Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Sintashta-Arkaim majuasi. Sintashta-Arkaim majuasi Ural tog‘ining
sharqiy yonbag‘irlarida, Rossiya Federatsiyasining Chelyabinskiy va Orenbur viloyatlari hudududa tarqalgan. Majmua o‘rganilgan manzilgoh va qabr-qo‘rg‘onlarning nomi bilan yuritiladi. Arxeologik yodgorliklari aylana yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklli mudofaa devori va xandaqlar bilan o‘rab olingan manzilgohlar va aylana shaklli qabr inshootlaridan iborat. Bu madaniyatga oid ko‘pgina yodgorliklar o‘rganilgan. Yagodiy Dol va Arkaim manzilgohlari xom g‘isht, devg‘ish va chimdan qurilgan mudofaa devori bilan muhofaza qilingan. Kuysak manzilgohining mudofaa devori devg‘isht, qumoq tuproq va toshdan qurilgan. Adland va Oligino (Tosh ombor) manzilgohlari mudofaa devorining sirtiga tosh terib chiqilgan. Manzilgohlardagi xandaqining eni 2,5x5,0 m, chuqurligi 1,2-1,5 m dan iborat. Manzilgohlarning ichkarisida qurilish imoratlari tig‘is joylashgan. Ular aholi uy-joylari, toat-ibodat vazifasini bajargan imoratlar, ishlab chiqarish inshootlaridan tashkil topgan. Qurilish imoratlari paxsa, yog‘och karkas va ayrim hollarda xom g‘ishtdan barpo qilingan. Alohida uy-joylarning hovlisida quduq, o‘choq va xo‘jalik o‘ralari joylashgan. Sintashta-Arkaim jamiyatiga oid dafn inshooti tepalikda, ayniqsa, daryolarning o‘zaro qo‘shilgan joydagi tepalikda joylashgan. Dafn 127 inshooti qabr-qo‘rg‘ondan iborat. Qabr-qo‘rg‘onlarning pastida o‘ra, chuqur, lahat qabrlar o‘rin olgan. Bir xil qabrlarning mayitxonasi ichki tomoniga yog‘och terilib, tepasi ham yog‘och bilan yopilgan. Qabrlarda mayitlar yakka va jamoa bo‘lib ko‘milgan. Mayitlar yon tomoni bilan g’ujanak va chalqancha yotqizilgan. Marhum jangavor arva va ot anjomlar bilan birga ko‘milgan qabrlar ham uchraydi. Bunday qabrlar jamoa sardori yoki sarkardasiga tegishli bo‘lsa kerak. Erkaklarning qabrida mis va bronzadan yasalgan qurol yarog‘lar (jangavor bolta, xanjar, kamon paykoni), ish qurollari, sopol buyumlar saqlangan. Ushbu jamiyat aholisi uy va yaylov chorvachiligi hamda metall hunarmandchiligi bilan shug‘ullanganlar. Ural tog‘ida turli madanlarga boy. Mahalliy kon zaxiralari metallurgiya taraqqiyotini ta’minlagan. Mis va mishyakli bronzadan turli xil mehnat qurollari, qurol yarog‘lar yasalgan. Sopol buyumlar tasmasimon usulida yasalgan va sirtiga geometrik naqshlar chizilgan. Sopollarning tagi tekis. Sopollar oshxona va xo‘jalik buyumlaridan iborat. Aholi harbiylar, qohinlar, erkin jamoa a’zolari qatlamidan iborat bo‘lgan. Manzilgohlarning murakkab qurilish tizimi, jamiyatda murakkab stratifikatsiya jarayonining sodir bo‘lishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik ishlab chiqarishining mavjudligiga ko‘ra aholi rivojlangan jamiyat tuzilmasiga ega bo‘lgan. Ularning jamiyatida harbiylar toifasi yuqori mavqeyiga ega bo‘lib, ko‘rinishdan jamiyat o’z taraqqiyotining harbiy demokratiya bosqichida bo‘lgan. Sintashta- Arkaim jamiyati Avestonda keltirilgan Ariyanam Vaychax o‘lkasi hudud bilan bog‘lash, ehtimoldan xoli emas. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling