Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Ustrushona. Ustrushona o‘lkasi Farg‘onadan janubiy-g‘arbda So‘g‘d 
va Choch oralig‘ida yerlarda joylashgan. O‘lkada o‘troq dehqonchilik 
madaniyati kechroq vujudga kelgan. Bu yerda ilk temir davriga oid 
kam sonli yodgorliklar o‘rganilgan. Nurtepa manzilgohi nisbatan eng 
qadimgi va yirigi hisoblanadi. Manzilgoh mil.avv. VII asrda shakllangan. 
Mil. avv. VI–V asrlarda manzilgohning atrofi mudofaa devori bilan o‘rab 
olinib, qadimgi shahar shakllangan. Umumiy maydoni 18 ga dan iborat 
ko‘hna shahar ark va shahriston qismlaridan tashkil topgan. Manzilgoh 
ichkarisida qurilish imoratlari tarqoq joylashgan. Dastlab uylar yerto‘la 
shaklda bo‘lgan, keyingi bosqichda paxsa va xom g‘ishtdan yer ustida 
qurila boshlaydi. 
Ustrushonaning ilk temir davriga oid ikkinchi shahar markazi 
hozirgi Xo‘jand o‘rnida faoliyat yuritgan. Ko‘hna shahar ikki qismdan 
iborat bo‘lib, umumiy maydoni 20 ga, shundan arki 1 ga maydonni 
egallagan. Ko‘hna shaharning atrofi devor bilan o‘rab olingan. 
Xandaqlarning o‘rni saqlanib qolgan. 
Ustrushona xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. 
Bu davrda dehqonchilikda liman usulidan sun’iy sug‘orish tizimiga 
o‘tiladi. Ekin dalalari tog‘ daryolaridan bosh olgan ariqlar orqali sug‘orilgan. 
Metallarga ishlov berish hunarmandchiligi rivojlangan. Moddiy madaniyati 


146 
qo‘shni Chust, Choch va So‘g‘d hududlarning madaniy ta’sirida shakllangan. 
Ustrushonaning sopollari qo‘lda va charxda yasalgan. Sopollarning 
naqshsiz va qisman naqshli turlari mavjud. Ustrushonaning charxda 
yasalgan sopollari Baqtriyaning Yoz II bosqichi sopollariga, qo‘lda 
yasalgan sopol buyumlari esa Eylaton madaniyati sopollariga o‘xshaydi. 
Chust madaniyati. Chust madaniyati Farg‘ona vodiysida joylash- 
gan so‘nggi bronza va ilk temir davrlariga oid madaniyat. Farg‘ona 
vodiysi hududi Sirdaryoning o‘ndan ortiq irmoqlaridan iborat katta- 
kichik dehqonchilik vohalaridan tashkil topgan. Chust madaniyatiga oid 
manzilgohlar mazkur vohalarda joylashgan. Ulardan eng yirik yiriklari 
O‘zgan, Qorasuv, Tava-Koson, Qoradaryo-Xo‘jabod hisoblanadi. 
Chust madaniyatining ilk temir davriga oid manzilgohlar 
maydoni jihatdan yirik, o‘rtacha va kichik turlari ajralib turadi. Yirik 
manzilgohlar (Dalvarzintepa, Ashkol), o‘rtacha manzilgohlar (Chust, 
Dehqon) qadimgi shahar markazini va kichik manzigohlar esa 
dehqonchilik qishloqlarini tashkil etgan. 
Yirik manzilgohlar ark, aholi yashaydigan va atrofi qismlaridan 
iborat. Farg‘ona vodiysining eng yirik manzilgohi Dalvarzintepa 
hisoblanib, umumiy maydoni 25 ga dan iborat. Manzilgoh to‘rt qismdan 
iborat bo‘lib, ularning uchta qismi alohida mudofaa devori bilan o‘rab 
olingan. Ark manzilgohning shimoli-g‘arbiy qismida, maydoni 2,2 ga 
joyda joylashib, atrofi xom g‘ishtdan qurilgan mudofaa devori bilan 
o‘rab oligan. Aholi yashaydigan qismi 13 ga bo‘lib, alohida mudofaa 
devoriga ega. Dalvarzintepaning 5 ga dan iborat uchinchi qismi ham 
devor bilan o‘rab olingan. Bu yerda madaniy qatlam uchramaydi, ochiq 
joydan iborat. Undan harbiy xavf paytida atrofda yashaydigan aholi yoki 
chorva mollari jon saqlaydigan joy sifatida foydalangan bo‘lsa kerak. 
Farg‘ona vodiysining g‘arbida Chust shahri yaqinida shu nomli 
manzilgoh joylashgan. Umumiy maydoni 4 ga dan iborat Chust manzilgohi 
ikki qismdan iborat. Manzilgohning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan 
ark (1,5 ga) mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Manzilgohning qolgan 
asosiy qismi muhofaza qilinmagan. Mudofaa devor ushbu madaniyat 
faoliyatining rivojlangan bosqichida paxsa va xom g‘ishtdan barpo etilgan. 
Kichik manzilgohlar bir necha xonali alohida hovlidan iborat. 
Ular o‘troq dehqonlar jamoasi katta patriarxal oilasining uy-joyini 


147 
tashkil etgan. Chust madaniyatining ilk bosqichida aholisi yerto‘la 
va yarim yerto‘la uylarda yashagan. Ikkinchi bosqichida uy joylar 
yerning ustida paxsa va xom g‘ishtdan qurila boshlaydi. 
Chustliklar dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaligi bilan kun 
kechirgan. Dehqonchilikda arpa, bug‘doy, tariq va boshqa dukkakli 
o‘simliklar ekilgan. Dehqonchilik liman usulida sug‘orishga asoslangan. 
Dehqonchilikning muhim tarmog‘i-bog‘dorchilik yaxshi rivojlangan. 
Chorvachilikda qoramol, qo‘y, echki va yilqi boqilgan. Daryo va ko‘l 
bo‘ylarida yashagan aholi baliqchilik xo‘jaligini ham yuritgan. 
Ular kulolchilik, to‘qimachilik, bronza quyish ishlari bilan yaxshi 
tanish bo‘lgan. Manzilgohlardan qo‘lda yasalgan sopollar, tosh, suyak 
va metaldan yasalgan buyumlar topilgan. Kulolchilik buyumlari qo‘lda 
yasalgan, sirtiga turli naqshlar chizilgan. Mis va bronzadan uy-ro‘zg‘or 
anjomlari va qurol yarog‘lar yasalgan. 
Farg‘onaning so‘nggi bronza va ilk temir davri yodgorliklari xaritasi 
Chust madaniyatining shakllanishiga masalasida mutaxassislar 
tomonidan turli xil fikrlar bildiriladi. A.Asqarov mahalliy Andronovo 
madaniyatiga mansub chorvador aholning o‘troqlashishi natijasi
deb hisoblagan bo‘lsa, V.I.Sarianidi O‘rta Osiyoning janubidan 
kelgan aholi asos solganligini aytgan. L.Sverchkov bu madaniyatning 


148 
ildizini Sharqiy Turkistonning Tarim vohasi bilan bog‘lashga 
harakat qilgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling