana yoki cho‘ziq shaklida bo‘lib, 
eshigi daryo tomon qaratib qurilgan. 
Burgulik madaniyati aholisi liman usulli sug‘orish uchun qulay bo‘lgan 
soylarning etagida dehqonchilik qilgan. Dehqonchilikda bug‘doy va arpa 
ekilgan. Vohaning tog‘ va tog‘oldi dashtlarida chorvachilik rivojlangan. 
Chorvachilikda qo‘y, echki, qora mol va yilqi boqilgan. 
Metallarga ishlov berish yaxshi rivojlangan. Mis Chotqol-Qurama 
konlaridan qazib olingan. Bronzadan yasalgan mehnat qurollari va qurol- 
yarog‘lar, xususan, ikki quloqli bolta, o‘rog‘, pichoq, igna, bigiz, qoshiq, 
sovut, kamon paykoni topilgan. Ular O‘rta Osiyoning shimoliy hududi 
moddiy topilmalar bilan o‘xshash. 
Sopol buyumlari mato qolipda va tasmasimon usulda yasalgan. 
Sopollarning tagi dumaloq, qisman jigar rangli naqshlar bilan bezatilgan. 
Keyingi bosqichida yassi tagli sopollar paydo bo‘ladi. Naqshli sopollar soni 
kamayadi. 
Toshkent vohasi qadimdan O‘rta Osiyoning janubiy o‘troq 
dehqonchilik o‘lkalari bilan shimoliy chorvador qabilalari o‘rtasidagi 


151 
o‘ziga xos aloqa hududini tashkil etgan. Tadqiqotchilar qadimgi fors 
yozma manbalarida keltirilgan “tigraxauda saklari”ni Sirdaryo o‘rta 
oqimining o‘ng sohil yerlariga joylashtirgan. Yunon geografi Strabonning 
“Geografiya” asarida Yaksart (Sirdaryo) ortida yashagan saklar 
g‘orlarda yashaganligi to‘g‘risida ma’lumot saqlangan. Muallif burgulik 
madaniyatiga oid yerto‘la uylarni g‘or, deb tushungan bo‘lsa kerak. 
Burgulik madaniyati uylari 1. Yer tula uy 
2. Juft uy(1-2 O‘ralar) (3-4 O‘choqlar) 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling