Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Janubiy So‘g‘d. Janubiy So‘g‘d Kesh va Nahshab vohalaridan
tashkil topgan. Kesh vohasi hududiga Sho‘robsoy, Tanxozdaryo, Qizildaryo, Qayrag‘och, Guldaryo mikrovohlari kirgan. Naxshab vohasiga Yerqo‘rg‘on va Nishon mikrovohalari kirgan. Har biri mikrovohaning markaziy manzilgohi atrofida bir nechta o‘troq dehqonchilik qishloqlari mavjud bo‘lgan. Kesh vohasida ilk dehqonchilik madaniyati dastlab Sho‘robsoy- ning quyi oqimi hududida shakllangan. Bu hududda ilk temir davri Uzunqir, Podayotoqtepa va Sangirtepa yodgorliklarda saqlanib qolgan. Sangirtepa va Uzunqir yodgorliklarining quyi qatlamidan ilk temir davrining dastlabki bosqichiga oid qo‘lda yasalib sirtiga naqsh chizilgan sopollar topilgan. Bunday turdagi sopollar Chiroqchitepa va Chimqo‘rg‘on yodgorliklarida ham uchraydi. Ilk temir davrining boshida Shurobsoyning quyi oqimida joylashgan Podayotoqtepa, Uzunqir va Sangirtepa yodgorliklari o‘rnida dastlabki dehqonchilik qishloqlari vujudga kelgan. Hozirgi paytda uzunligi 450 m joyda saqlangan Uzunqir yodgorligining quyi qatlamida, taxminan mil. avv. VIII–VII asrlarda guvaladan mudofaa devori qurilgan. Shurobsoyning chap sohilida joylashgan Podayotoqtepa manzilgohining atrofidagi 70 ga maydonni o‘rab olgan ushbu devorning qurilishi qadimgi shaharning shakllanishiga asos bo‘lgan. Keyingi bosqichda guvala devor ustidan yirik o‘lchamli xom g‘ishtdan yangi devor va mudofaa burjlari barpo qilingan. Podoyotoqtepa manzilgohi (maydoni 5 ga) to‘liq o‘rganilmagan. Manzilgohning mikrorelyefiga shimoli-g‘arbiy qismida daryo tomon- 143 dan darvozaning o‘rni aniq ko‘rinadi. Manzilgoh qadimgi shahar markazining ark qismini tashkil etgan. Uzunqir va Podayotoqtepa manzilgohlari oralig‘idagi hozirgi paytda ekin maydoniga aylantirilgan joylar o‘z davrida aholi uy-joy imoratlari bilan band bo‘lgan. Uzunqirdan janubda joylashgan Sangirtepa manzilgohi umumiy maydoni 3 ga dan iborat bo‘lib, mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Yodgorlikning quyi qismidagi dastlabki madaniy qatlamida ilk temir davrining ilk bosqichiga oid naqshli sopollar topilgan. Umuman, Uzunqir, Podayotoqtepa, Sangirtepa yodgorliklari Kesh vohasining ilk temir davridagi yirik shahar markazini tashkil etib, ulardan biri shaharning mudofaa devori, ikkinchisi arki, uchinchisi esa ibodatxonasi hisoblangan. Kesh vohasining Qayrarg‘och va Guldara kabi tog‘ oldi mikrovohalarida mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmiga oid o‘troq dehqonchilik qishloqlari faoliyat yuritib, ularning xarobalari o‘nga yaqin yodgorliklarda saqlanib qolgan. Ulardan Daratepa ilk temir davrining maydoni jihatdan kichikroq shahar manzilgohi hisoblanadi. Umumiy maydon 10 ga yaqin joyni egallagan manzilgoh ikki qismdan iborat. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling