Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Muvzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. O‘rta Osiyoning antik davri arxeologiyasi
Muvzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Ilk temir (Yoz I) davri etno-madaniy jarayonlari nimalardan iborat? 2. Ilk temir (Yoz II) davrida qanday yutuqlarga erishilgan? 3. O‘rta Osiyoning shimolida ilk temir davri qanday jarayon kechgan? 4. Janubiy Turkmanistonning madaniy taraqqiyotini tavsiflang. 5. Marg‘iyona ilk temir davrida qanday jarayonlar sodir bo‘lgan? 6. Qadimgi Baqtriya jamiyati taraqqiyotining omillari nimada? 7. Qadimgi So‘g‘d jamiyatining o‘ziga xos xususiyatini izohlang. 8. Qadimgi chorvadorlar qanday ijtimoiy munosabatga ega bo‘lgan? 9. Ustrushonals arxaik davrida qanday jarayonlar sodir bo‘lgan? 10. Xorazm madaniy taraqqiyotining omillari nimada? 11. Qadimgi Choch jamiyatining o‘ziga xos xususiyatini izohlang. 12. Qadimgi Fargo’naning madaniy taraqqiyotini tavsiflang.? 158 2-bob. O‘rta Osiyoning antik davri arxeologiyasi Kalit so‘zlar: Antik davri, Baqtriya, Shimoliy Parfiya, So‘g‘d, Marg‘iyona, ellin madaniyati, Davan, Qovunchi madaniyati, Xorazm. Antik davri xususiyatlari. O‘rta Osiyo mil. avv. IV asrning boshigacha ahamoniylar tarkibiga kirgan bir necha satraplikdan iborat bo‘lgan. Mil. avv. 327-yili Sirdaryoning o‘rta oqimigacha cho‘zlgan yerlar yunonlar tomonidan bosib olingan. Aleksandr Makedonskiy vafotidan so‘ng bu yerlar (mil. avv. IV asrlar oxirida) selevkiylar davlati tarkibiga kiradi. Mil. avv. III asrning boshida Yaksart (Sirdaryo) orti hududi, ya’ni Toshkent vohasi ham selevkiylar davlati tasarrufiga o‘tadi. Mil. avv. III asrning o‘rtalarida (mil. avv. 250-yil) Janubiy Turkmanistonda Yunon-Parfiya (arshakiylar), O‘zbekiston janubida Yunon-Baqtriya davlatlari qaror topadi. Yunon-Baqtriyaning chegarasi siyosiy vaziyat ko‘ra o‘zgarib borgan. O‘zaro urushlar tufayli siyosiy tanazzulga uchrayotgan Yunon-Baqtriya yerlari mil. avv. II asr ikkinchi yarmida (mil. avv. 140/130 yillar) shimoli-sharqdan kelgan yuechjilar tomonidan bosib olgan, keyinchalik Kushon podsholigi va imperiyalari (I–III asrlar) tarkibida bo‘lgan. Mil. avv. III asrda kushonlar davlati boshqaruvi sosoniy hukmdorlari qo‘liga o‘tadi. Mil. avv. IV asrda ko‘chmanchi toxarlar kushonlar davlatiga barham beradi. Shimoliy o‘lkalari, xususan Xorazm, Farg‘ona vodiysi va ko‘chmanchi sak-massaget qabilalari yunonlar ta’siridan chetda qolib, ularning tarixi o‘zgacha siyosiy jarayonlar bilan belgilanadi. Toshkent vohasi hamda Sirdaryoning quyi oqimigacha bo‘lgan yerlar mil. avv. III asrda tashkil topgan Kanguy davlati tarkibiga kirgan bo‘lsa, Farg‘ona vodiysi yerlarida xitoy manbalarida keltirilgan Davan (Dayuan) davlati faoliyat yuritgan. O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan mazkur siyosiy jarayonlar mahalliy xalqlarning madaniy hayotida o‘z aksini topib, u yoki bu xalqlar madaniyatining ta’siri ko‘rinadi. Ellin madaniyati O‘rta Osiyoning janubiy o‘lkalarida chuqur singan bo‘lsa, shimoliy xalqlar madaniyatida qisman namoyon bo‘ladi. 159 Ellin shaharsozligi uchun kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ilgaridan loyihalashtirilgan, aniq reja asosida qurilgan shaharlar xos. Shaharlar kvadrat xom g‘ishtdan barpo etilgan ikki qator mudofaa devori bilan o‘rab olinib, ular to‘g‘ri to‘rtburchak burjlar bilan kuchaytirilgan. Devorlar oralig‘ida soqchilar uchun mo‘ljallangan karidor mavjud bo‘lgan. Mudofaa devori va burjlarda shaxmat kataklari shaklida joylashgan shinak bilan kuchaytirilgan. Mudofaa devori xandaq bilan ixotalangan. O‘rta Osiyoning janubiy o‘lkalarining vujudga kelgan ko‘pgina shaharlar ellin qurilish usulida barpo etilgan. Ellin qurilish usuli ko‘proq Shimoliy Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya va qisman So‘g‘d shaharlarida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik bu an’ana So‘g‘d orqali O‘rta Osiyoning sharqiy o‘lkalariga tarqaladi. O‘rta Osiyoning o‘troq deqonchilik vohalariga chorvador qabilalarning ommaviy kirib kelishi natijasida mahalliy aholi madaniyatda ko‘chmanchilar madaniyatining ta’siri kuchaygan. Kushon podsholigi davrida gandxar (hind) madaniyatining tarqalish jarayoni kuzatiladi. Natijada mahalliy madaniyat zaminida ellin, hind, ko‘chmanchilar an’analari sintezi natijasida o‘ziga xos madaniyat shakllangan. Bu holat Baqtriya hududida kuchliroq seziladi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling