Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
So‘g‘d. So‘g‘dning shimoliy va janubiy qismida ilk temir davrining
boshida o‘troq dehqonchilik madaniyati qaror topgan. Samarqand va Qashqadaryo vohalaridagi Afrosiyob, Ko‘ktepa, Uzunqir, Podayotoqtepa va Yerqo‘rg‘on yodgorliklari o‘rnida ilk temir davrining dastlabki qishloqlari shakllangan. Keyingi bosqichda qishloqlar murakkablashib, yirik shahar markaziga aylanadi. Afrosiyob qadimiyligi va ahamiyati jihatdan So‘g‘d manzilgohlari orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Manzilgohning quyi qatlamida (Afrosiyob 0a) dastlab o‘zlashtirilgan davrda qurilgan yerto‘la uy- joylar ochilgan. Keyingi bosqichida (Afrosiyob 0b – mil. avv. VIII– VII asrlar) 19 ga joy yassi-qavariq g‘ishtdan terilgan devori bilan o‘rab olinib, Samarqand shahriga tamal toshi qo‘yiladi. Ahamoniylar davrida shahar yanada taraqqiy etib, yangi imoratlar quriladi va ichki tuzilishi murakkablashib boradi. Shimoliy So‘g‘dning Afrosiyob bilan tengdosh bo‘lgan boshqa bir shahri Ko‘ktepa manzilgohi o‘rnida faoliyat yuritgan. Bu manzilgoh Samarqand shahridan 30 km shimoliy-g‘arbida Chelak tumani hududida joylashgan bo‘lib, M.X.Isamiddinov rahbarligidagi o‘zbek- fransuz ilmiy ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganilgan. Umumiy maydoni 90 ga dan iborat yodgorlikning bir qismi zamonaviy yer o‘zlashtirish jarayonida buzilib ketgan. Manzilgohning shakllangan ilk bosqichiga (Ko‘ktepa I) oid madaniy qatlamida yerto‘la o‘y-joy imoratlari va qo‘lda yasalgan naqshli sopollar o‘rganilgan. Ikkinchi (Ko‘ktepa II) bosqichidan boshlab uy-joy imoratlar yer ustida barpo qilina boshlaydi. Manzilgohning 23 ga maydonni o‘rab olgan mudofaa devori ikkinchi bosqichida barpo etilgan. Arkda baland tag kursi ustida barpo etilgan ikkita mahobatli imorat joylashgan. Ulardan biri saroy, ikkinchisi otashparastlik ibodatxonasining o‘rni bo‘lgan. Demak, ilk temir davrining ikkinchi bosqichida Shimoliy So‘g‘d hududi ikkinchi bir yirik shahar markazi paydo bo‘ladiki, uni tadqiqotchi olimlar antik davri yunon yozma manbalarida qayd etilgan podsho qarorgohi – Bazileya shahri bilan qiyoslaydilar. 142 Shahar ellinlar davrida ham faoliyat yuritgan. Shimoliy So‘g‘dda dehqonchilik va chorvachilik asosiy xo‘jalik turi hisoblanib, dastlabki bosqichda chorvachilikning mavqeyi yuqori bo‘lgan. Ko‘ktepa manzilgohining quyi qatlamida ko‘proq qora mol suyaklari uchrashiga qaraganda, aholi xonaki chorvachilik bilan shug‘ullangan. Bu davrda dehqonchilik liman yoki lalmi shaklida bo‘lib, ilk temir davrining keyingi bosqichida ariqlar barpo qilingandan so‘ng sug‘orma dehqonchilik yetakchi o‘rinni egallaydi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling